From Wikipedia, the free encyclopedia
Abu Sufyon (arabcha: ) (565–653) – sahoba, toʻliq ismi Abu Sufyon Saxr ibn Harb ibn Umayya ibn Abdushshams boʻlib, yirik savdogar, qurayshiylar zodagoni boʻlgan. Makkada Muhammadga va ularning diniy targʻibotiga qarshi kurashib, uni taʼqib qilgan. Mushriklarning musulmonlarga qarshi olib borgan Uhud va Xandaq janglaridagi boshliqlaridan biri. Muhammad Makkani fath qilishi arafasida islomni qabul qilgan. 630-yilda Makkani musulmonlarga jangsiz topshirgan. Islom himoyasi uchun Hunayn va Toif janglarida qatnashib, bir koʻzidan judo boʻlgan. Soʻngra paygʻambar uni Najron viloyatiga hokim etib tayinlagan. Nabiullohning vafotidan keyin Shom fathida qatnashgan. Yarmuk jangida jasorat koʻrsatib, ikkinchi koʻzidan ham ajralgan. Xalifa Usmon davrida Abu Sufyonning oʻgli Muoviya Suriya hokimi etib tayinlangan. Keyinchalik, Alining vafotidan keyin (661) xalifalik hokimiyatini qoʻlga olgan Muoviya Umaviylar sulolasiga asos solgan[1].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.