From Wikipedia, the free encyclopedia
21st Century Fox — Amerikaning transmilliy media xoldingi. U 2013-yilda News Corporation media-xoldingini qayta tashkil etish va ajralish natijasida paydo boʻlgan. Korporatsiyaning eng katta aktivi 20th Century Studios kino studiyasi hisoblanadi.
Turi | Ommaviy kompaniya |
---|---|
Tarmogʻi | Ommaviy axborot vositalari |
Birja listingi |
FOXA FOX |
Qachon asos solingan | 28-iyun 2013 |
Qchon tugatilgan | 20 mart 2019 |
Tugatilish sababi | xolding aksiyalarini sotilishi The Walt Disney Company |
Joylashuvi | AQSh: Nyu-York |
Asoschi(lari) | Rupert Murdoch |
Budjeti | 29 mlrd $ (2018) |
Operatsion foydasi | 5 mlrd $ (2018) |
Kapitallashtirish | $82 mlrd (2018)[2] |
Sof foydasi | 3 mlrd $ (2018) |
Ishchilar soni | 22,400 (2018) |
Shoʻba korxonalari |
20th Century Fox Blue Sky Studios 20th Century Fox Television 20th Television FX |
Vebsayti |
Media xolding News Corporation 1979-yilda tashkil etilgan. 2012-yilda uning asoschisi va egasi Rupert Murdoch media xoldingni ikkita mustaqil kompaniyaga boʻlishga qaror qildi. Sobiq kompaniyaning vorisi 21st Century Fox boʻlib, uning tarkibiga 20th Century Fox kinokompaniyasi, Fox Networks Group va boshqa bir qator telekompaniyalar kirdi; gazeta va nashriyot biznesi esa News Corp deb nomlangan yangi kompaniyaga oʻtdi. Rupert Murdoch ikkala kompaniyaning raisi va bosh ijrochi direktori boʻldi, uning oʻgʻillari James va Lachlan yangi tuzilmalar direktorlar kengashlarida oʻrinlarni egalladilar[3]. 2013-yil 1-iyundan boshlab, 21st Century Fox aksiyalari NASDAQ birjasida kotirovkalanishni boshladi[4].
2017-yilning noyabrida kompaniya rahbariyati sunʼiy yoʻldosh orqali uzatiladigan yangiliklar va sport kanallariga eʼtibor qaratishga qaror qilgani, unchalik daromad keltirmaydigan kino va televizion boʻlimlar esa sotuvga qoʻyilgani maʼlum boʻldi. Disney, Comcast (bosh kompaniyasi NBCUniversal, egasi Universal Pictures), Verizon Communications, Sony tomonidan xaridga qiziqish bildirildi.
2017-yil dekabr oyida Disney 21st Century Fox bilan ushbu boʻlinmalarni sotib olishga kelishib oldi. Buni 21st Century Fox aktsiyalarini Disney aksiyalariga jami 52,4 milliard dollarga almashtirish orqali amalga oshirish rejalashtirilgan edi[5]. Disney Foxning 13 milliard dollarlik qarzini ham oʻz zimmasiga oladi.
2018-yilning may oyida Comcast bitimga aralashib, Foxga qimmatli qogʻozlarni emas, balki katta miqdorda naqd pul taklif qilishni rejalashtirgani haqida xabar berilgan edi[6]. Disney 2018-yil 20-iyunida Comcastdan oʻzib ketib, Foxga 71,3 milliard dollar taklif qildi[7].
2019-yil 20-martda Disney 21st Century Foxni sotib olish boʻyicha kelishuvni rasman yopdi[8].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.