AQSh iqtisodiyoti
Amerika Qoʻshma Shtatlarining milliy iqtisodiyoti / From Wikipedia, the free encyclopedia
AQSh iqtisodiyoti — oʻta yuqori darajadagi rivojlangan aralash iqtisodiyot[27][28][29]. Amerika Qoʻshma Shtatlari dunyodagi eng katta nominal YaIMga hamda juda katta iqtisodiy boyliklarga egalik qilib, hozirda dunyo mamlakatlarining xarid qobiliyati pariteti (XQP) boʻyicha hisoblangan yalpi ichki mahsuloti boʻyicha Xitoydan keyingi 2- oʻrinni egallab turibdi[30]. Mamlakat yaqin vaqtlarga qadar jon boshiga toʻgʻri keladigan YaIM (nominal) boʻyicha dunyoda 8- oʻrinni egallab turgan, ammo 2022-yil holatiga koʻra, aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan YaIM boʻyicha toʻqqizinchi oʻrinni qayd etdi[31]. AQShning 2022-yildagi nominal YaIM hajmi jahon iqtisodiyotining 25,4 foizini, XQP boʻyicha YaIM hajmi esa taxminan 15,6 foizini tashkil etdi[32][33]. Qoʻshma Shtatlar dunyodagi eng taraqqiy etgan texnologik va innovatsion iqtisodiyotga ega mamlakatlardan biri sanaladi[34]. AQSh firmalari texnologik yutuqlarda, ayniqsa, sunʼiy intellekt, kompyuter, farmatsevtika, tibbiyot, aerokosmika va harbiy texnika sohalarida yetakchi oʻrinlarni band etib turibdi[34]. AQSH dollari xalqaro savdoda eng keng qoʻllaniladigan yetakchi valyuta boʻlib, u mamlakat iqtisodiyoti, barqaror hukumati, armiyasi hamda neft-dollar tizimiga mos standart valyuta sifatida qoʻllanilishi sabab dunyo boʻylab keng tarqalgan, shuningdek, yevrodollar AQShning ulkan tashqi bozori bilan bogʻliq boʻlgan dunyodagi eng yirik zaxira valyutasi sanaladi[35][36]. Baʼzi mamlakatlarda dollar rasmiy valyuta sifatida qabul qilingan[37]. Boshqa mamlakatlarda esa asosiy toʻlov valyutasi sifatida foydalanib kelinadi[37][38]. AQShning eng yirik savdo hamkorlari Xitoy, Yevropa Ittifoqi, Kanada, Meksika, Hindiston, Yaponiya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va Tayvandir[39]. Qoʻshma Shtatlar dunyodagi eng yirik import qiluvchi davlat boʻlishi bilan birgalikda eksport borasida ikkinchi oʻrinda turuvchi davlat hamdir[40]. AQSh bir qancha davlatlar, jumladan, USMCA (United States-Mexico-Canada Agreement) mamlakatlari, Avstraliya, Janubiy Koreya, Shveysariya, Isroil kabi davlatlar bilan shartnoma asosida savdo munosabatlarini oʻrnatgan[41]. Mamlakat, shuningdek, muzokaralar olib borilayotgan bir qator boshqa davlatlar bilan ham erkin savdo aloqalariga ega[41].
Nyu York shahri — dunyoning yetakchi moliyaviy markazi[1][2] | |
Valyutasi |
AQSh dollari (USD) AQSh dollari indeksi |
---|---|
Moliyaviy yil |
2022-yil 1-oktyabr — 2023-yil 30-sentyabr |
Savdo tashkilotlari |
JST, G-20, G7, OECD, USMCA, APEC va boshqalar |
Mamlakat guruhi |
|
Statistikalar | |
Aholi | 334,977,281 (2023-yil 6-iyun)[5] |
YaIM | |
YaIM darajasi | |
YaIM oʻsishi |
|
Jon boshiga YaIM |
|
Aholi jon boshiga YaIM darajasi |
|
Tarmoqlar boʻyicha YaIM |
|
Komponentlar boʻyicha YaIM |
|
Inflyatsiya (INI) |
|
Qashshoqlik chegarasidan past aholi |
|
Ishchi kuchi |
|
Ishchi kuchi kasb boʻyicha |
|
Ishsizlik | |
Oʻrtacha yalpi ish haqi |
$60,575 (2021), yillik[17] |
Median ish haqi |
$1,041 haftalik (Ch2, 2022)[18] |
$50,354 (2021), yillik[19] | |
Asosiy ishlab chiqarish |
|
Eksport | $3.009 trillion (2022)[20] |
Eksport tovarlari |
|
Asosiy eksport hamkorlari |
|
Import | $3.957 trillion (2022)[20] |
Import tovarlari |
|
Asosiy import hamkorlari |
|
Yalpi |
▲ $27 trillion (2023)[25] |
Davlat moliyasi | |
| |
Byudjet balansi |
−5.5% YaIM hisobida (2022)[26] |
Daromadlar |
$8.371 trillion[24] 33.4% YaIM hisobida (2022) |
Asosiy maʼlumotlar manbasi: Shtatlar Markaziy razvedka boshqarmasi Jahon faktlar kitobi Barcha qiymatlar, agar boshqacha koʻrsatilmagan boʻlsa, AQSh dollarida keltirilgan. |
AQSh iqtisodiyoti moʻl-koʻl tabiiy resurslar, rivojlangan infratuzilma va yuqori mahsuldorligi bilan ajralib turadi[42]. 2019-yil holatiga koʻra, mamlakat 44,98 trillion AQSh dollarlik tabiiy resurslarning umumiy hisoblangan qiymati boʻyicha dunyoda ikkinchi oʻrinda ekanligi aytilgan, ammo manbalarda bu hisob-kitoblarni ifodalovchi raqamlar farqli keltirilgan[43]. Amerikaliklar Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga aʼzo davlatlar orasida uy-xoʻjalik buyumlarining moʻlligi va ishchi-xodimlari yuqori daromadga egaligi bilan ajralib turadi[44]. 2013-yilda amerikalik ishchi-xodimlar oʻrtacha daromadi boʻyicha dunyoda oltinchi oʻrinni egallagan[45]. Bu koʻrsatkich amerikalik fuqarolar daromadi boʻyicha 2010-yildagi toʻrtinchi oʻrindan biroz pastga tushib qolganini koʻrsatadi[46].
1890-yilga kelib, Qoʻshma Shtatlar iqtisodiyoti Britaniya imperiyasini ortda qoldirib, dunyodagi yetakchi iqtisodiyotga aylandi[47]. Bu ayni paytda dunyodagi eng yirik neft va tabiiy gaz ishlab chiqaruvchi davlat maqomining AQShga oʻtishi bilan bogʻliq boʻlgan[48]. 2016-yili AQSh dunyodagi eng yirik savdo mamlakati hamda jahon ishlab chiqarish sanoatining beshdan bir qismini oʻzida toʻplagan eng yirik iqtisodiyotli davlatga aylandi[49]. AQSh nafaqat tovarlarning eng katta ichki bozoriga ega, balki xizmatlar savdosida ham hukmronlik qilib kelmoqda[50]. AQSh savdosining umumiy hajmi 2018-yilda 4,2 trillion dollarni tashkil etgan[51]. Dunyodagi 500 ta eng yirik kompaniyalardan 121 tasining shtab-kvartirasi AQShda joylashgan[52]. AQSh milliarderlar soni boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinda turadi, ularning umumiy boyligi 3,0 trillion dollarni tashkil qiladi[53][54]. Mamlakat tijorat banklarida 2020-yil holatiga koʻra, 20 trillion dollarlik aktivlar mavjud[55]. AQShning global aktivlari qiymati 30 trillion dollardan koʻproqni tashkil etadi[56][57].
Amerikaning Nyu York fond birjasi va NASDAQ fond birjasi bozor kapitallashuvi hamda savdo hajmi boʻyicha dunyodagi eng yirik fond birjalari hisoblanadi[58][59]. AQShga kiritilgan xorijiy investitsiyalar deyarli 4,0 trillion dollarni tashkil etadi[60], mamlakatning xorijiy mamlakatlarga kiritgan sarmoyasi esa 5,6 trillion dollardan koʻproq[61]. AQSh iqtisodiyoti venchur kapitali hamda global tadqiqot va ishlanmalarni moliyalashtirish boʻyicha xalqaro reytingda birinchi oʻrinni egallab turibdi[62][63]. 2018-yilda isteʼmol xarajatlari AQSh iqtisodiyotining 68% ini tashkil etgan boʻlsa, 2017-yilda bu xarajatlarning mehnat daromadi bilan qondirilgan ulushi 43% ni tashkil etgan[64][65]. AQSh dunyodagi eng katta isteʼmol bozoriga ega mamlakatdir[66]. Mamlakatning mehnat bozori butun dunyodan immigrantlarni oʻziga jalb qilib keladi va migratsiya darajasi boʻyicha dunyodagi eng yuqori koʻrsatkichlardan birini qayd etib turibdi[67]. AQSh biznes yuritish qulayligi indeksi, global raqobatbardoshlik indeksi va boshqa shu kabi tadqiqotlar boʻyicha eng yaxshi natijalar koʻrsatgan davlatlardan biri sanaladi[68].
AQSh iqtisodiyoti 2007-yil dekabridan 2009-yil iyuniga qadar davom etgan Jahon moliyaviy inqirozi davrida jiddiy iqtisodiy tanazzulni boshidan kechirgan[69]. Mamlakat YaIM inqirozdan oldingi (2007-yil oxiri) darajaga 2011-yilda[70], ishchi-xodimlarning sof daromadi 2012-yil 2-choragida[71], qishloq xoʻjaligidan tashqari ish haqi 2014-yil may oyida[72], ishsizlik darajasi 2015-yil sentyabr oyida erishgan[73]. Ushbu sohalarda qayd etilgan umumiy oʻsish keyinchalik ham rekord darajada davom etgan[74]. 2017-yilda AQSh 156 ta davlat orasida daromadlar tengsizligi boʻyicha 41-oʻrinni egalladi, bu Gʻarb olamida eng yuqori koʻrsatkich edi[75][76].