İsmet İnönü
From Wikipedia, the free encyclopedia
INONU (Inonu) Ismat (1884-1973) — Turkiya davlat va siyosiy arbobi. Otaturkning eng yaqin safdoshi. Armiya Bosh shtabi boshligʻi va Gʻarbiy front qoʻmondoni boʻlgan. 1921-yil yanvar va mart oylarida Inonu qishlogʻidagi jangda I. qoʻmondonligidagi Turkiya armiyasi grek bosqinchilari ustidan gʻalaba qozongan. Turkiyada familiya rasm boʻlgach, oʻsha gʻalaba sharafiga I. degan familiya olgan. 1922-yil Tashqi ishlar vaziri. 1923—37 (tanaffus bilan) va 1961—65-yillarda Bosh vazir. 1938— 50-yillarda Xalq respublikachilar partiyasi (XRP) raisi va respublika prezidenti boʻlgan. XRP parlament saylovida yengilgach, majlis (parlament)dagi XRP oppozitsiyasiga boshchilik qilgan. 1961—65-yillari Turkiya Bosh vaziri, keyinchalik yana oppozitsiya rahbari. 1972-yildan isteʼfoda[1].
İsmet İnönü | |
---|---|
Millî Şef | |
Turkiya Prezidenti | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1886-yil 24-sentyabr Usmoniylar davlati |
Vafoti |
1973-yil 25-dekabr Turkiya |
Millati | Turk |
Bolalari |
Izzet Inönü Ömer Inönü Erdal İnönü Özden Inönü |
Imzosi |