From Wikipedia, the free encyclopedia
Zarafshon — ertapishar serhosil kartoshka navi. Samarqand kishlok xoʻjaligi institutida jahon kolleksiyasidan K5 va K6234 navlarini chatishtirish yoʻli bilan yaratilgan (D. T. Abdukarimov, 1981). 1985 y.dan Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida rnlashtirilgan. Tupining balandligi oʻrtacha, kuchli shoxlaydi. Barg yostigʻi, tomiri va oʻzagi toʻq yashil, barg boʻlmalari tor va uzun. Guli och qizil, binafsha, uchi oq. Changdoni sariq. Kartoshkasi tuxumsimon, uzun, och sarik, tuganak poʻstlogʻi silliq. Koʻzchalari juda koʻp, eti och sariq. Tuganaklarining oʻrtacha ogʻirligi 80—90 g . Turli kasalliklar, jumladan, virusli kasalliklarga, nematodalarga chidamli. Maysalari koʻkarib chiqqanidan keyin 100—130 kunda yetiladi, tarkibida 15,3% kraxmal bor. Hosildorligi 15—17 t/ga boradi. Yaxshi saqlanadi, mazasi yaxshi.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.