From Wikipedia, the free encyclopedia
Zachary King (1990-yil 4-fevralda tugʻilgan) — Los-Anjelesda yashaydigan amerikalik video blogger[2][3]. U oʻzining sehrli qisqa videolari bilan mashhur boʻlib, videolari goʻyoki sehrgarlik qilayotgandek koʻrinadigan qilib tahrirlangan olti soniyali videolardir[4]. U oʻz videolarini „raqamli qoʻl chaqqonligi“ deb ataydi[5]. U 2008–yilda youtubeda video joylashtira boshladi va 2013–yilda Vine platformasiga ham video joylashtira boshlagan. King oʻzining birinchi videosini 2016-yilda TikTokga joylashtirgan va shundan beri 90 milliondan ortiq obunachilarni oʻziga jalb etib, platformadagi eng koʻp kuzatiladigan oltinchi shaxsga aylangan[6].
King 2010–yilda Hewlett-Packard tijoriy tanlovida gʻolib chiqdi va London kinofestivaliga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi[7]. 2013-yilda u YouTubening NextUp Creators tanlovida gʻolib chiqdi[8]. 2015–yilda King va uning rafiqasi Reychel Xolm Amerikaning The Amazing Race realiti-shousining 28-mavsumida ishtirok etishdi. Ular musobaqaning toʻqqizinchi bosqichida umumjamoa hisobida oltinchi oʻrinni egalladilar[9].
King Oregon shtatining Portlend shahrida tugʻilib oʻsgan[10]. U ota tomondan yarim xitoylik, chorak avstriyalik va onasi tomondan chorak nikaragualik[11][12]. Kingning onasi uni va uning uchta singlisini, jumladan, bir asrab olingan singlisini uyda oʻqitgan, otasi esa uyda ishlagan[13].Yetti yoshida King uy videokamerasidan foydalangan holda birinchi filmini suratga oldi[14]. Oʻn toʻrt yoshida u Mac kompyuteri, kameralar shuningdek, tripod kabi video jihozlarni sotib oldi va videolarni tayyorlash va tahrirlashni boshladi[7]. U 2012-yil dekabr oyida Biola universitetini kino va media sanʼati yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan[15].
King oʻzining FinalCutKing.com veb-saytini 2008–yilda Final Cut Pro tahrirlash dasturidan foydalanish boʻyicha darslar oʻtish va maslahatlar berish uchun ochgan[16], chunki u Internetda dasturiy taʼminot boʻyicha oʻquv qoʻllanmalarini topa olmagan[17]. Shu bilan birga, u dasturiy taʼminotdan foydalangan holda vizual effektlar boʻyicha darsliklar berish uchun oʻzining YouTube kanalidan foydalanishni boshladi[18]. Oʻz veb-saytida auditoriyaga ega boʻlgach, u oʻquv darsliklarini sotishni boshladi va pulni kollejiga toʻlash uchun ishlatdi[7]. U 2012-yilda Syfyda namoyish etilgan Viral Video Showdown epizodida ishtirok etdi[19]. 2019-yil dekabr oyida King oʻzining supurgi ustida uchayotgani aks etgan videosi bilan internetni lol qoldirdi. Video 4 kun ichida TikTokda 2,1 milliard martadan ortiq koʻrilgan[20].
2011-yilda u kollejdagi doʻsti bilan suratga olgan Jedi Kittens nomli videoni YouTubega joylashtirdi. Videoda ikki mushukning chiroqlar bilan urishayotgani aks etgan[21]. Video uch kun ichida milliondan ortiq koʻrildi[15] va umumiy hisobda 18 milliondan ortiq koʻrildi[3]. Strike Back Jedi Kittens nomli videoning davomi 27 milliondan ortiq koʻrildi[22]. Videoning uchinchi qismi Jedi Kittens – The Force Awakens 2013–yilda yuklangan boʻlib, u 28 milliondan ortiq koʻrildi. Kingning rasmiy YouTube kanali Zach King deb nomlangan.
U 2013-yilning may oyida YouTube tomonidan Amerikadagi eng istiqbolli 25 yosh rejissyorlardan biri deb topildi. YouTube oʻzining Next Up Creators contest tanlovi doirasida Kingni 35 000 dollar hamda Nyu-York shahriga toʻrt kunlik YouTube ijodkorlar lageriga sayohati bilan taqdirladi. Uning tanlovga taqdim etgan videosi Contest Entry Gone Wrong nomlangan[8].
King koʻplab doʻstlarining Vineda akkaunti borligini koʻrgach, 2013-yil 9-sentyabrda oʻz akkauntini yaratdi. Vineda hisob yaratgandan soʻng, u keyingi oʻttiz kun davomida har kuni bitta vine yaratishga qaror qildi. Oʻzining birinchi bir nechta vinelari muvaffaqiyatidan soʻng, u yangi vinelarni yaratish va joylashtirishni davom ettirishga qaror qildi[23].
U 2014-yil 29-yanvarda The Ellen DeGeneres shousida paydo boʻldi va shou jamoasi bilan bir nechta vine yaratdi[23]. King avvalroq pul topish uchun vine videolarini yaratgan va garajida ishlagan[24]. The Independent nashriga bergan intervyusida u kelajakda badiiy filmlar, eng yaxshisi jangovar-sarguzasht filmlariga rejissyorlik qilishni xohlashini aytdi[3].
King oʻzining vinelari sababli koʻplab ommaviy axborot vositalariga taklif qilingan[25][26]. Chez Pazienza King haqida „bu yigitning videolari sof sehrdir (yoki hech bo'lmaganda juda aqlli tahrirning ishi.)“ deya taʼrif bergan[27]. Mashable internet saytida Laura Vitto shunday yozgan: Vine yulduzi va kinorejissyor Zach King anʻanaviy ma'noda, sehrgarlik qilmasligi mumkin lekin uning olti soniyali tajribali tahrirlangan videolari Devid Bleynni ham armonda qoldiradi[28].
Intervyuda Zach „Vine tayyorlash odatda 3-4 soatlik suratga olish bilan birga umumiy hisobda 24 soatdan koʻproq vaqtni oladi“, deydi.
King oʻzining birinchi videosini 2016-yilning 28-fevralida „Need help posting bail, oh wait nevermind“ sarlavhasi ostida ilgari Musical.ly nomi bilan tanilgan TikTokga joylashtirdi. 2021-yil noyabr holatiga koʻra, u platformada 66,3 milliondan ortiq obunachiga ega boʻlib, TikTokdagi eng koʻp kuzatiladigan uchinchi foydalanuvchiga aylandi[6][29].
Zach King shuningdek, eng koʻp koʻrilgan TikTok videosini 2019-yil 9-dekabrda joylashtirdi. Videoda uning supurgi minib ketayotgani tasvirlangan va u yerda u aslida koʻzgu ishlatganini koʻrsatadi. Videoning tagida „Ular mening Xogvartsga arizamni rad etishdi, lekin baribir sehrgar boʻlish yoʻlini topdim“. Video 2 milliard marta koʻrilgan[6].
King yetti yoshga toʻlganida, uning oilasi nasroniylikni qabul qildi, uning aytishicha, bu uning hayotida sodir boʻlgan „eng buyuk voqealardan“ biri[13]. U oʻzini dindor nasroniy deb hisoblaydi, masalan, har kuni ertalab uygʻonganida Bibliyaning ayrim qismlarini oʻqishga harakat qiladi[30]. U oʻz eʼtiqodi mamnuniyat bilan tilga oladi[31][32], hatto dinini oʻz videolarida ham koʻrsatadi[33]. King Protestant universiteti boʻlgan Biola universitetida oʻqigan[31] va turli xristian lagerlarida yoshlar guruhlariga rahbarlik qilgan[34].
King oʻzining qiz doʻsti Reychel Xolmga bir brand uchun video reklama yaratmoqchi boʻlgandek, turmush qurishni taklif qildi[30]. Ular 2014–yilda turmush qurishdi[35]. 2016-yilda ular birgalikda The Amazing Race 28 musobaqasida qatnashib, 6-oʻrinni egalladi. 2017–yil holatiga koʻra, ular Kaliforniyaning Orange okrugidagi Rossmoorda yashashadi. Kingning ham, uning rafiqasining ham asrab olingan aka-ukalari bor, bu esa keyinchalik uni asrab olish va homiylik boʻyicha ish boshqaruvchisi sifatida ishlashga ilhomlantirdi[32]. Er-xotin bir necha farzandni asrab olishdi, shuningdek, asrab olingan va biologik oʻgʻili bor[36][37][38][39].
Yil | Nomi | Direktor | Rol | Qoʻshimcha |
---|---|---|---|---|
2016 | Zootopia[40] | Yoʻq | Muzzled Wolf | Faqat ovoz |
2018 | Magic Duel: Jack Black vs Zach King | Ha | Zach King | Qisqa film |
A Magician Home Alone[41] | Ha | Zach King | Qisqa film, yordamchi direktor | |
2019 | Viking Academy | Ha | Zach King | Qisqa film, yordamchi direktor |
Zach King's the Magical Night Before Christmas | Ha | Zach King | Qisqa film, yordamchi direktor | |
Stranded on Treasure Island[42] | Yoʻq | Zach King | Qisqa film | |
2020 | Zach King's Day Off[43] | Ha | Zach King | Qisqa film, yordamchi direktor |
2021 | The Time Traveling Sheriff[44] | Yoʻq | Zach King | Qisqa film |
2022 | First to the Gate[45] | Ha | Zach King | Qisqa film, yordamchi direktor |
Stranded Part 2[42] | Yoʻq | Zach King | Qisqa film |
Yil | Nomi | Rol | Qoʻshimcha |
---|---|---|---|
2021 | Nickelodeon's Unfiltered | Zach King | Epizod: "This DJ is Bananas!" |
Dave | Zach King | Epizod: "Somebody Date me" |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.