From Wikipedia, the free encyclopedia
Hebei Zhongxing Automobile Co Ltd Xitoyning ZX Auto brendi ostidagi SUV va yuk mashinalari ishlab chiqaruvchi kompaniyasi[1]. Tianye Automobile Group Co Ltd va Taiwan Unite Leading Co kompaniyalari tomonidan egalik qilinadi. 1999-yilda tashkil etilgan[2] va oʻz mahsulotlarini Yaqin Sharq, Janubi-sharqiy Osiyo, Afrika, Markaziy va Janubiy Amerikaga eksport qiladi. Kompaniya yiliga 110 000 dona ishlab chiqarish quvvatiga ega ekanligi aytiladi[3] – bu raqam yillik ishlab chiqariladigan dvigatellar va avtomobillar miqdorining yigʻindisi boʻlishi mumkin.
Turi | Qoʻshma korxona |
---|---|
Tarmogʻi | Avtomobilsozlik |
Qachon asos solingan | 1999 |
Mahsulot(lar)i | Automobiles |
Ishchilar soni | 2,800 |
Vebsayti | zxauto.com.cn |
2000-yillarning ikkinchi yarmida kompaniya AQShning Capital Corp kompaniyasi[4] yordamida AQSH bozoriga[5] kirishga harakat qildi va u 2007-yilda Milliy avtomobil dilerlari assotsiatsiyasi konvensiyasida ishtirok etdi[6]. AQShda sotuvlar 2008-yildayoq eʼlon qilingan boʻlsa-da[1], kompaniya haligacha oʻz mahsulotlarini rivojlangan mamlakatlarda sotmagan. Biroq, kompaniya avtomobillari Yevropa Ittifoqiga aʼzo baʼzi davlatlarda mavjud[7].
Liviyadagi fuqarolar urushi paytida atigi 6 ta ZX Auto Grand Tiger pikap yuk mashinasi[8] isyonchilar qoʻliga oʻtib[9], qurollantirilgan pikatlarga aylantirildi[10]. Fuqarolar urushi davom etar ekan, NATO havo bombardimonchilari zirhli mashinalarini ishdan chiqarganidan keyin Qazzofiy tarafdorlari ham pikaplardan foydalanishni boshladi[8]. Ushbu fuqarolar urushida foydalanilgan ZX Auto Grand Tiger pikaplarining baʼzilari Tayo Auto Grandhiland nomi ostida taqdim qilingan boʻlishi mumkin[manba kerak]. 2011-yilda janglar boshlanganda, Liviyada kamida 15 000 ta ZX Auto pikaplari bor edi[11].
Taxminan 2014-yilda kompaniya oʻzining veb-saytidan Taiwan Unite Leading Co hamda Hebei Tianye Automobile Group Co Ltd kompaniyalari tomonidan egalik qilinishi toʻgʻrisidagi maʼlumotni olib tashladi[12]. Veb-sayt yangilangandan keyin, kompaniyaning tashkil qilinish sanasi 1999-yildan 1949-yilga oʻzgartirildi, 1999-yil esa ZX Auto „qoʻshma korxonaga aylantirilgan“ yil deb koʻrsatildi[12].
ZX Auto ikkita avtomobil zavodi va ilmiy-tadqiqot markaziga ega[3]. Zavodlardan biri va ilmiy-tadqiqot markazi kompaniya bosh ofisi joylashgan Xebey provinsiyasining Baoding shahrida joylashgan[manba kerak], ikkinchi zavod Changchunda boʻlishi mumkin, chunki ZX Auto kompaniyasi Changling Group Co Ltd bilan ushbu shahardagi ishlab chiqarish zavodining bir qismiga egalik qiladi[13]. 2010-yil oxirida Xubeydagi Yichang shahrida SUV va sedanlar ishlab chiqaradigan yangi zavod qurilishi boshlandi[14]. 2014-yil oxirida kompaniya oʻz veb-saytida 50 000 dona mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan Baoding ishlab chiqarish zavodi haqida maʼlumot qoldirdi[15].
Mahsulotlarining bir qismi xorijdagi kichik fabrikalarda yigʻiladi va ZX Auto eksportining asosiy qismi ushbu zavodlar hissasiga toʻgʻri kelishini taʼkidlaydi[16]. Ushbu zavodlarga ega boʻlgan va yakuniy yigʻishni amalga oshiradigan kompaniyalar ZX Auto bilan bogʻliq boʻlishi shart emas. Bunga oʻxshash avtomobil yigʻiladigan zavodlar Misr, Eron va Iordaniyada faoliyatini boshladi, u yerda 2008-yil holatiga koʻra yiliga 5000 dona ishlab chiqaruvchi zavod qurilish bosqichida[17]. 2011-yildan boshlab kompaniya Meksika va Malayziyada yangi kichik zavodlar paydo boʻlishiga umid qilmoqda[18]. Polshada Grand Tiger pikapi POL-MOT Warfama polyak kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi va sotiladi[7]. Polshada yigʻilgan modellar Yevropa Ittifoqi qoidalariga va standartlariga mos keladigan dvigatellarga ega[7].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.