ZK-383
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
ZK-383 („zet-ka“ deb talaffuz qilinadi) — 1930-yillarning boshlarida aka-uka Kutskiylar (Koucky) tomonidan Chexoslovakiyada yaratilgan Pistolet-pulemyot.
Remove ads
Remove ads
Tarixi
1938-yilda ishlab chiqarishga kirgan va Brno shahridagi Zbrojovka Brno zavodida nisbatan kam miqdorda ishlab chiqarilgan.
Chexoslovakiya nemis qoʻshinlari tomonidan bosib olingandan keyin zavodning ishlab chiqarish liniyasi saqlanib qoldi va ZK-383 ishlab chiqarish davom etdi. Brno zavodiga SS uchun qurol ishlab chiqarish ishonib topshirilganligi sababli, ishlab chiqarilgan ZK-383 ning asosiy qismi Waffen-SS bilan xizmatga kirdi va Sharqiy frontda ishlatilgan.
Omborlarda mavjud boʻlgan zaxiralar Slovakiya armiyasi, Waffen-SS boʻlinmalari va politsiya boʻlinmalariga xizmatga kirdi shuningdek Bolgariyaga ham topshirildi.
Ikkinchi Jahon urushi tugagandan soʻng, ZK-383H modifikatsiyasi ishlab chiqildi, u bir muncha vaqt ishlab chiqarildi, asta-sekin Savz oilasining yanada ixcham va zamonaviy avtomatlari bilan almashtirildi.
Remove ads
Taʼrif
ZK 383 dastlab piyoda otryadlarini qoʻllab-quvvatlash uchun yaratilgan boʻlib, toʻpponcha patroni uchun „ultra yengil avtomat“ turidir. Dizayn nuqtai nazaridan, bu „orqa tomondan“ oʻq uzuvchi birinchi avlod avtomatining anʼanaviy namunasi edi.
Ushbu namunaning xarakterli xususiyatlaridan qurolning nisbatan katta oʻlchamlari va ogʻirligi, avtomatlarda boʻlgani kabi tez oʻzgaruvchan barrel, chap tomonda oʻqdonning joylashishi, bipodlarning mavjudligi va zatvorni ogʻirligini sozlash imkoni borligi, xar-hil tezligda oʻq uzush imkonini bergan — daqiqasiga 500 yoki 700 ta patron.
ZK-383 avtomatlari 9x19 mm oʻlchamdagi patronlarga moslashtirib chiqarilgan edi ammo bu avtomatlarning oz qismi (eksport uchun moʻljallangan) 9x23 mm Steyr va 11,43x23 mm patronlarda chiqarilgan.
Remove ads
Variantlar va modifikatsiyalar
- ZK-383 — harbiy versiya, buklanadigan bipod va tez ajraladigan barrelga ega edi.
- ZK-383P — politsiya versiyasi, bipod yoʻq edi.
- ZH-403 (aka Waffenwerke Brunn MP.42) 1942-yilda nemis armiyasi uchun ishlab chiqarilgan prototipdir. U xuddi nemis MP.38/40 kabi vertikal tartibiga ega edi. Namuna zavod sinovlaridan oʻtdi, ammo ishlab chiqarishning yuqori narxi tufayli u ommaviy ishlab chiqarilmadi.
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads