Yesil (tuman, Shimoliy Qozogʻiston viloyati)
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Yesil tumani — Shimoliy Qozogʻiston viloyatining janubi-gʻarbiy qismidagi hududda joylashgan. Yesil tumani 1997-yilning 17-aprelgacha Lenin, undan keyin Moskva nomlari bilan ataldi. Viloyat markazidan 74 km uzoqlikda joylashgan. Maydoni 5,14 ming km2. Aholisi 33 054 kishi (2010). Tuman markazi — Yavlenka qishlogʻi.
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Shimoliy Qozogʻiston viloyati |
Maʼmuriy markazi | Yavlenka |
Asos solingan sanasi | 1928-yil |
Akim | Nurakayev Yerik Yesimovich |
Rasmiy tillar | qozoq, rus |
Aholi (2010) | 33,054 |
Zichligi | 6,4 kishi./km² |
Millatlar tarkibi |
Ruslar - 48,38% Qozoqlar - 43,12% Ukrainlar - 2,79% Olmonlar - 2,55% Tatarlar - 0,62% Beloruslar - 0,50% Polyaklar - 0,41% [1][2] |
Dinlar tarkibi | Xristianlar, Musulmonlar |
Maydoni | 5,14 ming km² |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +7 71543[3] |
Pochta indeksi | 150500-150520[4] |
Avtomobil raqami kodi | T, 15 |
Rasmiy sayti | http://www.esl.sko.kz |
Xaritada | |
54°21′0″N 68°27′0″E |
Tuman aholisi 1-yanvar 2010-yilgi statistika boʻyicha 33 054 kishini tashkil qildi.[1][2] Tuman aholisining zichligi 6,4 kishi/km².
Aholining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil)[1][2]:
Iqlimi keskin kontinentli: yanvarda oʻrtacha harorat −19 °C, iyulda 20 °C. yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 300 – 350 mm. Yer havzasi suvlarini, tuman hududining janubi-gʻarbidan oqib oʻtuvchi Yesil daryosining oʻrta qismi va oz miqdordagi koʻllar tashkil qiladi. Katta koʻllari: Yesilning soʻng tomonidagi Alba, Kindikti, Qamisti, oʻng tarafidagi Jaltirkoʻl, Tarankoʻl, Sarikoʻl, Jilandi, Baliqti.
Katta qishloqlari: Yavlenka, Amangeldi, Petrovka, Nikolaevka, Pokrovka, Ilinka, Besqudiq, Bulaq, v.h.
Yesil tumani asosan, qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanadi. Qishloq xoʻjaligiga foydalanadigan yer maydoni 454,9 ming ga.ni tashkil qiladi. Ekinzorining 70 %-ga yaqinini bashoqli oʻsimliklar tashkil qiladi. Chorvachiligida asosan sigir, yilqi, qoʻy va choʻchqa boqaladi. Tumanda 2 moy zavodi, non kombinati faoliyat yuritmoqda.
Tumanda 1 kasbiy-texnik maktab, 1 qishloq xoʻjalik kolledji, 54 oʻrta maktab, 56 shifokorlik punkt, 3 kasalxona, 10 shifokorlik ambulatoriya, 43 feldsher-akusherlik punkt faoliyat yuritmoqda.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.