From Wikipedia, the free encyclopedia
Yer tuzish, yer tuzish tartibi — mamlakatda yerga boʻlgan munosabatlarni tartibga solish va mukammallashtirish, yerni i.ch. vositasi sifatida muhofaza qilish va undan samarali foydalanishga qaratilgan davlat tadbirlari tizimi[1]. Yerdan toʻliq ilmiy asoslangan tarzda oqilona va samarali foydalanishni tashkil etish, dehqonchilik madaniya-tini oshirish va yerlarni muhofaza qilish maqsadlarini koʻzlaydi. Yer tuzish loyiha qidiruv, joy tafsilotini (sʼyomka) va dala tadqiqoti ishlarini oʻz ichiga oladi, uni yer tuzuvchi tashkilotlar amalga oshiradi. Yer tuzish. yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni tashkil qilishga, yer resurslarini hisobga olish va baholashga, qulay ekologik muhitni vujudga keltirishga va tabiiy landshaft larni yaxshilashga, yer tuzishning hududiy va ichki xoʻjalik yer tuzish. rejalarini tuzishga qaratilgan tadbirlar tizimini oʻz ichiga oladi.
Yer tuzishning iqtisodiy (yerni asosiy i.ch. vositasi sifatida tashkil etish), huquqiy (yerdan foydalanish sohasida davlat organlari qarorlarini amalga oshirishga qaratilgan davlat tadbirlari tizimi majmui); texnikaviy (loyiha qidiruv, joy tafsilotini tasvirlash va dala tadqiqoti kabi texnik ishlarni amalga oshirish) masalalari mavjud. Yer tuzish istiqbolga moʻljallangan, loyihalash oldidan, xoʻjaliklararo hamda ichki xoʻjalik turlariga boʻlinadi. Istiqbolga moʻljallangan va loyihalash oldidan amalga oshiriladigan yer tuzishda respublika va mintaqalarning yer-suv resurslaridan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish chizmalari; tumanlar va viloyatlar yer tizimi chizmalari tayyorlanadi, tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan bogʻliq istiqbol rejalari ishlab chiqiladi. Xoʻjaliklararo yer tuzishda joyning oʻzida maʼmuriy birliklar (qishloq, tuman, shahar, viloyat) chegaralari belgilanadi, yerlarning joylashishidagi noqulayliklarni bartaraf etgan holda yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlarning yangi yer uchastkalarini tashkil qilish va mavjud yer uchastkalarini tartibga solish loyihalari tuziladi, yer munosabatlariga doir turli hujjatlar, ish loyihalari tuziladi, yerlarni baholash tadbirlari va b. oʻtkaziladi.
Ichki xoʻjalik yer tuzish. turli qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining hududini ichki xoʻjalik negizida belgilab olib, ilmiy asoslangan almashlab ekishni joriy qilish, barcha qishloq xoʻjaligi yerlarini (pichanzorlar, yaylovlar, bogʻlar, tokzorlar va b.) joylashtirish, tuproq eroziyasiga qarshi kurash tadbirlarini ishlab chiqish, shuningdek, sugʻoriladigan yerlarni toʻla rekonstruksiyalashdan iborat.
Yer tuzish tarkibida topografiya-geodeziya, haritagrafiya, tuproq, agrokimyo, geobotanika jihatidan, tarixiy-madaniy va b. yoʻnalishlarda ham tekshirishlar olib boriladi. yer tuzish jarayonida foydalanishni qulaylashtirish uchun chegaralari turgʻun boʻlgan optimal oʻlchamdagi ixcham maydonlar tashkil etiladi. Ayni paytda qishloq xoʻjaligi korxonalarining ichki yer tuzish. ishlari sugʻorish shaxobchalari va zovurlar tarmogʻini qayta qurish asosida takomillashtiriladi: almashlab ekish joriy qilinadi, hamma ekin maydonlari batafsil belgilab qoʻyiladi.
Yer tuzish ishlarini bajarishda tumanlar va xoʻjaliklarning tabiiy, iqtisodiy va meliorativ sharoitlari: i.ch. hajmi, xoʻjaliklar va ularning boʻlinmalaridagi ixtisoslashuv, tarmoqlar nisbati va ularning rivojlanish koʻrsat-kichlari, ishchi kuchi va i.ch. vositalari bilan taʼminlanganlik, aholining joylashuv tizimi, suv resurslari, sugʻorish tarmoqlarining holati va b. hisobga olinadi.
Yer tuzish. boʻyicha belgilangan hamma tadbirlar qishloq xoʻjaligi, suv xoʻjaligi va turar joy qurilishiga zarur kapital sarflar hisob-kitoblari bilan asoslab beriladi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.