From Wikipedia, the free encyclopedia
Yangwang U9 — xitoyning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi boʻlmish BYD Auto kompaniyasiga qarashli Yangvang subbrendi ostida ishlab chiqariluvchi superkar[1]. Avtomobil 2023-yilning 18-aprel sanasida Shanxay avtosalonida taqdim etilgan[1].
2023-yil 6-aprel kuni Yangvang subbrendi tomonidan ishlab chiqariluvchi Yangwang U9 superkarining premyerasi 18-aprel kuni boʻlib oʻtishi eʼlon qilindi va ijtimoiy tarmoqlarda Yangwang U9 ning tasvirlari joylashtirildi. «U» harfi «Ultimat» so'zining qisqartirilgan shaklidir. Avtomobil binafsha va sariq ranglarda taqdim etilgan. Binafsharang modifikatsiya sariq ranglisidan ancha rivojlangan aerodinamik qanotlar, xususan, mahkamlangan orqa qanoti va choʻzilgan boʻylama kili bilan farq qiladi[1].
CarNewsChina jurnalining xabar berishicha, Yangwang U9 yangi BYD Yisifang EV platformasi asosida ishlab chiqarilgan va uning elektr stansiyasi har biri maksimal 275 ot kuchiga (320 Nm) ega to‘rtta elektr dvigateldan (har bir g‘ildirak uchun bittadan) iborat. Maksimal quvvati 1100 ot kuchiga (1280 Nm) teng. Superkar 100 km/soat tezlikka 2 soniyada erisha oladi. BYD Blade akkumulyatorining quvvati kamida 100 kVt/soatni tashkil qiladi. Xitoyning CLTC sikli bo‘yicha bir martalik quvvatlanishda avtomobil taxminan 700 km masofa bosadi. Avtomobilning minimal narx taxminan bir million yuanga teng.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.