Xunan
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Xunan (xit. an’anaviy 湖南, soddalashtrilgan 湖南, pinyin: Húnán, tarjimasi: „janubiy koʻl“ Duntinxu[3]) — Xitoyning markaziy qismida joylashgan provinsiya. Yanszi daryosi oʻrta oqimi va Duntinxu koʻli havzasida. Maydoni 210 ming km². Aholisi 65 mln. kishi (1999). Maʼmuriy markazi — Changsha sh.
| |
Provinsiya | |
---|---|
Maʼmuriy markazi | Changsha |
Gubernator | Mao Veymin |
Partqoʻm kotibi | Chjan Tsinvey |
Rasmiy tili | xitoycha |
Aholi | 66 444 864 kishi (2020)[1] |
Maydoni | 211 836 km² |
Balandligi dengiz sathidan Baland choʻqqisi |
Xupinshan, 2099 m |
Vaqt mintaqasi | +8:00 |
Qisqacha | xit. soddalashtrilgan 湘, pinyin: Xiāng[2] |
Kod ISO 3166-2 | CN-HN |
Rasmiy sayti | Rasmiy sayt |
Xaritada | |
27°24′0″N 111°48′0″E |
Xunan hududida qadimda man qabilalari yashagan. 4-asrdan xitoylar koʻchib kela boshlagan. 1937—45 yillarda X. hududining katta qismi yaponlar qoʻl ostida boʻldi.
Yer yuzasi gʻarbiy va jan. kismida togʻlar, markazi va shimolida tekisliklardan iborat.
Iqlimi subtropik, mussonli iklim. Yillik yogʻin 1100-2000 mm.
Iqtisodiyotining yetakchi tarmogʻi — qishloq xoʻjaligi, xususan, dehkrnchilik. Asosiy ekin turi — sholi hisoblanadi. Bugʻdoy, makkajoʻxori, arpa, batat, rami, raps, yer yongʻoq, kunjut, tamaki, jut ekiladi. Choy va tung daraxti oʻstiriladi. Bogʻdorchilik, xususan, sitrus mevalar yetishtirish rivojlangan. Yogʻoch tayyorlanadi. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa boqiladi. Daryolardan va Duntinxu koʻlidan baliq ovlanadi.
Xunanda surma, qoʻrgʻoshin, rux rudalari, volfram, marganets qazib chiqariladi. Syantanda elektrovoz, elektrotexnika uskunalari, stanoklar, Xanyanda kon uskunalari ishlab chiqariladi. Oziqovqat, qogʻoz, toʻqimachilik sanoatlari rivojlangan. Yanszi daryosi va Duntinxu koʻlida kema qatnaydi. Yirik shaharlari: Chansha, Syantan, Chjuchjou va boshqa
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.