From Wikipedia, the free encyclopedia
Xonlik yoki hoqonlik — xon tomonidan boshqariladigan davlat birligi yoki tuzumi. Davlat boshqaruv shakli — monarxiya[1].
Yevropa tarixchilari xon va hoqonlik degan tushunchalarni tariflashda koʻproq Mo'g'ullar imperiyasiga oid davlatlarni misol keltiradi[2]. Ammo tarixdan koʻrishimiz mumkinki Qadimgi turkiy davlatlarda xon va hoqonlik tushunchalari mavjud hisoblanadi. Misol uchun, 552-yil Bumin tomonidan tashkil etilgan Turk hoqonligini xon boshqargan[3]. Milodiy 10-asrdagi Qarluq davlatini xon boshqarqan. Qadimgi Bilga Hoqon va Tunyuquq bitiklarida ham hoqonlik turkiylarga xos tushuncha ekanligini koʻrinadi.
[[552 yilda Bumin vafot etadi. Taxtga oʻgʻli Qora Issiq xon keldi. Bumin vafotidan foydalangan joʻjanlar Turk xoqonligiga yana xujum uyushtiradilar. Lekin Qora Issiq xon ularga qaqshatgʻich zarba beradi. Qora Issiq xondan soʻng taxtga uning ukasi Mugʻan xon oʻtiradi. 558 yilda u joʻjanlarga soʻnggi hal qiluvchi zarbani beradi. Mugʻan xon yigirma yil (553—572) Hukmronlik qiladi. Bu davrda Turk xoqonligi har tomonlama yuksalib, butun Oʻrta Osiyoda siyosiy hukmronlikni oʻrnatdi. Mugʻan xongacha ham amakisi Istami (Buminning ukasi) xoqonlikning gʻarbiy qismini, boshqarar edi. Istami akasi vafotidan keyin (555 yilda) Toshkent va uning atroflarida, Qozogʻiston, Yettisuv va Xorazm hududlarida mustahkam oʻrnashib oldi. Endi Turk xoqonligining chegaralari Amudaryogacha yetib boradi. Xususan, 563—567 yillarda Turk hoqonligi Eftalitlaryi tor-mor keltirgach, uning chegaralari Eron bilan bevosita yaqinlashib qoladi. Bu hol Eron va Turk hoqonligi oʻzaro toʻqnashuviga olib keladi.
Eronda Shahanshoh Husrav Anushirvon Eftalitlar hisobidan oʻz chegaralarini kengaytirishni reja qilgandi. Dastlabki paytlarda Eron bilan turklar oʻrtasidagi munosabatlar yaxshi edi. Hatto Husrav turk malikasiga uylangan ham edi. Biroq, turklar Eftalitlarni tor- mor keltirgandan soʻng har ikki oʻrtadagi munobatlar keskin tus oldi. Turk hoqonining Eron bilan munosabatlarini oʻrnatishga intilishlari foyda bermaydi. Husrav Turk xoqoni Istamining birinchi marta yuborgan elchisi Maniax olib kelgan ipak buyumlarni hammasini koʻzi oldida oʻtga tashlaydi. Istami tomonidan yuborilgan ikkinchi elchilarni esa Husrav zaharlab oʻldiradi. Eron bilan aloqani oʻrnatish imkoniyati boʻlmagach Turk xokonligi 568—569 yillarda Vizantiya bilan bunday munosabatlarni oʻrnatish uchun Konstantinopolga Yustinian II saroyiga elchi yuboradi. Konstantinopoldagi Yustinian II saroyiga kelgan Turk hoqonligi elchilariga yuqorida nomi tilga olingan sugʻd savdogari Maniax boshchilik qilardi. U Eron davlati chegaralarini chetlab Kaspiy dengizining shimoli va Kavkaz orqali borishi kerak edi. Oʻz navbatida Vizantiya ham Zemarx boshchiligida Turk xoqonligiga javob tashrifi bilan elchilar yuborgandi. Muzokaralar davomida asosiy diqqat ipak savdosi va birgalashib Eronga qarshi kurash olib borish masalalariga qaratiladi.
Turk xoqonligi VI asrning 70-80 yilariga (588 yilda) kelib oʻzing ichidagi ichki nizolar va Xitoydagi Suy imperiyasing aralashuvi natijasida ikkiga boʻlinib ketadi. Gʻarbiy va Sharqiy hoqonliklarga. Gʻarbiy Turk xoqonligi Sharqiy Turkistondan to Kaspiy dengizigacha choʻzilgan hududlarni oʻz ichiga olib markazi Yettisuv edi. Sharqiy Turk hoqonligi esa Old osiyo yerlarini oʻz ichiga olib uning markazi Oltioyda joylashgan.
Yevropa manbalarida keltirilgan manbalarga qaraydigan boʻlsak, Chingizxon vafotidan keyin oʻzi asos solgan Moʻgʻullar imperiyasi 4 ta merosxoʻriga toʻrt qismga boʻlingan. 13-asr oʻrtalariga kelib Moʻgʻillar imperiya toʻrt xonlikdan iborat edi: Joʻji ulusi deb nomlangan Oltin Oʻrda ; Elxon hukmronlik qilgan Hulaguiylar davlati ; Oʻrta Osiyoda Chagʻatoy ulusi va Sharqiy Osiyoda Buyuk Xonlik. Barcha xonliklar dastlab poytaxti Qoraqurum boʻlgan Buyuk xonlik hukmdoriga boʻysungan, ammo Xubilayxon vafotidan keyin (1294) Buyuk Xon (xoqon) hokimiyati oʻz ahamiyatini yoʻqotdi[4].
16-asr boshlariga kelib, toʻrt xonlikning barchasi allaqachon oʻz faoliyatini toʻxtatgan va ularning oʻrnida koʻplab mayda xonliklar (Astraxan, Buxoro, Qozon, Qoʻqon, Qrim, Qozoq, Samarqand, Toshkent, Xiva) tashkil topgan. Uzoq vaqt davomida ular atrofdagi davlatlar uchun xavf tugʻdirdi, lekin oxir-oqibat Rossiya davlatining bir qismiga aylandi. Eng oxirgi 1876-yilda Qoʻqon xonligi quladi [5][1].Qozon xonligi asosan qadimgi bolgarlarning avlodlari istiqomat qilgan. Bu yerda Oltin Oʻrda xalqi ham oʻrnashib qolgan. Qozon xonligi fuqaroligiga mordoviyaliklar, chuvashlar, marilar, udmurtlar kirgan.Sibir xonligida turkiy tilli qabilalar yashagan. Sibir xonligining taʼsiri Xanti, Mansi, Trans-Ural boshqirdlari kabi xalqlarga tarqaldi.Astraxan xonligining asosiy aholisi Astraxan tatarlari va noʻgʻaylar boʻlib, ularning etnik asosini siraklar, uysunlar, uygʻurlar, qanglilar, qipchoqlar, oslar, keraytlar, dormenlar, naymanlar, mangʻitlar, bulgʻorlar, baylar, kabi qadimiy xalqlar tashkil etgan. Irtish mintaqasida, Shimoliy-Gʻarbiy Moʻgʻulistonda yashagan bodiraklar, kenegeslar, kataganlar, kobanlar, kanolar, mazharlar, argʻinlar va b. Markaziy Osiyo, Janubiy Ural, Quyi Volga mintaqasi, Shimoliy Kavkaz, Shimoliy Qora dengiz mintaqasi, Don mintaqasi, Azov dengizi va Quyi Dnepr mintaqasi.
T/R | Xonlik nomi | Poytaxti | Hukmronlik davri | Hududi | Asoschisi |
---|---|---|---|---|---|
1 | Avar hoqonligi | Xringi | 562-823 | Hozirgi Vengriya, Slovakiya, Xorvatiya, Ruminiya, Serbiya va Ukraina hududi | Avar hoqonligiga Bayan tomonidan asos solingan |
2 | Ardabil xonligi | Ardabil | 1747 — 1808 | Eron Ozarbayjoni | Feodal davlat |
3 | Ashtarxoniylar xonligi | Hoji Tarxon | 1459 — 1556 | Rossiya | Ashtarxoniylar sulolasi |
4 | Bakin xonligi | Boku | 1718 — 1806 | Ozarbayjon | Feodal davlat |
5 | Buxoro xonligi | Buxoro | 1500-1785 | Hozirgi Oʻzbekiston hududi, Tojikiston, Turkmaniston, Qozogʻiston, Afgʻoniston, Qirgʻiziston, Eron, Xitoy | Muhammad Shayboniyxon avlodlari asos solgan |
6 | Sharqiy Turk xoqonligi | Bolasogʻun | 682 — 744 | Moʻgʻuliston | Koʻchmanchi turkiylar asos solgan |
7 | Darband xonligi | Darband | 1747 — 1806 | Janubiy Dogʻiston va Ozarbayjon | Koʻchmanchi turkiylar asos solgan |
8 | Jungʻor xonligi | Koʻlja | 1635 — 1758 | Hozirgi Qozogʻiston | Oyratlar asos solgan |
9 | Jujon hoqonligi | — | 330 — 555 | Xitoy devoridan yuqori qismida | Aniq maʼlumotlar yoʻq |
10 | Gʻarbiy Turk hoqonligi | Suyob | 603 — 704 | Don daryosidan Hind daryosigacha boʻlgan hudud | Ashin asos solgan |
11 | Qozob xonligi | Qozon | 1438 (1445) — 1552 | Hozirgi Oʻzbekiston hududi, Tojikiston, Turkmaniston, Qozogʻiston, Afgʻoniston, Qirgʻiziston, Eron, Xitoy | Oltin Oʻrda davlatining yemirilishidan paydo boʻlgan |
12 | Qozoq xonligi | Sozak (1465-1469)
Signak (1469-1511) Sozak (1511-1521) Sygnak (1521-1599) Turkiston (1599-1729) |
1465 — 1847 | Hozirgi Qozogʻiston hududi. | Oʻzbek xonligi va Oltin Oʻrda parchalanishidan paydo boʻlgan. |
13 | Qalmiq xonligi | - | 1633 — 1771 | Rossiya hududida | Qalmiqlar asos solgan. |
14 | Qorabogʻ xonligi | Shusha | 1747 — 1822 | Armaniston Ozarbayjon | - |
15 | Xiva xonligi | Koʻhna Urganch | 1511-1920 | HozirgiOʻzbekiston hududi, Turkmaniston, Qozogʻiston, Afgʻoniston, Eron | Shayboniylar sulolasi vakillari asos solgan. |
16 | Qoʻqon xonligi | Qoʻqon | 1710-1876 | Hozirgi Oʻzbekiston hududi, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Xitoy | Ming urugʻidan Shohruxbey asos solgan. |
17 | Qarluq xonligi | Bolasogʻun | 756 — 940 | Hozirgi Oʻzbekiston hududi, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Xitoy | Qarluqlar asos solgan. |
18 | Moʻgʻul xonligi | Qoraqurum | 1368 — 1691 | Moʻgʻiliston. | Chingizxon avlodlari. |
19 | Oyrat xonligi | Koʻchmanchi boʻlishgan. | 1399 — 1634 | Hozirgi Qozogʻiston | Oltin Oʻrda parchalanishidan tashkil topgan. |
20 | Sibir xoqonligi | Chingi-Toʻra | 1468 — 1607 | Hozirgi Rossiya | Oltin Oʻrda parchalanishidan tashkil topgan. |
21 | Oʻzbek xonligi | Sigʻnoq | 1428 — 1468 | Hozirgi Rossiya va hozirgi Qozogʻiston. | Oltin Oʻrda parchalanishidan tashkil topgan. |
22 | Uygʻur xonligi | - | 745 — 847 | Hozirgi Xitoy Sinjon viloyati | Sharqiy Turk hoqonligidan keyin tashkil qilingan. |
23 | Xazar hoqonligi | Itil | 650 — 969 | Kavkazorti, Quyi va Oʻrta Volga mintaqalari, zamonaviy Qozogʻiston shimoli-gʻarbiy qismi, Azov dengizi, Qrimning sharqiy qismi, shuningdek Sharqiy Evropaning Dneprgacha boʻlgan dashtlari va oʻrmon-dashtlari. | Gʻarbiy Turk hoqonligidan ajralib chiqqan[6]. |
24 | Turk hoqonligi | Enasoy | 552-720 | Hozirgi Oʻzbekiston hududi, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Xitoy | Koʻchmanchi turkiylar asos solgan. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.