From Wikipedia, the free encyclopedia
Xalqaro shaxmat kuni (inglizcha: International Chess Day) shaxmat oʻyiniga bagʻishlangan xalqaro bayramr. 1966-yildan beri har yili 20-iyulda nishonlab kelinadi[1].
Xalqaro shaxmat kuni 1966- yildan beri nishonlanadi. Shaxmat kuni bayramini joriy qilish tashabbusi 1924-yil 20-iyulda Parijda tashkil topgan Butunjahon shaxmat federatsiyasiga (FIDE) tegishli[2]. 2012-yilda FIDE maʼlumotlariga koʻra, dunyoda 605 million katta yoshli kishi doimiy ravishda shaxmat oʻynaydi[3].
Bayram 178 ta davlatda nishonlanadi. Bayram qilish anʼanasiga YuNESKO xalqaro tashkiloti tomonidan asos solingan. Shu kuni FIDE[4] homiyligida imkon qadar turli mavzudagi tadbirlar va musobaqalar oʻtkaziladi. Bir vaqtning oʻzida shaxmat seanslari qamoqxonalarda ham oʻtkaziladi[5].
2004-yil 20-iyulda jahon chempioni Anatoliy Karpov Kremlda bir vaqtda oynaladihgan seans oʻtkazdi. Boshqalar qatorida u deputat Vladimir Jirinovskiy bilan durang oʻynadi. Ular 150 000 AQSh dollarida baholangan olmos figuralarining badiiy toʻplamida dona surishdi[6].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.