From Wikipedia, the free encyclopedia
Voroshilov tumani, yana Qoʻrgʻontepa tumani — Oʻzbekiston SSR Andijon okrugi, Fargʻona va Andijon viloyatlari tarkibidagi 1926—1962-yillarda mavjud boʻlgan maʼmuriy birlik.
tuman | |
---|---|
Tegishli |
Andijon okrugi Fargʻona viloyati Andijon viloyati |
Tarkibida | 13 ta qishloq soveti, 1 ta ishchilar aholi punkti |
Maʼmuriy markazi | Xonobod |
Asos solingan sanasi | 1926-yil |
Bekor qilingan sanasi | 1962-yil 24-dekabr |
Aholi | 43 601 kishi (1959) |
Maydoni | 280 km² |
Xaritada |
Tuman dastlab Qoʻrgʻontepa tumani nomi bilan 1926-yilda Oʻzbekiston SSR Andijon okrugi tarkibida tashkil etilgan. Markazi Qorasuv qishlogʻi.
1930-yilda okruglar tugatilishi munosabati bilan tuman bevosita respublika boʻysunuviga oʻtdi.
1933-yilda Qoʻrgʻontepa tumani Voroshilov tumani, uning markazi Qorasuv qishlogʻi esa Voroshilovsk nomiga oʻzgartirildi[1].
1938-yil 15-yanvarda tuman Farg‘ona viloyati tarkibiga kiritildi, 1941-yil 6-martda esa yangi tashkil etilgan Andijon viloyatiga o‘tkazildi.
1948-yil 1-oktyabr holatiga koʻra, tuman tarkibiga 1 ta ishchilar aholi punkti (Xonobod) va 13 ta qishloq soveti (Abduldabiy, Voroshilov, Gʻayratobod, Dehqonchek, Qorabogʻish, Qoʻshtepa, Qoʻrgʻontepa, Maʼmurobod, Sultonobod, Fozilman, Xonobod, Xoʻjamshukur va Chimyon)[2] kirgan.
1953-yil 27-martda Voroshilov tumani tarkibidan alohida Qoʻrgʻontepa tumani tashkil etildi.
1961-yil 28-noyabrda Voroshilov tumani Ilich tumani nomiga oʻzgartirildi.
1962-yil 24-dekabrda tuman tugatildi.
1939-yildagi aholini roʻyxatga olish maʼlumotiga koʻra, Voroshilov tumanida 45 512 kishi yashagan, jumladan oʻzbeklar 56,8%, qirgʻizlar 23,3%, uygʻurlar 9,6%, ruslar 4,2%, koreyslar 1,9%, tatarlar 1,7% tashkil etgan[3]. 1959-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, tumanda 43 601 kishi yashagan[4].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.