From Wikipedia, the free encyclopedia
Kimyoda pH (talaffuzi: pe-hash; ingl. potential Hydrogen – „potensial vodorod“) suvli eritmaning kislota yoki asosligi oʻlchovidir. pH eritmadagi gidroksoniy ionlarining (H3O+) molyar konsentratsiyasi manfiy logarifmi (10 asosda) p[H] ga yaqindir, biroq teng emas; past pH gidroksoniy ionlari konsentratsiya yuqoriligini, baland pH esa past konsentratsiya pastligini bildiradi. Bu manfiy logarifm oʻnlik nuqtadan keyingi xonalar soniga mos keladi, masalan, 0.1 molyar HCl pHi 1 atrofida, 0.0001 molar HCl pHi esa 4 ga yaqin boʻlishi kerak (chunki 0.1 va 0.0001 larning 10 asosli logarifmlari mos ravishda −1 va −4 ga teng). Sof (ionsizlashgan) suv neytral boʻlib, juda kuchsiz kislota yoki asos, deb qaralishi mumkin, zero uning pHi 25 °C da 7, yoki 0.0000001 M H+ dir.[1] pH chegarasi yoʻq, u 0 dan past yoki 14 dan baland boʻla oladi,[2] biroq suvli eritmada u suvning kislotaligi va asosligi bilan cheklanadi. Suvli eritma pHi baland boʻlishi uchun unda siyrak vodorod ionlarini bogʻlab oluvchi asos eritilishi lozim. Suvdagi vodorod ionlari solvatatsiyani hisobga olish uchun oddiygina H+ yoki gidroksoniy (H3O+) yoki yuqoriroq turlar (msl., H9O4+) deb yozilish mumkin, biroq bularning bari bir xil maʼnoni bildiradi. Yer sirtidagi aksariyat chuchuk suv havzalari karbonat angidrid erishi tufayli ozgina kislotalidir;[3] va ularning pHi 7 dan past.
pHning p[H]dan farqi faollik faktoridadir. Bu vodorod ionlarining eritmaning boshqa komponentlari bilan aloqa qilish tendensiyasini bildiradi, qaysiki boshqa hodisalar bilan birgalikda pH metr ishlatishda elektr potensialga taʼsir etadi. Natijada pH eritmaning ionli kuchliligi tufayli oʻzgaradi: masalan, 0.05 M KHP eritmasi qoʻshilgan kaliy xlorid (bu tuz na kislotali, na asosli ekanligiga qaramay) tufayli pHi ±0.5 birlikka oʻzgarishi mumkin.[4]
Vodorod ioni faollik koeffitsientini oʻlchash uchun termodinamik jihatdan soz metod mavjud emas, shuning uchun bu koʻrsatkich nazariy hisoblashga asoslanadi. Shuning uchun pH shkalasi amaliyotda pHlari xalqaro kelishuv bilan aniqlangan standart eritmalar majmuiga bogʻlab qoʻyilgan.[5] Asosiy pH standart qiymatlari Bates-Guggenheim konvensiyasidan (talaffuzi: Beyts-Guggenhaym) foydalanib, vodorod gaz elektrodi yordamida aniqlangan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.