From Wikipedia, the free encyclopedia
Vitr (arabcha: وتر) — xufton namozidan keyin oʻqiladigan va toq sonli rakaatlardan iborat namoz turi. Oxirgi rakatda qunut duosi oʻqiladi. Faqatgina ramazon oyida, tarovih namozidan keyin jamoat boʻlib oʻqiladi. Boshqa payti yakka tartibda oʻqiladi. Ayrim islom ulamolari (asosan hanafiylar) buni vojib namozlardan biri deb bilishadi[1].
Vitr namozi | |
---|---|
Rasmiy nomi | صلاة الوتر |
Nishonlovchilar | Musulmonlar |
Turi | Islomiy |
Ahamiyati | Xufton namozidan keyin o'qiladigan namoz turi |
Qoidalari | sunnat namozlar, namoz vaqtlari |
Bogʻliqligi | namoz, nafl namozi, islomning 5 ustuni |
Vitr namozi xufton namozining sunnatidan keyin oʻqiladi. Uning oʻziga xos xususiyati qunut duosi namozning uchinchi rakaatida oʻqilishidir. Buxoriy, Muslim, Nasoiy, Termiziy, Abu Dovud va boshqalarning hadis toʻplamlarida Muhammad paygʻambar bu namozni oʻqiganligi haqida maʼlumotlar bor. Imom Abu Hanifa vitr namozini oʻqishni vojib deb hisoblagan, lekin uning shogirdlari Abu Yusuf, Muhammad ash-Shayboniy, shuningdek, yana uchta mazhab asoschilari — Imom Molik, imom Shofiy va Imom Ahmad ushbu namozni sunnati muakkada deb hisoblashadi[2].
Hanafiy mazhabida vitr namozi 3 rakat, qolgan uchta sunniy mazhabda esa 1 rakatdan iborat. Muayyan sharoitlarda vitr namozini koʻp rakat bilan oʻqish mumkin. Namoz yakka tartibda oʻqiladi, lekin Ramazon oyida jamoat bilan oʻqish mumkin. Hanafiy mazhabida vitr vojib amal boʻlganligi sababli, agar tark qilingan boʻlsa, qazo qilib oʻqishi kerak. Molikiy, Shofi’iy, Hanbaliy mazhablarida vitr namozining qazosi oʻqilmaydi[2].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.