Italiya kommunalari From Wikipedia, the free encyclopedia
Verona — Italiyaning shim.sharqidagi shahar, Venetsiya viloyatida. Alp togʻlari etagida, Adije daryosi boʻyida. Verona provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 260 mingdan ziyod kishi (1990-yillar oʻrtalari). Venesiyadan Milanga va Padana tekisligidan Avstriyaga Brenner dovoni orqali oʻtiladigan muhim transport yoʻllari tuguni. Metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, poligrafiya, toʻqimachilik, poyabzal, yogʻochsozlik, qogʻoz, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Veronada xalqaro qishloq xoʻjaligi yarmarkalari bulib turadi. Industrial institut, universitet, muzeylar, sanʼat galereyasi bor.
Verona — qad. shahar. Miloddan avvalgi 89-yildan Rim koloniyasi, 489-yildan ostgotlar qirolining qarorgohi. 1837-yildan Milanga, 1405-yilda Venetsiyaga qoʻshib olingan. 1797-yildan Avstriya tarkibiga, 1866-yildan Italiya qirolligi tarkibiga kirgan. Veronada Qad. Rim meʼmoriy yodgorliklari, oʻrta asrda qurilgan binolar, Uygʻonish davriga oid saroylar, klassik uslubda qurilgan shahar boshqarmasi (ratusha) binosi va boshqa saqlangan.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.