From Wikipedia, the free encyclopedia
Vadim Aleksandrovich Kirichenko (ruscha: Вадим Александрович Кириченко; 1936-yil 7-fevralda tugʻilgan) — nafaqadagi sovet futbolchisi va murabbiyi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Vadim Aleksandrovich Kirichenko | ||
Tavallud sanasi | 7-fevral 1936-yil | ||
Tavallud joyi | USSR | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1957-1963 | Spartak/Alga Frunze | ? | (3) |
Boshqargan klublari | |||
-1967 | Alga Frunze | ||
1968-1969 | Zarafshon Navoiy | ||
1969-1971 | Spartak Ivano-Frankivsk | ||
1971 | Alga Frunze (director) | ||
1972-1973 | Lokomotiv Kherson | ||
1975-1976 | Spartak Ivano-Frankivsk | ||
1978 | Terek Grozny (assistant) | ||
1979 | Terek Grozny | ||
1988 | Krystal Kherson (assistant) | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
U 1957-yilda Bishkekda „Spartak“/"Alga Frunze" jamoasi safida SSSR Birinchi ligasida o‘z debyut amalga oshirgan.[1]
U hali futbolchilik vaqtidayoq murabbiylik faoliyatini boshlagan. 1964-yilda „Zarafshon“ (Navoiy) jamoasining futbolchi bosh murabbiyi boʻlgan. 1967-yilda u Frunze „Alga“ klubiga murabbiylik qilgan. 1968-yildan 1969-yil iyungacha „Zarafshon“ (Navoiy) klubi bosh murabbiyi. 1969-yil iyuldan 1970-yil oxirigacha u Ivano-Frankivskning „Spartak“ jamoasini boshqargan. Keyin yana „Alga“ jamoasiga qaytib, avvaliga bosh murabbiy, keyin esa jamoa boshligʻi lavozimiga oʻtdi. 1972-1973-yillarda Xersonning „Lokomotiv“ klubini boshqargan. Keyin yana „Spartak“ni (Ivano-Frankivsk) boshqardi. 1978-yildan 1980-yilgacha Grozniyning „Terek“ jamoasida ishlagan. Avvaliga u mashgʻulotlarga yordam berdi, keyin esa jamoani boshqardi. 1984-yilda „Zarafshon“ (Navoiy) klubi bosh murabbiyi va 1988-yilda Xersonda „Kristal“ ga yordam berdi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.