O‘zbеkiston Rеspublikasi barcha hududlarini qamrab olgan katta tеlеkommunikatsiyalar opеratori From Wikipedia, the free encyclopedia
Uztelecom – Oʻzbekiston hududida telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatuvchi aksiyadorlik shirkati. Shirkatning 94,25 foizi Oʻzbekiston davlat aktivlarini boshqarish agentligiga, 5,2 foizi jismoniy va yuridik shaxslarga qarashli[1].
Turi | Aksiyadorlik kompaniya |
---|---|
Status | Telekommunikatsiya |
Qachon asos solingan | 1992 |
Ishchilar soni | 18,000 (2024) |
Vebsayti | http://uztelecom.uz |
1992-yilda viloyatlar aloqa boshqarmalari, davlat pochta va elektr aloqasi boʻlimlari tashkil etidi. „Oʻzbektelekom“ davlat elektr aloqa korxonalari konserni tashkil etildi. 1995-yilda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boshlandi. „Toshkent taksofoni“, „Sirdaryo telekom“ tashkil etilishi, „Buzton“, „Chircom“ qoʻshma korxonalari, „Uzbektelecom International“ AJ tashkil etildi. „Mahalliy telekom“ va „Xalqaro telekom“ aksiyadorlik kompaniyalari tashkil etildi. „Toshkent shahar telefon tarmogʻi“, „Toshkent Telekom“, „Andijon Telekom“, „Namangan Telekom“ aksiyadorlik jamiyatlari va boshqalarning tashkil etildi. „Uztelecom“ aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etildi. „Qoraqalpoq Telekom“, „Buxoro Telekom“, „Navoiy Telekom“, „Xorazm Telekom“, „Toshkent telefon-telegraf stansiyasi“ va „Shaharlararo aloqa korxonasi“ aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etildi. „Oʻzbektelekom“ Aksiyadorlik kompaniyasi qoshida „Intel Telekom“ filiali tashkil etildi. Shirkat tarkibiga kiruvchi kompaniyalarni filiallar sifatida birlashtirildi. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-dekabrdagi qarori bilan „OʻzNet“ shoʻba korxonasi „Uztelecom“ga birlashtirildi. „Uztelecom“ni xususiylashtirishga tayyorlash boshlandi.
Shirkat kuzatuv kengashining 2003-yil 4-martdagi qarori bilan „Uztelecom“ qoshidagi injener-texnik markazi tashkil etildi. CDMA-450 standartida simsiz radioulanish xizmati koʻrsatilishi boshlandi. „Uzbektelekom-Mobayl“ filiali tashkil etildi. 2003-yildan Samarqand va Jizzax viloyatlari oʻrtasida simsiz radioaloqa tizimi ishlay boshladi.
2004-yil 6-apreldan „Uztelecom“ AK „OʻzNet“ filiali „Intel Telekom“ filialiga birlashtirildi. Yangi tashkil etilgan filial „UzNet“ nomi bilan ataldi. 2004-yil dekabr oyida „OʻzMobayl“ filiali CDMA 450 standartini qoʻllash bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida simsiz abonentlik radio ulanishi tarmogʻini kengaytirdi. Oʻzbekiston alova va axborotlashtirish agentligi tomonidan 2004-yilda Oʻzbekistonning istalgan joyidan istalgan telefondan oldindan pul toʻlash kartochkasi boʻyicha xalqaro soʻzlashuvlarni amalga oshirishga imkon beruvchi servisli intellektual xizmatlar uchun 805 nogeografik ulanish kodlari kiritildi.
2005-yil boshida „Oʻzbektelekom“ AK va uning filiallari tomonidan ToshTTS VoIP shlyuzini kengaytirish va TShTT va OʻZNET filiallari asosida qoʻshimcha ikki VoIP uzellarini tashkil qilindi, bu oldindan pul toʻlash kartochkalari boʻyicha xalqaro telefon aloqalari hamda Internet tarmogʻiga ulanish xizmatlarini taqdim etishga imkon berdi. 2006-yilda IEEE 802.16–2004 standarti WiMax pilot loyihasini amalga oshirish boshlandi. Videokonferentsaloqa xizmati tatbiq etildi.
2007-yilda Xitoy rivojlanish banki (CDB) va Huawei Technologies kompaniyasi bilan hamkorlikda, lizing asosida telekommunikatsiya tarmoqlarini rekonstruktsiya qilindi. Toshkent shahri telekommunikatsiya tarmogʻini modernizatsiyalash va kengaytirish amalga oshirildi, videotelefoniya, maʼlumotlar uzatish va Internet tarmoqlariga ulanish xizmatlari tatbiq etildi. 2010-yilda xalqaro paketli kommutatsiya markazi sigʻimini 2 barobarga oshirildi va 2,5 Gbit/s gacha yetkazildi.
2011-yilda „Uzmobile“ va „Uzonline“ brendlari yaratildi.
Shaharlararo, xalqaro va zona ichi aloqa kanallarining umumiy uzunligi 276,2 mln. kanal/km ni tashkil etdi, ulardan 263,5 mln. kanal/km optik tolali aloqa liniyalaridir. 2012-yilda xalqaro paketli kommutatsiya markazi sigʻimini 4 barobarga oshirildi, internet tarmogʻidan foydalanish tariflarini 1 Mbit/s. uchun 529 AQSH dollaridan 422 AQSH dollarigacha pasaytirildi. FTTx, IP-telefoniya/videotelefoniya, IPTV va CDMA-450 standartida simsiz radioulanish xizmatlariga oʻtdi.
2013-yilda 2257,4 km.dan ortiq optik-tolali aloqa liniyalari foydalanishga topshirildi va shaharlararo, xalqaro, zona ichi va mahalliy aloqa kanallari umumiy uzunligi 381,3 mln. kanal/km, ulardan, tashkil etilganlari 368,2 mln. kanal/kmni tashkil etdi. Internetga keng polosali ulangan abonentlar soni 62 foizga, IP-TV foydalanuvchilari soni 4,3 barobar, mobil aloqasi xizmati foydalanuvchilari soni 72 foizga oʻsdi. 2014-yilda xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish tezligi 15,5 Gbit /s.ni tashkil etdi. 2014-yil 1-dekabrda „Call-centre“ xizmatining 1084 yagona raqami kiritildi[2].
Virtual xostingni taʼminlovchi mavjud kompaniyalar, baʼzi xosting tizimlari qanday texnik xususiyatlarga egaligi, ularning narxi va qanday xususiyatlar ularni raqobatchilardan ajratib turishi haqida tahlil qiluvchi „Xosting-obzor“ saytida Uztelecom foydalanuvchilari juda koʻp salbiy izohlar bildirishgan. Ular asosan xizmat koʻrsatish sifatining yomonligidan va internet sekin ishlayotganidan shikoyat qilishgan[3]. Ukrainaning 2ip.ua saytida foydalanuvchilar Uztelecom xizmat sifatiga 5 ballik tizimda 2 ball berishgan[4].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.