From Wikipedia, the free encyclopedia
Tuva tili yoki Tiva tili — turkiy tillar oilasiga mansub, asosan, Rossiya Federatsiyasining Tuva (Tiva) Respublikasida, qisman Mongoliya va Xitoyda tarqalgan til. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 250 ming kishiga yaqin (1990-yillarning oxiri). Tuva tili markaziy (adabiy tilga asos boʻlgan), gʻarbiy, shimoli-sharqiy va janubi-sharqiy lahjalarga bulinadi. Tuva tilining fonetik xususiyatlari: kuchli va kucheiz undoshlar oppozitsiyasi; qisqa, choʻziq va faringal (boʻgʻiz) unlilarining mavjudligi (at — ism, aat — otmok,, bosib chiqarmoq, aat — uy hayvoni; xaar — qor) va boshqa Morfologik xususiyatlari: joʻnalish kelishigining maxsus shakli (dagje — togga), shart maylining murakkab shakli (barzoʻmza — agar men borsam), chegara mayli, birgalik ravishdosh shakllarining mavjudligi va boshqa Sintaksisi ot kesimning qad. shakli qoʻllanishi bilan ajralib turadi (men bilir kiji men — men bilaman, bilagʻonman). Leksikasida moʻgʻul tilidan oʻzlashgan soʻzlar koʻp. Adabiy Tuva tili 20-asrning 30— 50-yillarida shakllangan. Yozuvi 1930—41 yillarda lotin grafikasi asosida boʻlgan, 1941-yildan rus grafikasi asosida shakllantirilgan.
Tuva tili | |
---|---|
Milliy nomi | Тыва дыл |
Mamlakatlar |
Rossiya Moʻgʻuliston Xitoy |
Rasmiylik holati | Tiva |
Mintaqalar | Tiva |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 253 673[1] |
Turkumlanishi | |
Turkum | Yevroosiyo tillari |
Til oilasi |
|
Alifbosi | kirill |
Til kodlari | |
ISO 639-2 | tyv |
ISO 639-3 | tyv |
Tuva tili yoki Tiva tili (tiva tilida nomlanishi — Тыва дыл) — turkiy tillar qatoriga kiradi. Tuvalarning ona tili. Tuva tilida gaplashuvchilar soni 264 ming kishini tashkil qiladi. Rossiyaning tarkibidagi Tuva Respublikasining davlat tili. Leksikasida moʻgʻul tilining taʼsiri koʻp. Alifbosi kirill alifbosiga asoslangan.
Tuva alifbosi 36-ta harfdan tashkil topgan.
А а | Б б | В в | Г г | Д д | Е е | Ё ё | Ж ж |
З з | И и | Й й | К к | Л л | М м | Н н | Ң ң |
О о | Ө ө | П п | Р р | С с | Т т | У у | Ү ү |
Ф ф | Х х | Ц ц | Ч ч | Ш ш | Щ щ | Ъ ъ | Ы ы |
Ь ь | Э э | Ю ю | Я я |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.