From Wikipedia, the free encyclopedia
Trollar (inglizcha: Trolls) 2016-yilda ekranlarga chiqarilgan komediya janridagi AQSh kompyuter-animatsion filmidir. DreamWorks Animation studiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va 20th Century Fox tomonidan tarqatilgan. Film gʻoyasi Thomas Dam yaratgan qoʻgʻirchoqlarga asoslangan. Film rejissori — Mike Mitchell, hikoyani esa Erica Rivoji yozgan. Filmda bosh qahramonlarga Anna Kendrick, Justin Timberlake, Zooey Deschanel, Russell Brand, James Corden va Gwen Stefani ovoz bergan. Film baxtli boʻlish uchun trollarni yeydigan Bergenlar deb ataluvchi maxluqlar bosqinidan qishlogʻini saqlamoqchi boʻlgan ikki troll haqid hikoya qiladi.
Trollar | |
---|---|
Trolls | |
Film posteri | |
Rejissyor(lar) | Mike Mitchell] |
Prodyuser(lar) | Gina Shay[1] |
Ssenariynavis(lar) |
|
Rollarda | |
Bastakor(lar) | Christophe Beck[2] |
Kinematografiya | Yong Duk Jhun |
Muharrir(lar) | Nick Fletcher |
Studiya(lar) | DreamWorks Animation[3] |
Distribyutor | 20th Century Fox1 |
Chiqarilgan sanasi | 4-noyabr, 2016-yil |
Davomiyligi | 92 daqiqa |
Mamlakat | AQSh[4] |
Til | inglizcha |
Byudjeti | $125 million[5] |
Daromadi | $346,8 million[6] |
Keyingi film | Trollar: Dunyo boʻylab ijodiy safar |
Trollar filmi premyerasi AQShda 4-noyabr 2016-yilda boʻlib oʻtdi[7]. Film $125 millionlik budjeti bilan dunyo boʻylab $346 million ishlab topdi. Kinotanqidchilar tomonidan ham ijobiy baholandi.
Filmning sikveli — Trollar: Dunyo boʻylab ijodiy safar 10-aprel 2020-yilda chiqarildi.
Roʻyxatda keltirilgan treklarning barchasining musiqasini Christophe Beck yaratgan.
№ | Nomi | Davomiyligi |
---|---|---|
1. | „No Troll Left Behind“ | 1:55 |
2. | „Trollstice“ | 2:02 |
3. | „Exile“ | 1:15 |
4. | „Collect 'em All“ | 2:47 |
5. | „Bunker“ | 0:43 |
6. | „Spiders!“ | 0:51 |
7. | „Campfire“ | 1:40 |
8. | „Chef Returns“ | 1:58 |
9. | „Run Cloud Run!“ | 0:20 |
10. | „Your Eyes“ | 1:01 |
11. | „Trolls Al Pastor“ | 1:53 |
12. | „Rescue“ | 1:53 |
13. | „Sellout“ | 1:56 |
14. | „Knocked Down“ | 2:45 |
15. | „Waiting For Glittersparkles“ | 2:51 |
16. | „Skate Save“ | 0:46 |
17. | „Empty Belly, Full Heart“ | 1:38 |
Jami davomiyligi: | 28:00 |
28-fevral 2017-yilda Universal Pictures va DreamWorks Animation kompaniyalari Trollar filmining davomi ishlanishini va uning nomi Trolls 2 (Trollar 2) boʻlishini eʼlon qildi. Oʻsha paytda filmni 10-aprel 2020-yilda chiqarish rejalashtirilgan edi. Oradan maʼlum vaqt oʻtgach, Kendrick va Timberlake yana Atirgul (Poppy) va Vaysaqi (Branch) personajlariga ovoz berishi maʼlum boʻldi[16].
Sikvelning yangi nomi — Trolls World Tour 2018-yil iyunida eʼlon qilindi[17].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.