From Wikipedia, the free encyclopedia
Trent Lucas Sainsbury (talaffuzi: Trent Lukas Sainsberi; 1992-yil 5-yanvar, Avstraliyaning Pert shahrida tugʻilgan) — avstraliyalik futbolchi, „Kortrijk“ futbol klubi va Avstraliya terma jamoasi himoyachisi. 2018-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.
![]() | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Trent Lucas Sainsbury | ||
Tavallud sanasi | 5-yanvar 1992-yil | ||
Tavallud joyi | Thornlie, Avstraliya | ||
Boʻyi | 1.83 m | ||
Ampluasi | hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Al-Wakrah | ||
Raqami | 4 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Armadale SC | |||
2008—2009 | Perth Glory | ||
2009—2010 | AIS | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2010—2014 | Central Coast Mariners | 60 | (1) |
2014—2016 | PEC Zwolle | 28 | (1) |
2016—2018 | Jiangsu Suning | 34 | (2) |
2017 | → Inter Milan (ijara) | 1 | (0) |
2018 | → Grasshoppers (ijara) | 9 | (0) |
2018—2019 | PSV Eindhoven | 6 | (0) |
2019—2020 | Maccabi Haifa | 31 | (2) |
2020—2022 | Kortrijk | 45 | (6) |
2022— | Al-Wakrah | 7 | (1) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2007—2009 | Avstraliya U17 | 12 | (1) |
2009—2011 | Avstraliya U20 | 9 | (0) |
2014— | Avstraliya | 58 | (4) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (20-oktabr 2022-yil uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2-fevral 2022-yil uchun) |
Trent Sainsbury dastlab oʻz faoliyatini Avstraliyaning Atletika Instituti futbol jamoasi va „Perth Glory“ futbol klubining yoshlar jamoasida oʻynashdan boshlagan. 2010-yilda u „Central Coast Mariners“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan. 2010-yil 24-noyabrda Trent Sainsbury A-Ligadagi debyutini „Newcastle United“ futbol klubiga qarshi oʻtkazgan[1]. 2013-yil 31-dekabrda u klubdagi ilk golini „Perth Glory“ futbol klubi darvozasiga kiritgan[2]. Oʻsha yili Trent Sainsbury turnirda chempionlikni qoʻlga kiritgan, shuningdek, bir necha bor oyning eng yaxshi futbolchisi unvonini olgan. Bunday muvaffaqiyatli mavsumdan soʻng Trent Sainsburyga Angliyaning „Southampton“ va „Middlesbrough“ futbol klublari, shuningdek, Shveysariyaning „Bazel“ futbol klubi qiziqish bildirgan.
2011-yilda Avstraliya yoshlar terma jamoasi tarkibida Trent Sainsbury Kolumbiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan[3][4]. Turnirda u Ekvador, Ispaniya va Kosta-Rika jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan[5].
2014-yilning 4-sentabrida Trent Sainsbury Avstraliya terma jamoasi safida Belgiyaga oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan[6].
2015-yil boshida Trent Sainsbury terma jamoaning oʻz uyida boʻlib oʻtadigan Osiyo Kubogi uchun tarkibiga kiritilgan[7][8]. Turnirda u Quvayt, Ummon, Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy va ikki marta Janubiy Koreya terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan[9][10][11]. Musobaqa yakunlariga koʻra, Trent oltin medalni qoʻlga kiritgan va BAAga qarshi kechgan bahsda terma jamoa safidagi ilk golini kiritgan[12].
2017-yilda Trent Sainsbury Rossiyada boʻlib oʻtgan Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etgan[13]. Turnirda u Germaniya, Kamerun va Chili jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[14][15].
2018-yilda Trent Sainsbury 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan[16][17]. Turnirda u Fransiya, Daniya va Peru jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan[18].
2019-yilda Trent Sainsbury BAAda boʻlib oʻtgan Osiyo Kubogi uchun tarkibga kiritilgangan[19][20]. Turnirda u Iordaniya, Falastin, Oʻzbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan[21][22].
№ | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 2015-yil 27-yanvar | Nyukasl stadioni, Nyukasl, Avstraliya | BAA | 1 :0 | 2 :0 | Osiyo Kubogi-2015 |
2. | 2016-yil 7-iyun | Docklands, Melburn, Avstraliya | Gretsiya | 1 :0 | 2 :0 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
3. | 2016-yil 6-oktabr | PAF stadioni, Jidda, Saudiya Arabistoni | Saudiya Arabistoni | 1: 1 | 2: 2 | JCh-2018 saralashi |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.