Tibbiy oliy o'quv yurti From Wikipedia, the free encyclopedia
Toshkent tibbiyot akademiyasi — Respublikada yuqori malakali tibbiyot kadrlari tayyorlaydigan yetakchi oliy oʻquv yurti hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 29-iyuldagi 178-qarori bilan Toshkent shahrida 1- va 2-Toshkent davlat tibbiyot institutlari negizida (Toshkent birinchi tibbiyot instituti, Toshkent ikkinchi tibbiyot instituti) tashkil etilgan. Akademiya yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash sifatini oshirish, oʻqish jarayonini tashkil qilishning zamonaviy talablariga mos keladigan zarur oʻquv va moddiy texnika bazasini yaratish, ilgʻor taʼlim texnologiyalarini keng joriy etish asosida yangi mazmun bilan boyitish, boʻlgʻusi mutaxassislarning taʼlimi ular tomonidan aniq davolash amaliyoti malakalarini egallash bilan chambar-chas bogʻlab olib borilishini taʼminlash maqsadida tuzilgan. Akademiyada 5 ta (davolash, tibbiy-pedagogika, tibbiy-profilaktika, oliy hamshiralik ishi va malaka oshirish) fakultetlari, 58 kafedra, aspirantura, markaziy ilmiy tadqiqot va markaziy klinik labaratoriya, 2200 oʻrinli klinika, ilmiy tibbiy axborot boʻlimi, muzey, akademik litsey, kutubxona (800 mingdan ziyod asar), nashriyot va bosmaxona mavjud. Hozirgi kunda 9000 dan ortiq talaba, shuningdek, magistratura yoʻnalishida 40 mutaxassislik boʻyicha 600 dan ortiq rezident taʼlim oladi. Toshkent shahridagi yirik kasalxonalarda qoʻshimcha klinik bazalarga ega[1].
TTA bosh oʻquv binosi | |
Xalqaro nomi |
Tashkent Medical Academy |
---|---|
Turi | Akademiya |
Asos solingan sanasi | 1920-yil |
Rektori | Shadmanov Alisher Kayumovich |
Fakultetlar | 6 |
Talabalari | 9056 ta |
Bakalavriat | 6 yil |
Magistratura | 3-4 yil |
Fan doktorlari | 345 |
Professorlari | 945 |
Oʻqituvchilari | 1200 |
Manzili |
Olmazor tumani |
Veb-sayti | Tma.uz |
Toshkent tibbiyot akademiyasi Markaziy Osiyoda tibbiyot mutaxasisilari tayyorlaydigan eng yirik oliy taʼlim muassasasi xisoblanadi.
Turkiston davlat universiteti, tibbiyot fakulteti
(1919—1931-yillar)
1919-yil 13-aprelda Turkiston davlat universiteti tarkibida tibbiyot fakultetini tashkil etish qarori qabul qilingan[2].
1919-yil 17-sentyabrda Turkiston davlat universitetining birinchi ilmiy kengashida tibbiyot dekani etib professor P. P. Sitnovskiy saylangan[3].
1920-yilning 7-sentyabrida Turkistonda dorilfunun taʼsis etish haqidagi xujjat imzolangan. Dorilfunun tarkibiga tibbiy fakultet ham kiritilgan edi. 1921-yildan boshlab tibbiy fakultet shifokorlarni tayyorlay boshlagan.
1919—1921-yillarda fakultetning tashkiliy davri boʻlib, fakultetning moddiy bazasi yaratilgan.
Keyingi davrlarda fakultetga prof. K. G. Xrushev (1921—1924-yillar) va M. I. Slonim (1924—1926-yillar) rahbarlik qilganlar. Ushbu davrlarda fakultetning moddiy texnik bazasi ancha yaxshilangan boʻlib, klinik kafedralarda darslar oʻtilishi takomillashib borgan. Taʼlim sifati va samaradorligini oshirish maqsadida ilmiy-pedagoglar tarkibiga professor N. I. Ragoza (ichki va yuqumli kasalliklar), A. N. Murzin (koʻz kasalliklari), I. S. Milman (teri va tanosil kasalliklari), N. I. Osinovskiy (bolalar kasalliklari), S. A. Molchanov (rentgenologiya), G. N. Terexov (patologik anatomiya), G. I. Ilin (operativ jarrohlik), S. E. Tsimmerman (normal anatomiya), M. S. Astrov (fakultet jarrohligi), D. A. Vvedenskiy (urologiya)lar taklif etilgan. 1922-yilda 27 ta talaba tibbiyot fakultetini tamomlagan.
1923-yilda tibbiyot fakultetida 973 ta talaba tahsil olgan boʻlib, ularning koʻpchiligini (425 tasini) qizlar tashkil etar edi
Fakultet rivojida P. F.Borovskiy (1926—1928-yillar), N. I. Ragoza (1928—1929-yillar) hamda G. P. Fedorov (1929—1931-yillar) katta hissalarini qoʻshganlar.
Toshkent Davlat tibbiyot instituti
(1931—1990-yillar)
1931-yilda tibbiyot fakulteti mustaqil tibbiyot institutiga aylantirilgan. 1931-yilda uning birinchi direktori lavozimiga G. P. Fedorov tayinlangan, shu yilning oxiriga kelib tibbiyot fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritgan X. U. Umarov institut direktori etib tayinlangan.
1932-yilga kelib 177 ta oʻqituvchi, shundan 25 ta professor, 26 ta dotsent, 104 assistent 1099 ta talabaga dars berganlar.
1932-yildan 1936-yilgacha institutga B.Sattarov rahbarlik qilgan.
1935-yilda Oʻrta Osiyo tibbiyot instituti Toshkent tibbiyot instituti deb qayta nomlangan.
1937-yilga kelib institutda 1400 ta talaba tahsil olgan.
1938-yilda institutga M. U. Mirsagatov rektorlik qilgan. Ushbu davrga kelib Respublika rahbariyati institutga katta mablagʻ ajratgan bulib, koʻpgina yangi klinik binolar (eksperimental bino, yuqumli kasalliklar, onkologiya, protezlash ortopediyasi) qurilib, mavjudlari esa mukammal taʼmirdan chiqarilgan. Institut maydoni yangi qurilgan binolar, klinikalar hisobiga 2 barobarga kengaygan.
1940-yilda institutga B. I. Berliner, 1941-yilda R. I. Poʻlatov rektorlik qilishgan.
1941—1945-yillarda Ulugʻ Vatan urushi davrida institut maydonida 10 dan ortiq evakogospitallar ochilgan va ayrim professor-oʻqituvchilar frontga joʻnab ketishgan. Ular orasida D. A. Vvedenskiy, L. D. Vasilenko, A. M. Geller, B. A. Stekolnikov boʻlgan
1944-yilda institutga Y.K.Moʻminov rektor boʻlgan.
Ulugʻ Vatan Urushi yillarida Toshkent Davlat tibbiyot institutida 2122 nafar shifokor tayyorlangan boʻlsa ulardan 1630 nafari frontga ketgan. Ular orasida M. A. Ashrapova, M.Muxarramova, S. A. Fayziev, N. K. Axmedov, M.Akmalov, U.Umarov, V. S. Karuxina, L. I. Vaskovskaya, L.Y. Sturgatskaya, S. A. Dopimov, F. F. Amirov, N. D. Maxsumov, N. A. Kanbulinlar boʻlishgan.
1945-yilda institutga H. Z. Zoxidov rektor lavozimiga tayinlangan. Urushdan keyin institutda oʻqish 6 yil qilib belgilangan. Bu davrga kelib professor-oʻqituvchilar tomonidan yangi oʻquv dasturlari yaratilgan. Institut yangi maxsus tibbiy asbob-uskunalar bilan taʼminlangan.
1945—1946-yillarda fakultetlarda jami 2752 talaba tahsil olgan boʻlsa, shulardan 600 tasi institutga yangi qabul qilingan 1 kurs talabalari boʻlishgan. Institutda darslar oʻzbek va rus tillarida olib borilgan.
1947-yilda institutga Y. H.Toʻraqulov rektorlik qilgan. Institut ushbu yillarda tibbiyotning 12 ta katta muammoli masalalar boʻyicha maqsadli ilmiy yoʻnalishlarda ilmiy izlanishlar olib borgan.
Toshkent Davlat Tibbiyot Institutiga 1950-yilda A.Gʻ.Gʻulomov rektor lavozimiga tayinlangan va u 15 yil davomida 1965-yilgacha institutga rahbarlik qilgan.
1945—1953-yillarda talabalar soni 2752 tadan 3158 tagacha koʻpaygan.
1954-yilda institutda stomatologiya fakul’teti qayta ochilgan.
1960-yillarning oʻrtalariga kelib, institutda 57 ta fan doktori, 18 ta Respublikada xizmat koʻrsatgan fan arboblari, 13 ta xizmat koʻrsatgan shifokor, 2 ta Oʻzbekiston fanlar Akademiyasining muhbir aʼzolari (A. A. Asqarov, N. I. Ismoilov) va 2 ta sobiq SSSR tibbiyot fanlari akademiyasi muhbir aʼzolari (Z. I. Umidov, E. I. Ataxanov) faoliyat koʻrsatganlar. 57 nafar professorlardan 22 tasi oʻzbek millatiga mansub edi.
1962-yildan institutda Osiyo, Afrika, Lotin Amerika davlatlaridan talabalar kelib oʻqiy boshlagan.
1960—1967-yillarda institutda kechki davolash fakulteti faoliyat koʻrsata boshlagan. 1961-yilda 4000 ta talabadan 2395 tasi oʻzbek millatiga mansub qizlar boʻlishgan.
1965-yilning sentyabrida institutga akademik K. A.Zufarov rektor lavozimiga tayinlangan.
1971-yilda akademik K. A.Zufarov Oʻlka tibbiyoti ilmiy-tadqiqot institutiga direktor etib tayinlanishi munosabati bilan institutga akademik U. A. Aripov rektor etib tayinlangan va u 1984-yilgacha institutga rahbarlik qilgan.
1972-yilda institutning 2 ta davolash, pediatriya, sanitariya-gigiena, stomatologiya fakultetilarida 10 mingdan ziyod talaba taʼlim olgan boʻlsa, shu yili 1 – kursga 1500 ta talaba qabul qilingan.
Oʻzbekistonning yarim aholisini bolalar tashkil etganligini inobatga olib 1972-yilda mustaqil Oʻrta Osiyo pediatriya instituti, keyinchalik Toshkent pediatriya tibbiyot instituti tashkil etilgan.
Toshkent Davlat Tibbiyot Institutiga 1961-yilda xorijiy davlatlardan 22 ta talaba qabul qilingan boʻlsa, 1980-yillarga kelib ularning soni 170 tadan oshib ketgan.
1980-yillarning oxirlariga kelib institutda professor-oʻqituvchilarning soni 1042 tani, shu jumladan 6 ta akademik, 24 ta Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan shifokor, 90 ta tibbiyot fanlari doktori, professorlar, 207 ta tibbiyot fanlari nomzodlari, dotsentlar talabalarga taʼlim-tarbiya berishgan.
Ushbu davrda institutdagi oʻquv, oʻquv – uslubiy, ilmiy, davlat ishlari va xalqaro aloqalar yanada yaxshilangan. Institut Vengriya, Germaniya, Polsha va Rossiyaning yetakchi tibbiyot oliygoxlari bilan oʻzaro hamkorlik aloqalarini oʻrnatgan. 1984-yilda institutga rektor lavozimiga professor O. S. Maxmudov tayinlangan. 1987-yilda tanlov asosida professor N. X. Shomirzaev rektor etib tayinlangan. Ushbu yillarda institutda talabalar Rossiya va Ukrainaning yetakchi tibbiyot oliygoxlariga ham oʻqishga qabul qilina boshlangan. 2 yil mobaynida ularning soni 2000 ta talabadan ziyod boʻlgan.
1990-yilga kelib bir necha oʻquv bazalarida joylashgan katta institutni boshqarishda tugʻilgan qiyinchiliklarni eʼtiborga olib institutni ikki qismga – birinchi va ikkinchi tibbiyot institutlariga ajratish xaqida 1990-yil 23-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarori qabul qilingan.
Institut ikkiga ajratilgandan soʻng, Birinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti rektori lavozimiga Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi professor T. A. Daminov, Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti rektori lavozimiga professor X.Y. Karimov tayinlangan.
Dastlab, Birinchi Toshkent Davlat tibbiyot institutida ikkita fakultet – davolash va stomatologiya fakultetlari, Ikkinchi Toshkent Davlat tibbiyot institutida davolash va sanitariya-gigiena fakultetlari mavjud edi.
1992-yil mart oyida Urganch shahrida Birinchi Toshkent Davlat tibbiyot institutining filiali ochilgan. 1992-yilning mart oyida Fargʻona shahrida Fargʻona Davlat universiteti qoshida Tibbiyot markazi ochilgan (sanitariya -gigiena fakulteti) keyinchalik ushbu markaz Ikkinchi Toshkent Davlat tibbiyot instituti filialiga aylantirilgan[4]. Birinchi Toshkent Davlat tibbiyot instituti qoshida yangi oʻqituvchilar malakasini oshirish fakulteti tashkil etilgan. Keyinchalik ushbu fakultet 1998-yilda tibbiyot oliy oʻquv yurtlari oʻqituvchilarini malakasini oshirish Markazi deb nomlangan. Ikki institutda ham 1998-yildan umumiy amaliyot shifokorlarini tayyorlash dasturiga oʻtilgan. 2000-yilda yuqori malakali ilmiy pedagogik kadrlarni hamda mutaxassis shifokorlarni tayyorlash maqsadida magistratura yoʻnalishi tashkillashtirilgan.
Bugungi kunda Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch va Termiz filiallari mavjud.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 19-iyulidagi PF-3629 sonli farmoni asosida faoliyati tugatilgan Birinchi va Ikkinchi Toshkent Davlat tibbiyot institutlarining negizida yuqori malakali tibbiy xodimlarini tayyorlash sifatini oshirish va oʻquv jarayonini tashkil etishning zamonaviy talablariga javob beradigan zarur oʻquv va moddiy-texnik bazani yaratish, unga ilgor taʼlim texnologiyalarini kiritish asosida yangi mazmun bilan boyitish, boʻlgʻusi mutaxassislar tayyorlanishini tibbiyot amaliyotining muayyan koʻnikmalari bilan bir vaqtda egallashlarini uzviy bogʻlash maqsadida tashkil etilgan.
№ | Ism familyasi | Rektorlik yillari |
---|---|---|
1. | G. P. Fyodorov | 1931-yil |
2. | X. U. Umarov | 1931—1932-yillar |
3. | B.Sattorov | 1932—1936-yillar |
4. | E. Y. Shurpe | 1936-yil |
5. | V. D. Shtiben | 1937-yil |
6. | U.Nedrit | 1937—1938-yillar |
7. | Mirza Usmanovich Mirsagatov | 1938—1940-yillar |
8. | Boris Isayevich Berliner | 1940—1941-yillar |
9. | Yoqub Karimboboyevich Moʻminov | 1941—1944-yillar |
10. | Xakim Zohidovich Zohidov | 1945—1947-yillar |
11. | Yorqin Xolmatovich Toʻraqulov | 1947—1950-yillar |
12. | Abdumalik Gʻulomovich Gʻulomov | 1950—1965-yillar |
13. | Komiljon Ahmedjanovich Zufarov | 1965—1971-yillar |
14. | Oʻktam Oripovich Oripov | 1971—1984-yillar |
15. | Orxan Sirojiddinovich Mahmudov | 1984—1987-yillar |
16. | Najiyulla Xabibullayevich Shomirzayev | 1987—1990-yillar |
17. | Turgʻunpoʻlat Obidovich Daminov (1-TDTI) | 1990—2005-yillar |
18. | Homid Yoqubovich Karimov (2-TDTI) | 1990—2004-yillar |
19. | Shavkat Ibragimovich Karimov | 2004—2016-yillar |
20. | Laziz Nadirovich Toʻychiyev | 2016—2020-yillar |
21. | Alisher Kayumovich Shadmanov | 2020-yildan hozirga qadar |
№ | Ism familya | Lavozimi | Faoliyat yillari |
---|---|---|---|
1 | Turdiqul Akramovich Bobomuratov | Yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektor | 2017-yildan buyon |
2 | Shuhrat Abdujalilovich Boymurodov | Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor | 2017-yildan buyon |
3 | Feruza Lyutpillayevna Azizova | Ilmiy ishlar boʻyicha prorektor | 2017-yildan buyon |
4 | Marif Shokirovich Karimov | Davolash ishlari boʻyicha prorektor | 2019-yildan buyon |
5 | Farrux Baxriyarovich Toshpoʻlatov | Iqtisodiyot va tadbirkolrik ishlari boʻyicha prorektor | 2021-yildan buyon |
№ | Ism Familyasi | Mukofotlangan yil |
---|---|---|
1 | Malika Samadovna Abdullaxoʻjayeva | 2006-yil |
2 | Ravshanbek Davlatovich Qurbonov | 2018-yil |
№ | Ism Familyasi | Mukofotlangan yil |
---|---|---|
1 | Georgiy Alekandrovich Ilin | 1925-yil |
2 | Aziz Toktabayevich Toktabayev | 1978-yil |
№ | Ism Familyasi |
---|---|
1 | Akbar Asqarovich Asqarov |
2 | Aleksandr Nikolayevich Kryukov |
3 | Anis Lutfullayevich Alyavi |
4 | Vasit Vaxidovich Vaxidov |
5 | Jalol Nosirovich Maksumov |
6 | Jahongir Xakimovich Xamidov |
7 | Yorqin Xolmatovich Toʻraqulov |
8 | Komiljon Axmedjanovich Zufarov |
9 | Malika Samadovna Abdullaxoʻjayeva |
10 | Moisey Ilich Slonim |
11 | Nabi Majidovich Majidov |
12 | Nosir Ismoilovich Ismoilov |
13 | Ravshanbek Davlatovich Qurbonov |
14 | Rafael Aleksandrovich Kansenovich |
15 | Turgʻunpoʻlat Obidovich Daminov |
16 | Toʻlqin Iskandarovich Iskandarov |
17 | Oʻktam oripovich Oripov |
18 | Feruz Gafurovich Nazirov |
19 | Shavkat Ibragimovich Karimov |
№ | Ism Familyasi |
---|---|
1 | Abdulla Zahidovich Zahidov |
2 | Abdunabi Alovutdinovich Kalanxojayev |
3 | Akbar Asqarovich Asqarov |
4 | Aleksandr Lvovich Kasenovich |
5 | Aleksandr Nikolayevich Kryukov |
6 | Aleksandr Semyonovich Volinskiy |
7 | Aleksey Dmitriyevich Grekov |
8 | Armanis Arestogesovich Akovbyan |
9 | Asqarxon Asrorovich Asrorov |
10 | Vasit Vaxidovich Vaxidov |
11 | Vali Majidovich Majidov |
12 | Jalol Nosirovich Maksumov |
13 | Dmitriy Alekseyevich Vvedenskiy |
14 | Dmitriy Lvovich Arustamov |
15 | Isoq Komilovich Komilov |
16 | Zulfiya Ibragimovna Umidova |
17 | Kamol Xokayevich Xojayev |
18 | Komiljon Axmedjanovich Zufarov |
19 | Mannof Atamatovich Mirzamuxamedov |
20 | Mixail Sergeyevich Astrov |
21 | Moisey Ilich Slonim |
22 | Munira Sadullayevna Tursunxoʻjayeva |
23 | Nosir Ismoilovich Ismoilov |
24 | Nina Mixaylovna Demidenko |
25 | Nosir Komilovich Axmedov |
26 | Nusrat Xamidovich Abdullayev |
27 | Orxan Sirojiddinovich Mahmudov |
28 | Rafael Aleksandrovich Kansenovich |
29 | Radik Abdullayevich Kapkev |
30 | Rahim Egamberdiyevich Xudoyberdiyev |
31 | Rahim Muhamedovich Nurmuhamdeov |
32 | Sadik Aliyevich Masumov |
33 | Tatyana Goergiyevna Ilina |
34 | Tursun Xoʻjayevich Najmitdinov |
35 | Fozil Fayzrahmonovich Amirov |
36 | Xomid Yoqubovich Karimov |
37 | Xasana Ahmedjonovna Yunusova |
38 | Shahob Shamsiyevich Hamrayev |
39 | Oʻktam Oripovich Oripov |
№ | Ism Familyasi |
---|---|
1 | Abdugʻaffor Gadayevich Gadayev |
2 | Abdulla Zahidovich Zahidov |
3 | Abdunabi Alovutdinovich Kalonxojayev |
4 | Abdurahim Abidovich Abidov |
5 | Bashir Xikmatullayevich Magzumov |
6 | Vyacheslav Yervandovich Avakov |
7 | Mayiddin Rasulovich Nuritdinov |
8 | Turgʻunpoʻlat Obidovich Daminov |
9 | Toʻlqin Iskandarovich Iskandarov |
10 | Xasana Ahmedjanovna Yunusova |
11 | Erkin Yoʻldoshevich Qosimov |
12 | Gʻulom Maxkamovich Maxkamov |
№ | Isfm Familyasi | Mutaxasisligi | Mukofoti | Mukofot olgan yili |
---|---|---|---|---|
1 | Aziz Zavqiyevich Shaumarov | Lor kasalliklari kafedrasi assistenti | "Mehr Saxovat" koʻkrak nishoni | 2020-yil |
2 | Albert Yervandovich Ataliyev | Fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi assistenti | "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni | 1995-yil |
3 | Vasiliy Yakovlevich Devyatov | Fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi dotsenti | "Sodiq xizmatlari uchun" medali | 1995-yil |
4 | Vosit Yorqinovich Xusanov | Urologiya yoʻnalishi magistranti | "Mehr Saxovat" koʻkrak nishoni | 2020-yil |
5 | Vyacheslav Yervandovich Avakov | Anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi mudiri | I darajali "Sogʻlom avlod uchun" ordeni
"Mehnat Shuhrati" ordeni |
1995-yil
2012-yil |
6 | Georgiy Lvovich Paxamov | Fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi dotsenti | "Doʻstlik" ordeni | 2017-yil |
7 | Guljahon Sattorovna Babajanova | 1-son akusherlik va ginekologiya kaferdasi professori | "Mehnat Shuhrati" ordeni | 2019-yil |
8 | Gulnora Karimovna Xudoyqulova | Yuqumli va bolalar yuqumli kasalliklar kafedrasi dotsenti | "Shuhrat" medali | 2020-yil |
1935-yilda Oʻrta Osiyo Tibbiyot Institutining nomi Toshkent tibbiyot institutiga oʻzgartirilgan. Uning tarkibida 4 ta fakultet tashkil etilgan. Avval boshida davolash profilaktika nomi bilan atalgan keyinchalik davolash fakultetiga oʻzgartirilgan[5].
№ | Ism Familyalari | Faoliyat yillari |
---|---|---|
1 | N. I. Ragoza | 1931—1936-yillar |
2 | S. G. Xaskin | 1937—1939-yillar |
3 | P. A. Nedrit | 1939—1940-yillar |
4 | A. S. Volinskiy | 1940—1952-yillar |
5 | A. M. Geller | 1952—1954-yillar |
6 | A. X. Xodjayev | 1954—1955-yillar |
7 | I. Y. Laskov | 1956—1959-yillar |
8 | S. A. Dolimov | 1959—1962-yillar |
9 | A. I. Magrupov | 1962—1964-yillar |
10 | M. I. Gasparyan | 1964—1965-yillar |
11 | N. M. Majidov | 1966—1967-yillar |
12 | M. A. Ashrapova | 1967—1968-yillar |
13 | R. M. Nurmuhammedov | 1969—1971-yillar |
14 | A. I. Moʻminov | 1972—1980-yillar |
15 | N. X. Shomirzayev | 1980—1982-yillar |
16 | K. N. Najmutdinov | 1982—1987-yillar |
17 | M. H. Qoriyev | 1987—1990-yillar |
18 | M. M. Mirsamatov(Birinchi TDTI) | 1990—1998-yillar |
19 | P. I. Toshxoʻjayev(Ikkinchi TDTI) | 1990—1992-yillart |
20 | T. X. Qayumov(Birinchi TDTI) | 1998—2005-yillar |
21 | A. M. Hakimov(Ikkinchi TDTI | 1992—1998-yillar |
22 | Sh. Y.Zokirxodjayev(Ikkinchi TDTI) | 1999—2004-yillar |
23 | Q. I. Rasulov | 2006—2008-yillar |
24 | S. P. Abdullayev | 2008—2011-yillar |
25 | B. T. Xalmatova | 2011—2014-yillar |
26 | P. S. Zufarov | 2014—2017-yillar |
27 | B. T. Xalmatova | 2017-yildan buyon |
Bugungi kunda davolash fakultetiga 15 kafedra boʻysunadi va bu kafedralar tarkibida 300 dan ortiq: akademiklar, professorlar, dotsentlar, assistentlar faoliya yuritib kelishmoqda. Xozirda davolash fakultetida 4000dan ortiq talabalar tahsil oladi. Fakultetda Oʻzbeksitonlik talabalardan tashqari Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Rossiya, Ozarbayjon, Afgʻoniston, Saudiya Arabistoni, Hindiston va Pokistondan kelgan talabalar ham tahsil olib kelishmoqda. 2021-yil may oyidan davolash fakulteti negizida birinchi va ikkinchi davolash fakultetlariga asos solingan. Birinchi davolash fakultetiga professor B. T. Xolmatova, ikkinchi davolash fakultetiga dotsent I. I. Baxriyev dekan etib tayinlangan.
15. Patologik anatomiya kafedrasi
Yana qarang
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.