Tisha Campbell
amerikalik aktrisa From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Tisha Michelle Campbell (1968-yil 13-oktyabrda tugʻilgan) — amerikalik aktrisa, komediyachi, qo'shiqchi va raqqosa. Oklahoma shahrida tug‘ilgan, biroq, New Jersey shtatining Newark shahrida o‘sgan. Ushbu aktrisa ekranlardagi ilk debyutini 1986-yilda „Little Shop of Horrors“ nomli rok-musiqiy komediya filmida suratga tushishi orqali amalga oshiradi. Shundan keyin, aktrisa, NBC telekanalida efirga uzatilgan „Rags to Riches“ (1987—1987) nomli qisqa muddatli musiqiy komedik drama serialida rol o‘ynashi orqali shuhrat qozonadi (1988).
Remove ads
Remove ads
Yoshligi
Aktrisa oʻzi ulgʻayib oʻsgan shahridagi Newark sanʼat oʻrta maktabida, shuningdek, Sharqiy Orange, New Jersey hamda Vashington musiqa akademiyasida tahsil olgan[2]. Uning onasi Mona (qizlik familyasi: Raye) Shokley (Mona Vashington nomi bilan tanilgan) hamshira, isteʼdodlar boʻyicha menejer, qoʻshiqchisi va vokal murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan.
Uning otasi Clifton Campbell zavod ishchisi hamda qoʻshiqchi boʻlib, shaxmat ustasi sifatida sharqiy va gʻarbiy qirgʻoqlarda kam taʼminlangan bolalar bilan ishlaydi[3]. Ota-onasi uni musiqaga boʻlgan muhabbatini ragʻbatlantirishga harakat qilishgan.
Remove ads
Faoliyati
Campbellning birinchi televizion chiqishi olti yoshida, 1974-yilda PBS telekanalida efir yuzini koʻrgan The Big Blue Marble shousining epizodida boʻlgan. Bolaligida u koʻplab talantlar uchun uyushtirilgan shoularda gʻolib boʻlib, Kids Are People Too, Unicorn Tales (The Magnificent Major epizodida bosh rolni ijro etgan Daisy Bunsen) va Captain Kangaroo kabi bolalar dasturlarida ishtirok etgan.
17 yoshida u „Little Shop of Horrors“ musiqiy badiiy filmida „The Supremes“ ga oʻxshagan gretsiyalik qizlardan iborat xor guruhida „Chiffon“ rolida va Martin teleserialidagi boʻlajak hamkori Tichina Arnold bilan birga ijro etgan.
Newarkdagi sanʼat oʻrta maktabini tugatgandan soʻng, u Hollywoodga koʻchib oʻtadi va u yerda qisqa umr koʻrgan hamda NBC telekanalida efirga uzatilgan musiqiy komedik drama serial „Rags to Riches“ (1987—1988)da yulduzga aylanadi.
Keyinchalik u Spike Lee rejissorligidagi „School Daze“ musiqiy komedik drama filmida Jane Toussaint rolini oʻynaydi.
Remove ads
Shaxsiy hayoti
1996-yil 17-avgustda Campbell aktyor Duene Martinga turmushga chiqadi[4]. Er-xotinning Xen Martin (2001-yil 8-avgustda tugʻilgan) va Ezekiel Czar Martin (2009-yil 8-sentyabrda tugʻilgan) ikki nafar oʻgʻil farzandi bor. 2018-yil fevral oyida Campbell 21 yillik turmushdan keyin ajrashish uchun ariza beradi[5]. Ular 2020-yil dekabr oyida ajrashishlarini yakunlashadi[6].
Filmografiyasi
Filmlarda
Televizion rollari
Remove ads
Diskografiyasi
Albomlari
Yakkahon ijro (singl)lari
Kiritilgan yakkahon ijro (singl)lari
Remove ads
Mukofotlar va nominatsiyalar
Remove ads
Manbalar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads