From Wikipedia, the free encyclopedia
Tijorat banki – korxonalar, tashkilotlar, fuqarolarga universal bank xizmatlari (hisob-kitob, toʻlov operatsiyalari, qoʻyilmalarni jalb etish, omonatlarni saqlash, ssudalar berish, shuningdek, qimmatli qogʻozlar bozoridagi operatsiyalar) koʻrsatadigan yirik kredit muassasasi. Tijorat banki bank harakatlarini amalga oshirish uchun pul mablaglarini, asosan, qoʻyilmalar (omonatlar), banklararo kreditlar, oʻz aksiya va obligatsiyalarini chiqarish hisobiga shakllantiradi. Oʻzbekistonda dastlabki tijorat banklari Rossiya Oʻrta Osiyoni bosib olganidan keyin, 19-asr oxirlarida rus kapitali ishtirokida paydo boʻlgan va 1917-yildagi Oktyabr toʻntarishiga qadar faoliyat koʻrsatgan. 20-asrning 90-yillari boshidan, mustaqillikdan keyin respublikada Tijorat bankilari qayta paydo boʻldi.
Oʻzbekistonda Markaziy bank Tijorat banki faoliyati uchun litsenziya beradi va uning ishini nazorat qiladi. Tijorat banklari mulkchilikning turli shakllari asosida – davlat ishtirokidagi, davlat aksiyadorlik, ochiq va yopiq aksiyadorlik jamiyatlari tarzida tashkil etilgan. Respublika hududida 33 ta Tijorat banki, faoliyat koʻrsatadi (2003). Ulardan 2 tasi davlat banki, 3 tasi davlat aksiyadorlik Tijorat banki 12 tasi xususiy bank, 4 tasi chet el kapitali ishtirokidagi banklar va 1 tasi shoʻʼba bankdir. Mazkur banklarning respublika hududida faoliyat koʻrsatayotgan 800 dan ortiq, filiallari va 690 dan ortiq minibanklari bor. Respublikada 7 chet el Tijorat bankilari, 4 xalqaro moliya tashkilotlarining vakolatxonalari faoliyat koʻrsatadi. Tijorat banki faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining „Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida“ (1996, 25 apr.) qonuniga muvofiq tartibga solinadi.
Tijorat banki oʻzining xarajatlarini oʻzining daromadlari hisobidan moliyalashtiradigan va yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan kredit muassasasidir. Yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet ellik jismoniy va yuridik shaxslar bank muassislari boʻlishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasida bank muassislari bank aksiyadorlari tarkibidan u roʻyxatga olingan kundan boshlab 1 yil mobaynida chiqib ketish huquqiga ega emas. Tijorat bankining boshqaruv organlari boʻlib quyidagilar hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasida Bank kengashi aʼzolari kamida 5 kishidan iborat boʻlishi lozim. Aksiyadorlardan tashqari bank sohasi olimlari va mutaxassislari ham bank Kengashi aʼzolari boʻlishi mumkin. Boshqaruv bank Kengashi va aksiyadorlar umumiy yigʻilishi oldida hisobdordir. Tijorat banklariga quyidagi faoliyat turlari bilan shugʻullanish qatʼiyan man etiladi:
Tijorat banki ham mahsulot yaratadi. Ammo, tijorat banki, sanoat korxonalaridan farqli oʻlaroq, nomoddiy shakldagi mahsulotlarni yaratadi. Masalan, kredit mahsuloti. Bank tomonidan berilgan kreditni koʻz bilan koʻrib boʻlmaydi. Chunki, u moddiy koʻrinishga ega emas. Faqat kredit hisobidan sotib olingan tovarni koʻz bilan koʻrish mumkin. Tijorat banklari mulk shakliga koʻra quyidagi turlarga boʻlinadi:
Tijorat banklari mijozlarining xarakteriga koʻra quyidagi turlarga boʻlinadi:
Vaqtinchalik boʻsh turgan pul mablagʻlarini toʻplash funksiyasi. Tijorat banklari yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan va vaqtinchalik boʻsh turgan pul mablagʻlarini jalb qiladi. Bunda, asosan, boʻsh turgan pul mablagʻlari tijorat bankining depozit hisobraqamlariga jalb qilinadi va bankning qimmatli qogʻozlarini ularga sotish yoʻli bilan jalb qilinadi. Tijorat banklari emitent sifatida quyidagi qimmatli qogʻozlarni muomalaga chiqaradi.
Toʻplangan pul mablagʻlarini transformasiya qilish funksiyasi. Tijorat banklari tomonidan toʻplangan pul mablagʻlari asosan ikkita yoʻnalishga transformasiya qilinadi.
Pul aylanmasini tashkil qilish va boshqarish funksiyasi. Ushbu funksiya doirasida tijorat banki.
Anʼanaviy bank mahsulotlari:
Noanʼanaviy bank mahsulotlari:
Tijorat bankining passiv operatsiyalari deganda bankning kapitalini shakllantirish va resurslar jalb qilish operatsiyalariga aytiladi. Dunyoning 150 dan ortiq mamlakatida, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasida, tijorat banklarining kapitali tarkibini shakllantirishda Bazel' qoʻmitasining talablaridan foydalaniladi[1].
Tijorat banklarining aktiv operatsiyasi deganda foyda olish va oʻzining likvidliligini taʼminlash maqsadida resurslarini joylashtirish operatsiyasiga aytiladi[2].
Aktiv operatsiyalar turlari:
Tijorat banklari aktivlarining asosiy qismini, yaʼni 75-80 foizini berilgan kreditlar va sotib olingan qimmatli qogʻozlar tashkil etadi. Bu esa, kredit operatsiyalari va qimmatli qogʻozlarni sotib olish operatsiyalarini banklarning asosiy operatsiyalari ekanligidan dalolat beradi.Korporativ qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar yuqori riskli boʻlganligi sababli tijorat banklari qimmatli qogʻozlar portfelini diversifikasiyalashga katta eʼtibor beradilar. Shuningdek, Markaziy banklar tijorat banklarining qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalariga nisbatan cheklovlar oʻrnatadi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.