From Wikipedia, the free encyclopedia
Tanzimot farmoni bu Turkiya tarixidagi g'arblashish harakatining birinchi qadami hisoblanadi. Bu farmon 1839-yilning 3-noyabrida Sulton Abdulmejid hukmronlik qilgan yillarda Tashqi ishlar vaziri Koja Mustafo Reshid Posho tomonidan o'qib eshittirilgan. Farmon Gulhane bog'ida
Toʻliq nomi:
|
---|
o'qib eshittirilganligi uchun Gulhane Hatt-i Şerifi (Sultonning yozuvi), Gulhane Hatt-i Humayunu yoki Tanzimat-i Hayriye (Xayrli tartiblashlar) nomlari bilan ham ataladi. Bu farmon orqali davlat o'zini yangilash kerakligini ifoda etgan. Fransuz inqilobi sababli Usmoniylar saltanatida ziyolilar va yangidan-yangi g'oyalar yuzaga chiqa boshlagan.
Ziyolilar, ayniqsa konstitutsiyaviy hukumat tazyiqlarining salbiy ta'siridan, olib borilgan islohotlarni doimiy qilish g'oyasidan va Fransuz inqilobi bilan mamlakatga kirib kelgan millatchilik g'oyalaridan xalos bo'lish uchun 1839 yil 3 noyabrda Gulhane bog'ida e'lon qilindi.
1839-yil 3-noyabrda Tashqi ishlar vaziri Mustafo Reshid Posho tomonidan oʻqib eshittirilgan “Gulhâne Hatt-i Humayunu” sababli boshlangan deb qaraladigan Tanzimat harakati, davlat ishlaridagi nosozliklarni yangidan ta'sis qilish maqsadida edi. Biroq harbiy, fuqarolik va huquqiy sohalarda qilingan reformalar, siyosiy tartib o'zgarishi bo'libgina qolmay, undan ham ta'sir qilgan va turkiy tafakkur tizimida tub o'zgarishlarga zamin yaratdi.
Ushbu farmonda qalamga olingan barcha va'dalar to'liq bajarilmagan bo'lsa ham zamonaviylashishga va insonlar ongida respublika bpo'lish fikrini uyg'otishga sabab bo'lgan. Tanzimot farmoni o'qib eshittirilganidan to Birinchi Konstitutsiyaviy monarxiya eʼlon qilinishigacha boʻlgan davr Usmonlilar tarixida Tanzimat davri (1839-yil 3-noyabr – 1876-yil 22-noyabr) nomi bilan ataladi.
Tanzimat davrida yetishib chiqqan ziyolilar tafakkuridagi yana bir e’tiborga molik o‘zgarish Turkiston turklarini ham o‘z ichiga olgan turk millatchiligi g‘oyasining paydo bo‘lishi bilan namoyon bo‘ldi. Chunki Tanzimat davrigacha Usmonlilar davlati chegaralaridan tashqarida yashagan turklar ko‘p e’tiborga olinmagan. 15—18-asrlarda Chigʻatoy adabiyotidan soʻng baʼzi Usmonli shoir va yozuvchilari, ayniqsa Ali Shir Nevaiyning asarlari; Biroq, Tanzimatdan oldingi davrlarda turklar deyilganda, umuman olganda, Usmonlilar o'lkasida yashovchi odamlar esga tushardi.
Andoza:Vikikaynak-Osmanlıca
63x63px | Çokdilli Vikikaynak'ta Tanzimat Fermanı metnini Osmanlıca harflerle okuyabilirsiniz. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.