Sydney Sweeney
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Sydney Bernice Sweeney (1997-yil 12-sentabrda tugʻilgan)[1] – amerikalik aktrisa va model. Sweeney Netflixning Everything Sucks! (2018) serialidagi roli tufayli mashhurlikka erishdi. U 2019-yilda HBO telekanalining Euphoria dramatik serialida Cassie Howard rolini, 2021-yilda The White Lotus serialida Olivia Mossbacher rolini oʻynagan. Sweeney shuningdek Once Upon a Time in Hollywood (rejissyori Quentin Tarantino), Anyone but You, Madame Web kabi filmlarda ham rol oʻynagan.
Remove ads
Yoshligi
Sydney Bernice Sweeney 1997-yil 12-sentabrda Vashington shtatining Spokan shahrida tugʻilgan, onasi advokat va otasi tibbiyot sohasida ishlaydi. U oilaning ikki farzandining birinchisi. Uning Trent ismli akasi bor. Sweeney Aydaho shtatning shimoli-gʻarbiy qismida[2] Vashington chegarasidagi Panhandle mintaqasida, uning oilasi besh avloddan beri yashab kelayotgan koʻl boʻyidagi qishloq uyida oʻsgan.[3]
Remove ads
Karyerasi
Sweeney 90210, Criminal Minds, Grey’s anatomy, In the Vault va Pretty Little Liars kabi teleseriallarda kichik rollar ijro etgan[4]. 2018-yilda Under the Silver Lake nomli triller filmda rol oʻynagan[5]. Along Came the Devil dahshatli filmida esa qahramon rolini oʻynagan[6]. Keyingi yili Sweeney Clementine, Big Time Adolescence va Quentin Tarantino rejissyorligidagi Once Upon a Time in Hollywood filmlarida rollar ijro etgan[7]. 2019-yildan buyon esa Euphoria dramatik serialida Cassie Howard rolini oʻynab kelmoqda[8].
Remove ads
Shaxsiy hayoti
Sweeney MMA jangchisi boʻlib, oʻrta maktabda kurash boʻyicha musobaqalarda qatnashgan.
Sweeney oʻzining har bir qahramoni uchun alohida kitoblar yaratishini aytdi, ular „interfaol kundaliklar/xronologiyalar/xotira kitoblari/qahramon tugʻilganidan boshlab ssenariyning birinchi sahifasigacha boʻlgan butun dunyoning rasmlari“ edi.
2020-yil dekabr oyida The Spokesman-Review nashri Sweeney oʻzining ona shahri Spokan shahridagi turli restoranlarga 12 ming dollar xayriya qilgani, bu mablagʻlarni uysizlar boshpanalarida ovqatlanish uchun ishlatganligi haqida xabar berdi.[9]
Sweeney 2022-yil fevraldan oʻzining uzoq yillik sevgilisi, Chikagodagi restoranchi Jonatan Davino bilan unashtirilgan.[10]
Filmografiyasi
Film
Televideniye
Veb-seriallar
Klip
Remove ads
Manbalar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads