From Wikipedia, the free encyclopedia
Superman DC Comics komikslaridagi xayoliy superqahramondir. 1933-yilda Jerry Siegel va Joe Shuster tomonidan yaratilgan. U haqidagi ilk komiks Action Comics #1 boʻlib, ushbu komiks 1938-yilning iyunida nashr etilgan.[1]
Superman | |
---|---|
Rassom Alex Ross | |
Nashr haqida maʼlumot | |
Nashriyot | DC Comics |
Debyut | Action Comics #1 (1938-yil iyun / 1938-yil 18-aprel) |
Muallif(lar) |
Jerry Siegel Joe Shuster |
Qahramon haqida maʼlumot | |
Pozitsiyasi | Yaxshi |
Toʻliq ismi |
Kal-El (tugʻilgan paytidagi ismi) Clark Joseph Kent (oʻgay ota-onasi tomonidan qoʻyilgan ismi) |
Turi | Kriptonlik |
Boʻyi | 193 sm |
Vazni | 107 kg |
Tavallud joyi | Krypton |
Ittifoqchilari va dushmanlari haqida maʼlumot | |
Guruh va tashkilotlar |
|
Ittifoqchilari |
Moʻjiza ayol Batman Aquaman Superqiz |
Dushmanlari |
Joker Harley Quinn |
Superman Krypton nomli xayoliy sayyorada dunyoga kelgan. Tugʻilgan paytidagi ismi — Kal-El. Goʻdakligida Krypton sayyorasi yoʻq boʻlib ketishidan biroz oldin u ota-onasi tomonidan kichik fazo kemasida Yer sayyorasiga joʻnatiladi. Fazo kemasi AQShdagi Smallville nomli xayoliy shaharga kelib tushadi. Uni shu shaharda yashovchi fermerlar — Jonathan va Martha Kent asrab olib, Clark Kent ismini qoʻyishadi. Clark oʻzida koʻplab super qobiliyatlarni (alqbovar kuch, tashqi taʼsir oʻtkazmaydigan teri va hokazo) shakllantiradi. Oʻgay ota-onasi unga kuchini ezgulikka ishlatishi kerakligi aytishadi va u jimoyatchilikka qarshi kurashishga qaror qiladi. Shaxsiyatini yashirish maqsadida rangli kostyum kiyadi va oʻziga „Superman“ taxallusini qoʻyadi. Clark Metropolis nomli xayoliy shaharda yashab, shu shahardagi Daily Planet gazetasida jurnalist boʻlib ishlaydi. Supermanning yaqin doʻstlariga Lois Lane (yoqtirgani va hamkasbi), Jimmy Olsen (Daily Planet fotosuratchisi) va Perry White (muharrir) kiradi. Dushmanlari qatoridan esa general Zod, Brainiac va Lex Luthor oʻrin olgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.