From Wikipedia, the free encyclopedia
Sulduz (Suldus) — turklashgan moʻgʻul qabilalardan biri.
Sulduzlarning katta bir guruhi Chingizxon qoʻshini tarkibida Dashti Qipchoq va qisman hozirgi Oʻzbekiston hududi hamda Afgʻonistonning shimoliga kelib joylashgan, keyinchalik Ozarbayjon, Eronga ham oʻtishgan. Toyjuvutlar qabilasi bilan urushganda katta yordam berganlari tufayli Chingizxon saroyidagi eng nufuzli amirlar sulduzlardan boʻlgan. Ular Moʻgʻullar davlati tarkibidagi Movarounnahr, Moʻgʻuliston, Xitoy va Eronda xizmat qilishgan. Qoʻngʻirotlar amiri Qazagʻon (1346—1358) vafotidan soʻng amir Bayon Sulduz bir necha yil Samarqandda hokimlik qilgan, Balx viloyatining bir qismiga sulduzlarning qabila boshligʻi Oʻljoy Bugʻo sulduz rahbarlik qilgan.
Sulduzlar Amir Temur va Temuriylar davrida ham nufuzga ega boʻlishgan. Keyinchalik sulduzlar Shayboniyxon xizmatiga oʻtadilar. Baljuvon bekligida (hozirgi Tojikiston hududida) Sulduzi bolo va Sulduzi poyon qishloqlari boʻlgan.
Sulfuz nomi oʻzbek qabilalari roʻyxatiga kiritilgan oʻrta asr manbalarida uchraydi. XVI—XVII asrlarda sulduzlar oʻtrowlashib, mahalliy xalqdar tarkibiga singib ketgan. Ammo XX asrning boshlarida oʻzbek urugʻ-qabilalari orasida sulduz nomi uchramaydi. Chunki bu davrda sulduzlar Oʻrta Osiyo va Afganistan aholisiga batamom qorishib ketishgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.