From Wikipedia, the free encyclopedia
Sotim Nurmetov (1924.15.6, Xiva – 1994.4.8, Urganch) – Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, gvardiyachi serjant. 1943-yildan armiya safida. 51-alohida gvardiyami sapyorlar bataloni (2-Belorussiya fronti 43-armiyaning 13-gvardiyachi oʻqchi korpusi)ning boʻlinma komandiri. Kenigsberg (hozirgi Kaliningrad) shahri uchun olib borilgan janglarda (1945-yil 7-aprel) jasorat koʻrsatgan. 1945-yil 19-aprel Qahramon unvonini olgan. Urushdan soʻng Urganch shahrida xoʻjalik ishlarida mehnat qilgan[1].
1925-yil 15-iyunda Xorazm viloyati Xiva shahrida ishchi oilasida tugʻilgan, oʻzbek. 1947-yildan KPSS aʼzosi. U elektrchi boʻlib ishlagan[2].
15 yoshga ham yetmasdan Ashxobod shahri yaqinidagi serjantlar tayyorlash bilim yurtida Qoraqum-Nebit yaqinidagi harbiy poligonlarda tajriba orttirdi[3]. 1943-yil fevraldan Qizil Armiya safiga chaqiriladi. Shu vaqtdan boshlab frontda xizmat qilgan.
51-alohida gvardiya sapyorlar bataloni (2-Belorussiya fronti 43-armiyaning 13-gvardiyachi oʻqchi korpusi)ning komandiri. Butunittifoq Kommunistik partiyasi (bolsheviklar) aʼzoligiga nomzod. Serjant Sotim Nurmetov Königsberg shahri uchun janglarda qatnashgan. 1945-yil 7-aprelda Königsberg (hozirgi Kaliningrad) hujum guruhining bir qismi sifatida toʻrtta sapyor bilan dushmanning artilleriya pozitsiyalarini orqa tomondan chetlab oʻtib hujum qilgan. Guruh yigirma beshta natsistni asirga oldi, dushmanning qolgan qo'shinlari koʻp sonli snaryad va qurollarni tashlab, chekinishgan. Biroz vaqt oʻtgach, dushman tashlab ketgan qurollarni qaytarib olish uchun shiddatli qarshi hujumga oʻtdi. Askarlar jasorat va qatʼiyat bilan oʻzlarini himoya qildilar. Patronlar tugagach, Nurmetov askarlarga nemislar tashlab ketgan qurollardan foydalanishni buyurdi. Qattiq qarshilik natijasida fashistlarning barcha qarshi hujumlari qaytarildi va sovet boʻlinmalari yetib kelguniga qadar otishma pozitsiyalari ushlab turildi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 19-apreldagi farmoniga binoan fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qoʻmondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajargani uchun gvardiya serjanti Nurmetov Sotimning jasorati va qahramonligi munosib mukofotlanib, Lenin ordeni va Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan (7271-son)[4].
Sotim Nurmetov urushdan keyin demobilizatsiya qilinib, Oʻzbekistonga qaytib keldi. 1950-yilda Oliy partiya maktabini tamomlagan. Xorazm viloyati Urganch shahrida yashagan. Urganchda sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish tadbirkorligi bilan shug‘ullangan[5]. 1994-yil 4-avgustda vafot etgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.