From Wikipedia, the free encyclopedia
Soong Mei-ling (talaffuzda: Soong May-ling , xitoycha: jángyíng; pinyin: Sòng Měilíng; 1898-yil 5-mart – 2003-yil 23-oktabr), xitoy siyosiy arbobi, Xitoy Respublikasining Birinchi xonimi, Xitoy Respublikasi Prezidenti Chan Kayshining rafiqasi edi. Song Xitoy Respublikasi siyosatida muhim rol oʻynagan va Xitoy Respublikasining asoschisi va rahbari Sun Yat-senning kelini boʻlgan. U oʻz mamlakatining fuqarolik hayotida faol boʻlgan, koʻplab faxriy va faol lavozimlarni egallagan. Ikkinchi jahon urushi davrida u yaponlarga qarshi kurashga qoʻllab-quvvatlash uchun 1943-yil AQSh boʻylab sakkiz oylik nutq safarini amalga oshiradi[1].
Soong Mei-ling | |
---|---|
Tavalludi |
5-mart 1898-yil St Lukeʼs Hospital, Shanghai International Settlement, China |
Vafoti |
23-oktyabr 2003-yil (105 yoshda) Nyu-York AQSh |
Fuqaroligi | Taiwan, Xitoy Respublikasi |
Turmush oʻrtogʻi | |
Bolalari |
|
Otasi | Charlie Soong |
Onasi | Ni Kwei-tseng |
Imzosi | |
Soong Mei-ling Xitoyning Pudong, Shanxay shahridagi Song oilasida tugʻilgan[2]. U Hainanlik boy tadbirkor va sobiq missioner Charlie Soong va Ni Kvey-tseng oilasida dunyoga kelgan.
Dastlab May-ling opasi Ching-ling bilan Shanxaydagi qizlar uchun moʻljallangan McTyeire maktabida oʻqigan. Otasi 1907-yilda oʻqishni AQShda davom ettirishga qaror qildi va oilasi bilan AQShga koʻchib ketdi. Mai-ling va Ching-ling Summit, New Jerseydagi xususiy maktabda tahsil olishni boshlashdi[3].
1912-yilda 15 yoshli Mai-ling Wesleyan universitetining birinchi kursiga qabul qilindi. Ikki yildan soʻng u oʻsha paytda Harvardda oʻqiyotgan akasi T. V. Soongga yaqinroq boʻlish uchun Wellesley Collegega tahsil ola boshlagan. U 1917-yil 19-iyunda 33 nafar „Durant stipendiatlari“dan biri sifatida Wellesleyni ingliz adabiyoti va falsafa yoʻnalishi boʻyicha oʻqishni tamomlagan. U, shuningdek, Tau Zeta Epsilon, Wellesley sanʼat va musiqa jamiyatining aʼzosi edii[4].
Soong Mei-ling Chan Kayshi bilan 1920-yilda tanishgan. Ular 1927-yil 1-dekabrda Shanxayda turmush qurishdi[5]. Bu nikoh sevgi, siyosat va raqobatga bilan 48 yil davom etdi. Ularning farzandlari yoʻq edi. Soong Mei-ling va Chan Kayshi 1944-yil 24-mayda Nyu-Yorkdagi Avliyo Bartolomey cherkovida qayta nikohdan oʻtishadi[6].
Chan xonim Xitoy siyosati bilan faol shugʻullandi va New Life Movement (Yangi hayot harakati) tashabbuskori boʻldi. Turmush oʻrtogʻi Kuomintang rahbari boʻlganda, Chan xonim uning ingliz tili tarjimoni, kotibi va maslahatchisi boʻldi. 1928-yilda u Chan tomonidan Yuanlar qoʻmitasining aʼzosi etib saylandi[7]. U 1930—1932-yillarda Yuan aʼzosi va 1936—1938-yillarda Xitoy aviatsiya ishlari komissiyasining Bosh kotibi boʻlgan[8].1937-yilda u ayollarga Ikkinchi Xitoy-Yaponiya urushini qoʻllab-quvvatlash uchun murojaat qildi, bu esa Guangxi ayollar batalyoni kabi ayollar batalyonlarini tashkil etilishiga olib keldi[9][10].
1945-yilda u Gomintang markaziy ijroiya qoʻmitasi aʼzosi boʻldi.
Soong Mei-ling urush harakatlarini qoʻllab-quvvatlash uchun Amerika Qo'shma Shtatlariga bir necha bor sayohat qildi. U 30 000 ga yaqin xalqni toʻpladi va 1943-yilda uchinchi marta TIME jurnalining muqovasidan oʻrin oldi. Avvalroq 1931-yil 26-oktabrda turmush oʻrtogʻi, 1937-yil 3-yanvarda esa Soong Mei-ling eri bilan „Yil kishisi sifatida Time muqovasida chiqdi“[11][12].
1975-yilda turmush oʻrtogʻi vafoti Chan xonim uchun ogʻir boʻldi. Unga birinchi marta 1975-yilda ko'krak bezi saratoni tashxisi qoʻyildi va u Tayvanda ikki marta mastektomiya amaliyotini boshidan oʻtkazdi[13].
Chan xonim 2003-yil 23-oktyabrda 105 yoshida Nyu-Yorkda vafot etdi[1].
„Life“ jurnali Soong Mei-ling „dunyodagi eng qudratli ayol“ deb yozadi[14], Liberty jurnali esa uni „Xitoy hukumatining haqiqiy aqli va rahbari“ deb taʼriflaydi"[15].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.