From Wikipedia, the free encyclopedia
Slaviša Stojanović (Serbiya kirillchasi: Славиша Стојановић; 1989-yil 27-yanvarda tugʻilgan) — serbiyalik futbolchi, Indija FK jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi[1].
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 27-yanvar 1989-yil | ||
Tavallud joyi | Smederevo, Yugoslaviya | ||
Boʻyi | 1.79 m (5 ft 10 in) | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Inđija | ||
Raqami | 70 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2007–2012 | Smederevo | 77 | (9) |
2012–2013 | Jagodina | 18 | (0) |
2014–2015 | Borac Čačak | 33 | (6) |
2015–2016 | Radnik Surdulica | 29 | (9) |
2016–2017 | Hapoel Kfar Saba | 10 | (0) |
2017 | → Hapoel Petah Tikva (loan) | 14 | (3) |
2017–2018 | Radnički Niš | 31 | (10) |
2018–2019 | en:Kerala Blasters | 16 | (4) |
2019 | Kerala Blasters (B) | 3 | (1) |
2020 | Bačka | 13 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2023-yil 6-iyun uchun) |
Stoyanovich sobiq Yugoslaviya Respublikasining Smederevo shahrida tugʻilgan va mahalliy FK Smederevo klubi yoshlar jamoasida futboldan taʼlim olgan. 2007-yil FK Smederovo jamoasida professional futboldagi debyutini ham oʻtkazgan[2].
2012-yilning yozida u „Jagodina“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi va u yerda bir yarim mavsum davomida oʻynadi. Jagodinadagi birinchi mavsumida jamoa bilan Serbiya kubogini qoʻlga kiritdi, ammo oʻsha mavsumda atigi 15 oʻyinda maydonda harakat qildi. 2014-yil yanvar oyida u Serbiya Ikkinchi ligasida oʻynovchi „Borac Chachak“ jamoasi safiga borib qoʻshildi va mavsum oxirida jamoasi bilan Serbiya Premyer-ligasiga koʻtarilishga erishdi.
2015-yilning yozida u „Radnik Sordolika“ klubi bilan shartnoma imzoladi va jamoadagi yetakchi futbolchilardan biriga aylandi va mavsum davomida 29 oʻyinda 9 ta gol bilan klubning eng yaxshi toʻpurari sifatida yakunladi.
2016-yilning 20-iyulida u Isroil Premyer-ligasining „Hapoel Kfar Saba“ klubi bilan shartnoma imzoladi. 2016-yil 13-dekabrda jamoa bilan xayrlashdi va 2017-yil yanvar oyidagi transfer oynasi oxiriga kelib, u „Hapoel Petah Tikva“ bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi va „Hapoel Kfar Saba“ jamoasidan ijaraga berildi. 2017-yilning yozida u Serbiyaga qaytdi va Radnički Niš bilan shartnoma imzoladi.
Serbiya va Isroilning bir qator jamoalarida faoliyat olib borganidan soʻng, Stoyanovich 2018—19-yilgi mavsum oldidan Hindiston Superligasining „Kerala Blasters“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Hindiston Superligasidagi debyut mavsumida u 16 ta oʻyin oʻtkazib, 4 ta gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, u „Kerala Blasters“ farm jamoasi tarkibida ham 3 ta oʻyinda maydonga tushdi. 2020-yilda Hindiston jamoasi bilan shartnomasi yakunlangach, u Serbiyaning yuqori divizion klubi „OFK Bačka“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 2020-yil iyul oyida Stoyanovich Bacca bilan shartnoma imzoladi. 2021-yil fevral oyida Oʻzbekiston Superligasi vakili „Navbahor“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi[3]. 2021-yil iyul oyida Stoyanovich „Rad Belgrad“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi.
Stojanović Hindiston Superligasining 2018-19-yilgi mavsumida „Kerala Blasters FC“[4] ni himoya qilgan. [5] U 16 liga oʻyinida va 2019-yilgi Superkubokda bitta oʻyin oʻtkazdi. Slaviša dastlabki mavsumida 4 ta gol va bir golli uzatma bilan yakunladi[6].
Mavsum | Superliga | Superkubok | Osiyo chempionlar ligasi | OFK kubogi | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Dvizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | |
2018-19 | Hindiston Superligasi | 16 | 4 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 17 | 4 |
Umumiy | 16 | 4 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 17 | 4 |
Stoyanovichning „Kerala Blasters“ jamoasidagi natijalari pastligi sababli „Kerala Blasters“ klubining farm jamoasiga yuborildi. U Kerala shtatidagi Kerala Premyer-ligasida klubning farm jamoasida toʻp surdi. U 2018/19-yilgi mavsumda ligada oʻynagan.
Mavsum | Kerala Premyer-ligasi | Boshqalar | Jami | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Dvizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | |
2018-19 | Kerala Premer-ligasi | 3 | 1 | - | - | 3 | 1 |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.