From Wikipedia, the free encyclopedia
Sirkon (Zirkon; dastlab forscha — zargun deyilgan) — orolli silikatlar sinfiga mansub mineral, Zr[SiO4]. Aralashmalari tarkibiga kura, S.ning quyidagi: alvit Hf va Th bilan, oyamalit — TgvaR bilan, xagatalit — Th va Nb bilan, naegit — TR, Th, Nb, Ta va boshqalar bilan bulgan turlari mavjud. Tarkibida Th, U, H2O (Th>U) bulgan metamiktli dipiramidal S.lar malakonlar, prizmatik (T1ki)lari — sirtolit l ar deb ataladi. Shaffof S. sariq, qoʻngʻir-qizil pushti rangda boʻlib, giatsint deb, metakolloidli, kollomorflilari — arshinovit deb nomlangan. Tetragonal singoniyada kristallanadi. Granit, siyenit hamda pegmatitlarda uchraydi. Rangi jigarrangsariq, pushti, baʼzan rangsiz. Koʻrinish darajasida shaffof. Radioaktivli, moʻrt. Olmossimon yaltiraydi, tiniq. Qattiqligi 7—8, zichligi 4,6—4,7 g/sm3. S. granat, nefelinli siyenit va ularning effuziv analoglarini aksessor minerali. Nurash jarayonida sochmalarga aylanadi. Sinonimlari: kaliptolit, xeldburgit, sirkonit va boshqa S. — sirkoniy va gafniy olishning asosiy manbasi. Sof S.li qumlar qolipga quyishda hamda olovbardosh, maxsus sopollarni yasashda xom ashyo sifatida foydalaniladi. Giatsint va S.ning shaffof sariq va yashil turlari zargarlikda ish-latiladi. S.ning katta zaxiralari AQShning Tinch okean sohillaridagi dengiz boʻyi sochmalarida Shri Lanka o.da va Sharqiy Avstraliyada topilgan. Oʻzbekistonda Chatqol-Qurama regionida, Angren togʻlarining nurash poʻstida va Qoraqalpogʻistonning fosforitlarida uchraydi.
Sirkon | |
---|---|
Sirkon kristalli | |
Asosiy | |
Formulasi | ZrSiO4 |
Aralashma modda | doimiy: Hf (1−4%), davriy: La, Ce, Pr, Nd, Sm 3,7% gacha |
IMA maqomi | yaroqli |
Guruh | Silikatkar |
Guruhosti | Ortosilikatlar |
Fizik xususiyatlari | |
Rangi | jigarrang, qizgʻish-jigarrang, rangsiz, kulrang, yashil |
Qirra rangi | oq |
Yaltiroqlik | shishasimondan olmosgacha, metamiktda qalin |
Shaffoflik | shaffof, yarimshaffof, noshaffof |
Qattiqlik | 7.5 |
Nozikligi | nozik |
Yopishqoqlik | {110} boʻyicha nomukammal |
Sinishi | chigʻanoqsimondan notekisgacha |
Zichligi | 4,6−4,7 g/sm³ |
Radiaktivlik | 773,15[1] GRapi |
singoniyasi | Tetroganal |
Sirkon Vikiomborda |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.