From Wikipedia, the free encyclopedia
Simon & Garfunkel (talaffuzi: Saymon va Garfankel) ikki amerikalik qoʻshiqchi — Paul Simon va Art Garfunkeldan iborat musiqa dueti boʻlgan. Ular 1957-yili Tom & Jerry guruhini tuzib, „Hey, Schoolgirl“ qoʻshigʻi orqali kichik shuhratga erishishgan. Keyin guruh nomini Simon & Garfunkel qilib oʻzgartirib, 1965-yili „The Sound of Silence“ ashulasini yozishadi va Amerika boʻylab mashhur boʻlib ketishadi. 1967-yilgi The Graduate filmida ularning musiqasi qoʻllanilgach, guruh dovrugʻi yanada kengayadi.
Simon & Garfunkel | |
---|---|
Simon & Garfunkel Dublindagi konsertda | |
Umumiy maʼlumot | |
Mamlakat | |
Faoliyat yillari |
1957–70, 1981–83, 2003–04, 2009–10 |
Janr |
Folk-rok, world music, soft-rok, folk music |
Leybl | Columbia |
Tarkib |
Paul Simon Art Garfunkel |
Vebsayt | www.simonandgarfunkel.com |
Simon & Garfunkel vokal garmoniyasi tufayli 1960-yillarning eng mashhur artistlaridan boʻlishgan. Ularning „The Sound of Silence“ (1964), „I Am a Rock“ (1965), „Homeward Bound“ (1965), „Scarborough Fair/Canticle“ (1966), „A Hazy Shade of Winter“ (1966), „Mrs. Robinson“ (1968), „Bridge over Troubled Water“ (1969), „The Boxer“ (1969) va „Cecilia“ (1969) hit ashulalari koʻplab chartlar tepasiga koʻtarilgan. Ular bir necha Grammy mukofoti qozonib, 1990-yilda Rock’nʼRoll Shuhrat Zaliga kirishgan.[1]
Biroq Simon va Garfunkel orasida tez-tez nizo boʻlib turgani uchun guruh ora-sirada faoliyatini toʻxtatib yurgan. Hozirda ular alohida ijod qilishadi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.