From Wikipedia, the free encyclopedia
ShamsulmulkShamsulmulk, Malik Shamsulmulk (Nasr) ibn Ibrohim Tamgʻachxon (1020 — 1080, Buxoro) — Qoraxoniylar hukmdori (1068—80).
Gʻarbiy qoraxoniylar xoqonligi asoschisi Ibrohim ibn Nasrning oʻgʻli. Saljukiylar sultoni Alp Arslonning bevaqt oʻlimidan keyin ShamsulmulkTermiz va Balxni qisqa muddat ishgʻol qilib turgan. Biroq tez orada Alp Arslonning vorisi Malikshoh bu shaharlarni oʻz davlatiga qayta qoʻshib olgan. Boshqa tarafdan Qodir Yusuf Tamgʻachxon va uning oʻgʻillari Shamsulmulkka qarshi kurash olib borib, undan Sirdaryoning shimoli va Fargʻona vodiysini tortib olganlar. Shamsulmulk Movarounnahr, xususan, Buxoroda katta qurilishlar olib borgan.
"Buxoro tarixi" asarida keltirilishicha, Buxoro Shamsulmulk va uning atroflarida qurilgan koʻplab meʼmoriy obidalar Shamsulmulk nomi bilan bogʻliqdir. U Buxorodagi Jome masjidini taʼmirlab, qayta qurgan (1069). Karmana yaqinidagi Choʻli Malikda hashamatli karvonsaroy va rabot (qarang Raboti Malik) va Hazora qishlogʻida Deggaroniy masjidini ham Shamsulmulk qurdirgan.
Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1966.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Qoraxoniylar sulolasi | |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.