Shamolsiz orollar

From Wikipedia, the free encyclopedia

Shamolsiz orollar, Janubiy Antil orollari — Karib dengizidagi vulkan va marjon orollar guruhi, Kichik Antil orollari arxipelagining janubiy qismi. Tarkibida Aruba, Kyurasao, Bonayre, Aves va boshqa orollar bor. Maydoni 1,2 ming km². Aholi, asosan, Kyurasao va Aruba o.larida yashaydi. Yirik orollar relyefi togʻli, maydalari — payettekislik. Iqlimi tropik, yillik yogʻin 500– 600 mm. Doim yashil qattiq bargli oʻrmonlar va butazorlar bilan qoplangan. Milliy bogʻlar tashkil etilgan. Sorgo, banan, batat plantatsiyalari bor. Qoʻy va echki boqiladi. Neft konlari topilgan. Yirik shaharlari: Villemstad va Oranyestad. Orollarga dastlab 1499-yilda yevropalik dengizchi sayyoxlardan A.Oxeda va A.Vespuchchi borgan. Orollar (Shamolli o.larga nisbatan) shimoli-sharqiy passat oqimiga nisbatan ters joylashganligi sababli Shamolsiz orollar deb nomlangan.




Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.