From Wikipedia, the free encyclopedia
Sergey Konstantinovich Krot (1980-yil 27-iyun, Osipovichi, Mogilev viloyati) — belaruslik futbolchi, hujumchi ampulasida oʻynagan, hozirda murabbiy. Belarus Respublikasining futbol boʻyicha sport ustasi.
Osipovichi yoshlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi. Kattalar futbolida u 1998-yilda Svisloch-Krovlya (Osipovichi) klubida oʻynay boshlagan. 1998-yilda oʻz klubi bilan Belarus birinchi ligasida ikkinchi oʻrinni egallagan va 1999-yilda bir mavsumni oliy ligada oʻtkazishgan. Umuman olganda, u Osipovichi klubida uch yarim mavsum davomida oʻynagan.
2001-yilning yozida u BATEga oʻtgan, ammo asosiy jamoa tarkibiga kira olmagan. U BATE tarkibida Belarus kubogida bor yoʻgʻi bitta oʻyin oʻtkazgan — 2001-yil 26-avgustda Minsk SCAFga qarshi bahsda maydonga tushgan[1]. Keyin u ikki yarim mavsumni Darida jamosida oʻynagan, 2002-yilda u birinchi liga gʻolibiga aylangan.
Krot 2005-yilgi mavsumni „Shaxtyor“da (Salihorsk) boshlagan, mavsum oxirida Belarus chempioniga aylangan, ammo yozgi tanaffusda u Minskning „Lokomotiv“ klubiga oʻtgan. „Lokomotiv“ bilan 2006-yili oliy ligadan tushib ketgan. 2007-yilgi mavsumda u „Shaxtyor“ jamoasiga qaytgan va oʻsha yili chempionatning bronza medali sohibiga aylangan. 2009-yil boshida Sergey Smorgon jamoasiga oʻtgan. Lekin mavsum oxirida uning jamoasi oliy ligadan tushib ketgan.
2009-yilning yozida u "Nasaf" jamosiga oʻtgan va u bilan Oʻzbekiston chempionatining ikki karra bronza medali sohibiga aylangan (2009, 2010) va OFK kubogi oʻyinlarida qatnashgan. 2010—2011-yilgi mavsumda „Al-Ahed“ klubi bilan Livan chempioni boʻlgan va Osiyo kuboklarida ham ishtirok etgan.
Vataniga qaytgach, u faqat birinchi va ikkinchi liga klublari — SKVICH, Slutsk, Smorgon, Gorodeya, Baranovichi, Molodechnolarda oʻynagan. 2013-yilda u 16 ta gol bilan birinchi liga toʻpurari boʻlgan. U 2016-yilgi mavsumning bir qismini Latviya oliy ligasi autsayderi „Daugavpils“ tarkibida oʻtkazgan.
2020-yilda u ikkinchi liganing Ostrovets jamoasiga qoʻshilgan hamda mavsum davomida jamoaga bosh murabbiy boʻlgan[2].
Hammasi boʻlib Belarus oliy ligasida u 122 ta oʻyin oʻtkazib, 16 ta gol urgan, birinchi 200 ta oʻyinda maydonga tushib, 70 ta gol urgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.