Semey
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Semey (qozoqcha: Семей) — Qozogʻistonning Sharqiy Qozogʻiston viloyatidagi shahar (1782-yildan). Irtish daryosining har ikkala sohilida, oʻng qirgʻogʻidagi pristan. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 309 574 kishi (2012-yil). Rus harbiylari Qozogistonning shu hududlarini egallash maqsadida, 1718-yilda harbiy istehkom sifatida qurgan (Irtish daryosi boshlangan joydan 18 km quyida). 18-asrda tranzit savdo markazi. 1776-yildan hozirgi oʻrnida. 1782-yilgacha Semipalatka deb atalgan. (qalʼa yonida 7 ta uy boʻlgan, nomi shundan). 1920—28 yillarda gubernya, 1928— 32 yillarda okrug , 1932-yildan Sharqiy Qozogʻiston viloyati, 1939—90 yillarda Semipalatinsk viloyati markazi, 1929-yilda Semeydan Turkiston — Sibir temir yo'li oʻtgan. Yengil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari yetakchi oʻrinda. "Kazaxkabel", daryo kemasozligi, kema taʼmirlash, gaz apparaturasi, armatura, sement zavodlari bor. Metallsozlik, ruda boyitish, "Altayzoloto" kombinatlari, qurilish materiallari korxonalari ishlab turibdi. F.M. Dostoyevskiy va qozoq shoiri Abay Qoʻnonboyev adabiymemorial muzeylari bor. Semey atrofidagi hududda 1997-yil gacha yadro quroli yer osti sinovlarining oʻtkazish poligoni boʻlgan (sinovlar 1991-yilda toʻxtatilgan).[2][3]
Semey qozoqcha: Семей | |
---|---|
shahar | |
50°24′40″N 80°13′39″E | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
viloyat | Sharqiy Qozogʻiston viloyati |
Hukumat | |
• Akim | Karimov Aybek Mutalapxanovich |
Asos solingan | 1718 |
Avvalgi nomlari | Semipalatinsk |
Maydon | 210 km2 (81 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | qozoqcha |
Aholisi (2021) |
352 000 |
Milliy tarkib |
qozoqlar 72,90 % ruslar 23,07 % tatarlar 2,42 % olmonlar 0,56 % [1] |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +7 7222 |
Pochta indeks(lar)i | F1***** |
Avtomobil kodi | F, U, 16 |
|
Semeyning poydevori 1718-yili qurildi, Petr 1 sharqiy tarafiga va Irtish tarafidagi joylariga qoʻrgʻon qurish toʻgʻrisida farmon chiqardi, qurilish 1714-yildan 1720-yilgacha davom etdi. 1718-yilda Semipalat qoʻrgʻoni podpolkovnik P.Stupinning boshqaruvi bilan „toʻliq qurol-aslahalar yordamida qurib bitkazildi“.
Semipalat qoʻrgʻoni Rossiya bilan Qozogʻiston oʻrtasidagi asosiy savdo markazlarining rivojlanishida muhim oʻrin egalladi. Semeyning ilk bor tashkil topganidan boshlab, bunda savdo qilish uchun jungʻor qalmoqlari, buxoroliklar, toshkentliklar, qoʻqonliklar kela boshlashdi. Osiyolik savdogarlar tomonidan savdo operatsiyalarini boshqarish maqsadida 1728-yildan bojxona qurildi. Yilning boshlarida Semey bojxonasi Moskvadagi Davlat Komers-Kollegiya bosh boshqarmasida joylashgan Sibir farmoniga amal qildi. 1776-yili Gʻarbiy-Sibir general-gubernatori qoʻrgʻonning yangi loyihasini tuzish uchun kapitan I.G.Andreevni yubordi. Isteʼdodli injener, qoʻrgʻonlarni qayta qurib, yoʻllar, koʻpriklar barpo qildi, yoʻllar bilan toʻsiqlarning, qoʻrgʻonlarning rejasi bilan xaritasini tushirdi. Yangi qoʻrgʻonga eski qoʻrgʻon xalqlari, qozoqlar, harbiy kishilar, shunga oʻxshash savdogar kishilarning koʻpchiligi koʻchib kela boshladi. 1854-yilning 1-oktabrida Semey viloyatining ochilish marosimi boʻldi. Kichkinagina Semey shahri birdan viloyatga aylandi. Qayta tashkil topgan viloyat Rossiya imperiyasi tarkibidagi eng koʻlamlisi boʻldi. Shahar dumasi bilan Shahar sudi bekitiladi. 1858-yili tashkil topgan koʻlamli Semey viloyatida — 261 487 kishi istiqomat qildi. 1873-yildan Semeyda telegraf, 1910-yildan telefon va Qozogʻistondagi toʻngʻich suv oʻtkazish voqealari roʻy berdi. 1906-yili yuqori Irtishda suv orqali aloqaning rasmiy ochilish marosimi boʻldi. XIX asrning oxiri bilan XX asrning boshida Semey viloyatida mahsulotni ilk bor qayta ishlash korxonasi tashkil topdi. XX asrning boshida Rossiyaning yirik firmalari va fabrikalari yordamida jun, teri tayyorlandi. 1863-yili shaharda 2 ta oʻquv yurti faoliyat yuritdi. Uning ichida bir uyezdli bilim yurti, 2 ta cherkov-prixod bilim yurti, 14 ta qozoq va 9 ta tatar maktablari boʻldi. 1864-yili ayollar maktabi 2-razryadli bilim yurti sifatida qayta tashkil topdi. XIX asrning oxirlari va XX asrning boshida shaharda erkaklar va ayollar klassik gimnaziyalari, muallimlar seminariyasi faoliyat yuritdi.
Shahar aholining soni 2012-yilgi maʼlumot boʻyicha 309 574 kishini tashkil etdi. Shahar koʻp millatli hisoblanadi, shaharning milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin:
Shahar aholisining milliy tarkibi 2010-yil 1-yanvar:[4][5]
Shaharda 2008-yilgi maʼlumotga asosan 73 ta maktab mavjud, shulardan 68 tasi — umumiy oʻrta maktab, 1 tasi — asosiy, 3 tasi — boshlangʻich, 1 tasi — bogʻcha-maktab. Qozoq tilidagi maktablar soni 26 ta, rus tilidagisi 13 ta, ikki tilli maktablar 33 ta. Shaharda chiziqli jonli 56 ta maktab joylashgan, 27 tasi qishloq hududlarda joylashgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.