Saylov uchastkasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Saylov uchastkasi (OʻzR da) - saylovda ovoz berish va ovozlarni hisoblash uchun tashkil etiladigan hududiy birlik va bino. "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida" (yangi tahriri, 2003-yil 29 avgust), "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida" (1991-yil 18 noyabr), "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisida" (1994-yil 5 may), "Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida" (yangi tahriri, 2001-yil 30 avgust), "Oʻzbekiston Respublikasida deputatni chakirib olish tartibi toʻgʻrisida" (1996-yil 26 aprel)gi qonunlarda saylov uchastkalari tuzish tartibi alohida moddada belgilab berilgan. Su. tumanlar, shaharlar, shaharlardagi tumanlarning chegaralarini inobatga olgan holda, saylovchilarga mumkin qadar koʻproq qulaylik yaratish maqsadida tashkil qilinadi. Su. harbiy qismlarda, Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, shuningdek, olis va borish qiyin boʻlgan yerlarda ham tuziladi. Su., qoida tarikasida, kamida 20 nafar va kupi bilan 3 ming nafar saylovchidan iborat etib, okrug saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida 60 kun qolganda, aloxdda hollarda esa, istisno tariqasida saylovga kamida 5 kun qolganda tuziladi.
Abdujabbor Toʻlaganov, Abduaziz Choʻliyev.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.