Saralash (chorvachilikda) — erkak va urgʻochi nasldor hayvonlar va parrandalarni maqsadli yoʻnalishda reja asosida chatishtirish S. tanlash bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, naslchilik ishlarida ota-onaga xos boʻlgan seleksion belgilarni avloddan avlodga oʻtishi xususiyatini saqlab qolish maqsadlarida oʻtkaziladi. Seleksiya amaliyotida urgʻochi hayvonlarga erkak hayvonlarni juftlash boʻyicha yakka, yalpi va yalpiyakka S. shakllari qoʻllanadi. Yakka tartibda S.da har bir ona molga yakka tartibda maʼlum bir tizim va oilaga mansub erkak hayvon juftlanadi. Naslchilik xoʻjaliklarida qoʻllanadi. Yalpi S.da guruhsagi ona mollar, asosan, 2 erkak hayvonga biriktiriladi. Bu shakl naslchilik boʻlmagan xoʻjaliklarda ishlatiladi. Yakkayalpi S.da podadagi har bir guruh ona hayvonlarga 1 erkak hayvon juftlantiriladi va naslchilik styalarida amalga oshiriladi. S.da belgilarning oʻxshash yoki oʻxshash boʻlmasligi boʻyicha gomogen va geterogen turlar mavjud. Gomogen S.da tana tuzilishi, yoʻnalishi, mahsuldorlik darajasi yaqin boʻlgan ota va ona hayvonlar juftlanadi. Geterogen S.da esa tipi, kelib chiqishi va mahsuldorlik xususiyatlari har xil erkak va urgʻochi hayvonlar tanlab olinadi. Geterogen S. geterozigotalik holatini kuchaytiradi. Zot ichida geterogen S.ni qoʻllash krosslarni yaratishda muhim ahamiyatga ega. S.da hayvonlarning yoshi ham muhim va yetuk yoshdagi hayvonlar juftlashtirilganda ulardan olinadigan avlodlar har tomonlama baquvvat boʻladi. S.da qarindoshlik darajasi boʻyicha qarindosh (inbriding) va oʻzaro qarindosh boʻlmagan (autbriding) hayvonlarni juftlashtirish usullari mavjud.

Chorvachilik seleksiyasida S. usullari va shakllaridan foydalanish keng yoʻlga qoʻyilgan. Masalan, Santagertruda qoramol zotinn yaratishda dastlab shortgorn zotini Hindistondan keltirilgan zebu bilan geterogen saralangan. Keyinchalik "oʻz ichida" qarindoshlik urchitish natijasida foydali belgilar yuzaga chiqib, zotga xos biologik xususiyatlar irsiyatda mustahkamlangan. Oʻzbekistonda bu zotning bir necha tizimlari va 20 dan ortiq sigirlar oilasi yaratilgan. Yilqichilikda geterogen S. usullaridan foydalanib angliya zoti bilan qorabayir va angliya zoti bilan axaltaka zotini S. orqali ulardan angliyaqorabayir va angliyaaxaltaka duragaylari olinib, ot sportida samarali foydalanilmoqda.

Izatulla Eshmatov.[1]

Manbalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.