From Wikipedia, the free encyclopedia
Samarqand teatri, Hamid Olimjon nomidagi Samarqand viloyat oʻzbek davlat musiqali drama teatri — Oʻzbekistondagi koʻhna teatrlardan biri. 1914-yil 15 yanvarda M. Behbudiyning "Padarkush" spektakli bilan ochilgan (spektaklni Behbudiy va A. Badriy rahbarligidagi truppa sahnalashtirgan). 1918-yil maʼrifatparvarlar toʻdasi koʻp tilli Samarqand xalq teatrining oʻzbek truppasiga, 1920-yil "musulmon agittruppasi"ga aylanadi. 1930-yil Oʻzbekistonning Samarqanddagi poytaxt teatri maqomida ishlayotgan Oʻzbek davlat drama truppasi yangi poytaxt — Toshkentga koʻchirilishi munosabati bilan "Musulmon agittruppasi" va "Koʻk koʻylak" havaskor teatr toʻdasi asosida Samarqand viloyat oʻzbek davlat musikali drama teatri tashkil topdi. Teatrga h.Narziqulov boshliq, S. Joʻraboyev bosh rejissiyor Sobir Abdulla adabiy emakdosh etib tayinlandi. Truppaning qolgan aʼzolari Ahmad Sulaymonov, Tolibjon Sodiqov, Burhon Toʻrayev, Acpop Joʻrayev, Rustam Mansurov, Mardon Roziqov, Yusuf Komilov, Kayum Gʻafforov, Shamsi Maʼrufiy, Eʼtibor Koʻziboyeva, Hanifa Mavlonova, Sharif Akromov, Mavlon Muhiddinov, Istat Xudoyberdiyeva, Moʻminjon Mahmudov, Baqo Tojiyev, Halima Zufarova, Zuhra Fayziyeva, Fotima Shaydullina, Toʻti Gʻafforova, Mavluda Aʼzamova singari sanʼatkorlardan iborat edi. Koʻp oʻtmay jamoaga Zohid Sodiqov, Zaynab Sodiqova, Rauf Boltayev, Kifoyat Muslimova, Azim Nasimov, Ikroma Boltayeva, R. Ayupova va boshqa kelib qoʻshiladi.
Teatr oʻz faoliyatini 1930-yil S. Abdullaning "Bogʻbon qizi" (T. Sodiqov; rej. S. Joʻraboyev) musiqali dramasi bilan boshladi. Ketma-ket "Halima", "Oʻrtoqlar", "Oʻt bilan oʻynashmangiz" kabi spektakllar sahnalashtirildi. "Gʻunchalar" (3. Fatxullin; D. Zokirov) spektakli teatr hayotida burilish boʻldi. "Lyubov Yarovaya", "Platon Krechet", "Begona bola", "Makr va muxabbat" singari chet el va jahon mumtoz asarlari ham 30y.larning oxirlarida sahnalashtirildi. Teatrda professionalizm, ijroda mahorat rusumlarini chuqurroq qaror toptirish maqsadida Hamza teatri shekspirxonlik va rej.lik laboratoriyasining aʼzosi Bobo Xoʻjayev Samarqand teatrining badiiy rahbari etib tayinlandi (1938). "Farhod va Shirin", "Gulsara", "Chegarachilar" kabi spektakllar misolida badiiy obraz darajasi koʻtarildi. Teatrning 30y.lardagi faoliyati 1939-yil Toshkentda namoyish etilgan "Adolat", "Gulsara", "Nomus", "Makr va muxabbat", "Nasriddin afandi" hisobot ijodiy safari bilan yakunlandi.
Yakunga binoan A. Joʻrayev, Z. Sodiqov, I. Boltayeva, U. Abdullayev, I. Shkvalovlarga Oʻzbekistonda xizmat kursatgan artist faxriy unvoni berildi. Bu teatrga berilgan birinchi unvonlar edi.
1940-yil "Tohir va Zuhra" spektaklini sahnalashtirish jarayonida teatr ilk bor notalashtirilgan orkestrga utadi. Jamoaga taklif etilgan asar musiqasining muallifi T. Jalilov, teatr dirijyori D. Zokirov, malakali sozandalar, N. Hoshimov va Noila Hoshimova, Qamara Burnasheva Moskva konservatoriyasi qoshidagi opera studiyasini bitirib (1940) teatrga keladilar va musiqali dramalarda bosh rollarni ijro etadilar.
Ikkinchi jahon urushi yillarida vatanparvarlik mavzuidagi asarlar teatr repertuaridan urin oldi: "Kurbon Umarov", "Davron ota", "Hamshahar yigit", "Front buylab buyruq", "Oʻlim bosqinchilarga!", "Farzand" va boshqa 40y.larning 2-yarmidagi spektakllar orasida "Hayot koʻshigʻi", "Navbahor", "Boy ila xizmatchi" alohida urin tutadi. Bu davrga kelib teatr Oʻzbekistonning yetakchi teatr jamoalari safiga qoʻshildi va 1953-yil Toshkentda navbatdagi ijodiy safarini amalga oshirib, "Alisher Navoiy", "Sepsiz qiz", "Oila", "Shamsiqamar", "Shohi soʻzana", "Sepli toʻy", "Layli va Majnun" spektakllarini namoyish etdi. Bunda A. Joʻrayev, 3. Sodiqova, Z. Sodiqov, R. Mansurov, B. Nuriddinov, T. Nuriddinova, Oʻ. Sultonov, Sh. Boboxonov, Yu. Komilov, K. Muslimova. B. Tojiyev singari artistlar sahna ustalari darajasiga koʻtarilgani, musiqali drama janri boʻyicha O. Mavlonova, S. Shukurova, L. Egamberdiyeva, O. Muqimova, M. Ermatov, Oʻ. Sultonov, U. Mahmudov singari ijrochilar teatrning yetakchi vokal kuchlari ekani koʻzga tashlandi. 50—60y.lar teatrga Yuriy Stankevich (rej.), I. Poʻlatov, P. Saidqosimov, T. Qurbonov, G. Nurxonov, Sh. Samandarov, N. Toshkanboyeva, A. Toshkanboyev, M. Ahmedov, O. Beganjiyev, K. Nasriddinov, R. Joʻraqulova, T. Qudratov, N. Komilov, T. Hakimov, S. Hakimovlarning kelib qoʻshilishi teatr ijodiy barkamolligini taʼminladi. "Girdob", "Parvona", "Ayajonlarim", "Dilorom", "Toʻy", "Nodira", "Qiz qalʼasi", "Farogʻat", "Fargʻona hikoyasi", "Qaltis hazil", "Oqpadar", "Gang daryosining qizi", "Otello", "Qiyomat qarz", "Qaroqchilar", "Odam tugʻildi", "Sertashvish keksalik", "Sarvqomat dilbarim", "Ezop", "Tentak", "Xiylai sharʼiy", "Maysaraning ishi", "Mehmon", "Bandai gumroh" ("Ona kuraj"), "Sada ostidagi muhabbat" ("Muhabbat fojiasi"), "Tubanlikda", "Isqirt satang", "Insonlikka nomzod", "Nomi oʻchsin!", "Besh kunlik kuyov", "Prokuror" kabi musiqali va sof dramatik asarlar 60— 70-yillarda yaratildi. Bu asarlarni 3. Sodiqova, M. Tolipov, J. Mahmudov kabi rej.lar sahnalashtirdilar va K. Nasriddinov, B. Ismoilov, A. Daminova, Sh. Samandarov, O. Joʻrayev, P. Joʻraqulova, M. Ahmedov, T. Qurbonov kabi artistlar yetakchilik qildilar. Teatr 1991-yilda Davlat opera va balet teatri bilan birlashtirilib musiqali drama teatri deb yuritila boshladi.
Mustaqillik yillari "Sarhovuzning boʻylarida", "Gunohsiz gunohkorlar", "Imom Buxoriy", "Qitmir", "Samarqandnoma", "Behbudiy", "Spitamen", "Oqibatli qoʻshnilar" kabi yirik dramalar bilan birga "Nodirabegim", "Alpomish", "Chimildiq", "Ravshan va Zulxumor", "Farhod va Shirin" musiqali dramalari, "Samarqand afsonasi", "Ipak yoʻli", "Xonim va bezori" baletlari, bolalar uchun "Kichkintoy va Karlson", "Goʻzal Vasilisa", "Uch choʻchqacha", "Aklli quyoncha", "Sehrli sandiq", "Chandining sarguzashtlari" musiqali ertaklar davr ruhi asosida sahnalashtirildi. Truppada R. Joʻraqulova, B. Rahimov, A. Qurbonov, T. Ochiltoshev, T. Pardayev, 3. Turgʻunboyeva, S. Saidova, B. Islomov, D. Raximova, M. Hakimova, Sh. Sanaqulov, J. Yorqulov va boshqa teatrning yetakchi aktyorlaridir. Teatrning bosh dirijyori — Sharofiddin Jumaboyev. Teatrning bosh rassomi — Davron Safoyev.
Toshpoʻlat Tursunov, Burhon Islomov.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.