Sahoba From Wikipedia, the free encyclopedia
Salmon al-Forsiy - (Arabcha: سلمان الفارسي Salmān al-Fārsi, Forscha: سلمان فارسی Salmān-e Fārsi, d. ? - ö. 656) Abu Abdulloh Salmon al-Forsiy - sahoba; Rasululloh (sav)ning mavlolaridan. Asli isfahonlik. Din qidirib safarga chiqqan. Majusiy dinidagi otasidan qochgan. Avval nasroniy diniga kirib, bir necha vaqtdan keyin Madinaga borib, islom dinini qabul qilgan. 627 yildagi Xandaq jangida aynan Salmon al-Forsiy Muhammad (sav)ga Madina shahri atrofiga xandaq qazishni va unga kamonchilarni joylashtirishni maslahat bergan. Arabistonda ilgari koʻrilmagan bu yangi taktik usul makkaliklar harbiy kuchining asosiy zarbdor qismini tashkil etgan badaviylar otliq qoʻshinining jangovarlik imkoniyatlarini ancha pasaytirgan. Bu ular uchun kutilmagan hol boʻlib, sarosimaga solgan, natijada musulmon qoʻshini zafar qozongan. Salmon al-Forsiy tasavvufning asoschilaridan biri hisoblanadi. Shialar Salmon al-Forsiyni Alining sodiq safdoshi sifatida juda qadrlaydilar. Madoin shahri (Iroq)ga hokim boʻlganda, boʻyra toʻqib sotib, oʻz mehnati evaziga tirikchilik oʻtkazgan; maoshini muhtojlarga sadaqa qilgan. Rasuli Akram (sav)dan koʻplab hadislar rivoyat qilgan.
Salmon al-Forsiy, Abu Abdulloh Salmon alForsiy (?, Isfahon — 658) — sahoba; Muhammad (sav)ning mavlolaridan. Otasi majusiy dinida boʻlgani uchun undan ketib qolgan. Avval nasroniy diniga kirib, bir necha vaqtdan keyin Madinaga borib, islom dinini qabul qilgan. 627 yildagi Xandaq jangida aynan S alF. Muhammad (sav)ga Madina sh. atrofida xandaq kazishni va unga kamonchilarni joylashtirishni maslahat bergan. Arabistonda ilgari koʻrilmagan bu yangi taktik usul makkaliklar harbiy kuchining asosiy zarbdor qismini tashkil etgan badaviylar otliq qoʻshinining jangovarlik imkoniyatlarini ancha pasaytirgan. Bu kutilmagan hol boʻlib, ularni sarosimaga solgan, natijada musulmon qoʻshini zafar qozongan. S. alF. tasavvufttt asoschilaridan biri hisoblanadi. Shialar S alF.ni Alining sodiq safdoshi sifatida juda qadrlaydilar. S. alF. Madoin sh. (Iroq)ga hokim boʻlganda, boʻyra toʻqib, sotib, oʻz mehnati evaziga tirikchilik oʻtkazgan; maoshini esa muhtojlarga tarqatgan. Koʻplab hadislar rivoyat qilgan.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.