Salar tili – Xitoyning Sinxay va Gansu provinsiyalarida istiqomat qiluvchi salar xalqining tili. XXR-dagi Sinxay provinsiyasining Syunxua-Salar avtonomiya uezida yashovchi turkiy xalqining tili. Salarlarning soni 90 mingdan ziyod, shularning 60 mingi salarcha[1], qolganlari xitoycha gaplashadi. Uzoq vaqt Xitoy, Tibet, Moʻgʻul tilli xalqlarning orasida yashaganlikdan, shu tillardan salar tili tarkibiga koʻplab kirib kelgan.
Salarlar hozirgi kunda yashayotgan eriga 14 asrlarda hozirgi Oʻzbekiston eridan koʻchib kelhan (salar afsona boʻyicha). Salar tili oʻgʻuz tillariga yaqin, biroq hozir boshqa tillarning (tibet, xitoy, v.h.) taʼsiriga uchragan.
Alifbosi
1969/70 yıllarda Lotin alifbosi kirib keldi.
A a | B b | C c | Ç ç | D d | Ye e | F f | G g |
Ğ ğ | H h | I ı | İ i | J j | K k | L l | M m |
N n | Ñ ñ | O o | Ö ö | R r | Q q | R r | S s |
Ş ş | T t | U u | Ü ü | V v | X x | Y y | Z z |
OʻzME
Salor tili – turkiy tillardan biri. XXRning bir qator gʻarbiy viloyatlarida, asosan, Sinxay viloyatining SyunxuaSalor muxtor uyezdida tarkalgan. Soʻzlashuvchilar soni 22 ming kishidan ortiq. Dialektal jihatdan boʻlinishi deyarli sezilmaydi; garbiy, sharqiy va oraliq sheva guruhlari farqlanadi. Tarkibidagi anchagina qadimgi unsurlar St.ni turkiy tillarning qipchoq guruhi bilan aloqadorligini koʻrsatadi. Qadimgi oʻgʻuz qatlami bilan qipchoq unsurlari qatlami qoʻshilishi natijasida Salor tilida joʻnalish kelishigi affikslari ikkiga tarmoqlanib (a/e, gʻa/ga), qaratqich va tushum kelishiklari esa bir shaklga (ni) birlashadi, oʻtgan zamon feʼli gʻan va mish shakllariga ega boʻladi. Bunday parallelliklar leksikada ham uchraydi. 14-asr da salorlar Xitoyga koʻchganlaridan keyin Salor tiliga qipchoq tillarining taʼsiri toʻxtab, boshqa tizimdagi tillarining (xitoy, tibet) taʼsiri boshlanadi. Salor tilida 15 – 17-asrlarga mansub diniy va tarixiy mazmundagi asarlar (arab grafikasida) saqlanib qolgan. Hozirgi St. oddiy soʻzlashuv tili hisoblanadi.[2]
Manbalar
Wikiwand in your browser!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.