(talaffuzi: Jan-Jak Russo; 28-iyun 1712-yil, Jeneva — 2-iyul 1778-yil, Ermenonvil, Parij yaqinida) — fransuz faylasufi, maʼrifatparvari, yozuvchisi va bastakori. Fransuz sentimentayaizmining yirik vakili. Malay, xattot, murabbiy, musiqa oʻqituvchisi va boshqa ishlarda ishlagan. Parijda Denis Diderot rahbarligida tayyorlangan ensiklopediyaga musiqaga oid maqolalar yozgan. 1741-yilgacha Shveysariyada yashagan, keyin Parijga ketgan. 1762-yil „Emil, yaʼni Tarbiya toʻgʻrisida“ nomli pedagogik romani va „Ijtimoiy shartnoma toʻgʻrisida“ siyosiy risolasi chop etilgach, dindorlar tomonidan taqibga olingan Fransiyani tark etgan. 1770-yil u yana Parijga qaytib kelib notalarni koʻchirish bilan shugʻullangan. „Fanlar va sanʼatlar haqida mulohazalar“ (1750) asarida tengsizlik va zulmga asoslangan oʻz davridagi tamaddunni tanqid qilib, uning oʻrniga „tabiiy holat“ni qoʻygan. Uning gʻoyalari keyinchalik „Odamlar orasida tengsizlikning kelib chiqishi va asoslari haqida mulohaza“ (1755) asarida oʻz ifodasini topgan. „Ijtimoiy shartnoma toʻgʻrisida“ risolasida (1762) ideal jamiyat manzarasini tasvirlagan. ingliz parlamentarizmini qoralab, xalq suverenitetini, xalq hokimiyatini himoya qilgan. Pedagogik masalalariga bagʻishlangan „Emil, yaʼni Tarbiya haqida“ (1762) asarida sxolastik taʼlim va tarbiya usullarini tanqid qilgan, maktabning eng birinchi vazifasi haqiqiy inson va fuqaroni tarbiyalashdir deb uqtirgan. Bolalarda mustaqil fikrlash tarafdori boʻlgan. ning asarlari („Harbiy asirlar“, 1743; „Yuliya, yaʼni Yangi Eloiza“, 1761; „Iqror“, 1766—69; „Yolgʻiz xayolparastning sayri“, 1777—78 va boshqalar) Yevropa adabiyotida psixologizmning vujudga kelishiga sabab boʻlgan. Sheʼrlar, dostonlar, operalar („Kishloqlik jodugar“, 1752—53) yozgan, bir pardali lirik sahna asari „Pigmalion“ — melodramaning ilk namunasi hisoblanadi. gʻoyalari koʻpgina mamlakatlar ijtimoiy tafakkuriga va adabiyotiga taʼsir koʻrsatgan.[1]

Thumb

Manbalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.