From Wikipedia, the free encyclopedia
Rasim Akchurin Sulaymonovich (1931-yil 24-dekabr; Oʻzbekiston SSR, Zangiota tumani) – sovet qoʻmondoni, general-polkovnik (17.02.1990). Mashhur kardiojarroh akademik Renat Akchurinning ukasi.
Rasim Akchurin Sulaymonovich | |
---|---|
Tavalludi |
24-dekabr 1931-yil Toshkent viloyati, Zangiota tumani |
Qoʻshin turlari | havo mudofaa kuchlari |
Xizmatdagi yillari | 1951–1992 |
Unvoni | general-polkovnik |
Rasim Akchurin 1931-yil 24-dekabrda Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Zangiota qishlogʻida oʻqituvchi oilasida tugʻilgan. 1933-yildan boshlab Andijonda, ota-onasining yangi ish joyida yashay boshlagan. 1949-yilda Andijondagi oʻrta maktabni tugatgan. 1949-yildan M. I. Kalinin nomidagi Leningrad politexnika institutida tahsil olgan[1].
1951-yilda institutning ikkinchi kursini tamomlab, Sovet Armiyasi safiga chaqirilgan. 1954-yilda Havo mudofaasi kuchlarining 3-Boltiq zenit-artilleriya maktabini tamomlagan (Latviya SSR, Aluksne shahri). 1954-yildan Turkiston harbiy okrugining 30-alohida havo hujumidan mudofaa korpusida vzvod komandiri (Qirgʻiziston SSR, Mayli-Say qishlogʻi), 1957-yildan S-75 zenit-raketa tizimida vzvod komandiri lavozimlarida xizmat qilgan.
1970-yilda Havo mudofaasi Harbiy qoʻmondonlik akademiyasini tamomlagan. 1970-yildan Moskva havo mudofaasi okrugida xizmat qilgan va 291-zenit-raketa polkining komandiri boʻlgan (Kostroma viloyati Neya shahri). 1973-yildan 16-havo mudofaasi korpusining (Gorkiy shahri) zenit-raketa qoʻshinlari boshligʻi boʻlgan. 1974-yilda qoʻmondon oʻrinbosari va 1982-yilda 3-Havo mudofaasi korpusi qoʻmondoni (Yaroslavl), 1982-yilda Moskva havo mudofaasi okrugi zenit-raketa kuchlari qoʻmondoni boʻlgan. 1985-yilda mamlakat Havo mudofaasi kuchlarining zenit-raketa qoʻshinlari qoʻmondoni boʻlgan. 1992-yilda zaxiraga oʻtkazilgan.
Rasim Akchurin 1993–1996-yillarda Aerokosmik kompleksni konvertatsiya qilish boʻyicha Rossiya markazida maslahatchi, 1996–1999-yillarda Rossiya Federatsiyasi hukumati maʼmuriy boʻlimi maslahatchisi, 1999-yil yanvar oyidan avgust oyigacha Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Rossiya davlat tarixiy-madaniy markazining harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi boʻlimi boshligʻi hamda 1999-yil avgustdan Moskva taʼlim boshqarmasi Harbiy-vatanparvarlik va fuqarolik taʼlimi markazi direktori lavozimlarida ishlagan.
Rasim Akchurin ijtimoiy ishlarda faol ishtirok etagan. U 1999-yildan Moskva viloyati tatar milliy-madaniy avtonomiyasi kengashi raisi, 2014-yildan esa faxriy rais boʻlgan. Shuningdek, Moskva shahar faxriylar kengashining birinchi oʻrinbosari boʻlgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.