From Wikipedia, the free encyclopedia
Raps (Brassica napus var. napus) — karamdoshlar oilasining Brassica avlodiga mansub bir yillik moyli va yemxashak ekini hisoblanadi. Miloddan avvalgi 4 ming yillikda ham ekilgan. Yevropada XIV asrdan ekila boshlagan va hozir asosiy moyli ekinidir. Oʻzbekistonda oraliq ekin sifatida ekiladi. Kuzgi (V. binnis) va bahorgi (V. appua) guruhi bor. Ildizi duksimon, poyasi sershoh, boʻyi 50—150 smgacha boʻladi. Barglari gʻuj, bandli, kam tukli. Toʻpguli 25—40 ta, guli shingil. Gullari mayda, sariq, baʼzida oq tusli. Mevasi uzun (5—10 sm), kambar (3-4 mm) qoʻzoq. Doni sharsimon, rangi och qoramtir. 1000 dona urugʻi vazni 3—7 g. R. uzun kun oʻsimligidir. Urugʻi 1—3° da unib chikadi, 15—20° da yaxshi oʻsib rivojlanadi. Kuzgi R.ning vegetatsiya davri 270— 300 sutka, bahrrgisiniki 95—PO sutka. Chetdan changlanadi. R. urugʻi tarkibida 32—50% moy, 23% oqsil mavjud. Moyi ovqatga, shuningdek, margarin, sovun ishlab chiqarishda, toʻqimachilik va sanoatning boshqa tarmoqlarida ishlatiladi. Kunjarasi chorva uchun yaxshi ozuqa. Qatorlab yoki keng qatorlab, 2—4 sm chuq.ka ekiladi. Sovuqqa chidamliligi past, qishda kuchli sovukdar boʻlmaydigan mintaqalarda ekiladi. Rivojlanishining boshida namga talabchan. Chorva mollari uchun yaxshi ozuqabop ekin hisoblanadi. 150 s/ga dan tortib 250 s/gacha koʻk massa beradi. Asalshirali oʻsimlik. R.ni oraliq ekin sifatida oʻzini yoki turli ekinlarga aralashtirib ekish mumkin. Oʻzi ekilganda ekish normasi 12-15 kg/ga, javdar bilan aralash ekilganda 8-10 kg/ga. Doni boʻyicha hosiddorligi 15—25 s/ga.
Asosiy zararkunandalari: R. arrakashi, R. bargxoʻri, karam oq qurti, R. gulxoʻri, yashirin hartumlilar. Kasalliklari: alternarioz, soxta kul kasalligi.
Kurash choralari: yerni kuzda shudgor qilish, begona oʻtlarni gerbitsidlar bilan yoʻqotish, ekinlarga insektitsidlar sepish.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.