Raphaël Adelino José Guerreiro (talaffuzi: Rafael Adeline Xose Gerreyro; 1993-yil 22-dekabrda Fransiyada tugʻilgan) – portugaliyalik futbolchi, Dortmundning „Borussia“ futbol klubi va Portugaliya terma jamoasi himoyachisi. 2016-yilgi Yevropa chempionati gʻolibi. 2018-yilgi jahon chempionati va 2020-yilgi Yevropa chempionati ishtirokchisi. 2012-yil 27-iyulda u „Gazélec“ futbol klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan[1].
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Raphaël Adelino José Guerreiro | ||
Tavallud sanasi | 22-dekabr 1993-yil | ||
Tavallud joyi | Le Blanc-Mesnil, Frasiya | ||
Boʻyi | 1.70 m | ||
Ampluasi | himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Borussia Dortmund | ||
Raqami | 13 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1999—2005 | Blanc-Mesnil | ||
2005—2008 | Clairefontaine | ||
2008—2012 | Caen |
Xalqaro faoliyati
2014-yil 18-noyabr kuni Argentinaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Raphaël Guerreiro Portugaliya terma jamoasi safida debyut qilgan[2]. Oʻsha oʻyinda u terma jamoadagi ilk golini urgan.
2015-yilda Portugaliya yoshlar terma jamoasi tarkibida Raphaël Guerreiro Chexiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida kumush medallarni qoʻlga kiritgan[3][4]. Turnirda u Angliya, Italiya, Germaniya va ikki marta Shvetsiyaga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan[5][6][7].
2016-yilning yozida Raphaël Guerreiro Fransiyada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionati gʻolibiga aylangan[8][9][10]. Turnirda u Islandiya, Avstriya, Xorvatiya, Polsha, Uels va Fransiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[11][12][13]. 2017-yilda Raphaël Guerreiro Rossiyada boʻlib oʻtgan Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etgan[14]. Turnirda u Rossiya va Meksika jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[15].
2018-yilda Raphaël Guerreiro Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan[16][17]. Turnirda u Ispaniya, Marokash, Eron va Urugvay jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[18][19].
2021-yilda Raphaël Guerreiro ikkinchi marta 2020-yilgi Yevropa chempionatida ishtirok etgan[20][21]. Turnirda u Vengriya, Germaniya, Fransiya va Belgiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[22][23].
Statistika
Jamoa | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Xalqaro kubok | Jami | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
S. M. Caen Fransiya | 2012—2013 | 38 | 1 | 3 | 0 | - | - | 41 | 1 |
Jami | 38 | 1 | 3 | 0 | 0 | 0 | 41 | 1 | |
F. C. Lorient Fransiya | 2013—2014 | 34 | 0 | 0 | 0 | - | - | 34 | 0 |
2014—2015 | 34 | 7 | 2 | 0 | - | - | 36 | 7 | |
2015—2016 | 34 | 3 | 7 | 0 | - | - | 41 | 3 | |
Jami | 102 | 10 | 9 | 0 | 0 | 0 | 111 | 10 | |
Borussia Dortmund Olmoniya | 2016—2017 | 24 | 6 | 5 | 0 | 6 | 1 | 35 | 7 |
2017—2018 | 9 | 1 | 2 | 0 | 4 | 1 | 15 | 2 | |
2018—2019 | 23 | 2 | 3 | 0 | 6 | 4 | 32 | 6 | |
2019—2020 | 29 | 8 | 1 | 0 | 8 | 0 | 38 | 8 | |
2020—2021 | 27 | 5 | 5 | 0 | 8 | 1 | 40 | 6 | |
2021—2022 | 23 | 4 | 1 | 0 | 4 | 1 | 28 | 5 | |
2022—2023 | 12 | 1 | 2 | 0 | 4 | 2 | 18 | 3 | |
Jami | 147 | 27 | 19 | 0 | 40 | 10 | 206 | 37 | |
Umumiy faoliyatida | 287 | 38 | 31 | 0 | 40 | 10 | 358 | 48 |
Manbalar
Wikiwand in your browser!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.