From Wikipedia, the free encyclopedia
Rıza Çalımbay (talaffuzi: Riza Chalimbay) (1963-yil 2-fevralda tugʻilgan) — UEFA Pro litsenziyasiga ega turk futbol murabbiyi va sobiq futbolchisi, hozirda „Sivasspor“ bosh murabbiyi. U Beshiktoshning ramziy nomlaridan biri boʻlgan va oʻz davrining eng yaxshi oʻyinchilaridan biri edi. Qatʼiyati va mehnatsevarligi tufayli unga Atom chumoli (turkcha „Atom Karınca“) laqabini berishgan[1].
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Rıza Çalımbay | ||
Tavallud sanasi | 2-fevral 1963-yil | ||
Tavallud joyi | Sivas, Turkiya | ||
Boʻyi | 1.72 m (5 ft 7 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Vinger | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Sivasspor (Murabbiy) | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1980—1996 | Beşiktaş | 494 | (43) |
Milliy terma jamoa | |||
1980—1981 | Turkiya U18 | 6 | (0) |
1981—1984 | Turkiya U21 | 8 | (0) |
1981—1992 | Turkiya | 38 | (1) |
Boshqargan klublari | |||
2001 | Göztepe | ||
2002—2003 | Denizlispor | ||
2003—2004 | MKE Ankaragücü | ||
2004—2005 | Çaykur Rizespor | ||
2005 | Beşiktaş | ||
2005—2006 | Ankaraspor | ||
2007 | Çaykur Rizespor | ||
2008—2010 | Eskişehirspor | ||
2010—2013 | Sivasspor | ||
2013—2014 | Çaykur Rizespor | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Turkiyaning Sivas shahrida tugʻilgan Çalımbay futbolni Beshiktosh akademiyasida boshlagan. U 1980\1981-yilgi mavsumda Beshiktoshning asosiy jamoasida debyut qilgan. 1995\1996-yilgi mavsumda nafaqaga chiqqunga qadar u faqat Beshiktosh va Turkiya milliy futbol jamoasida oʻynagan, garchi u UNICEFning jahon jamoasida Germaniyaga qarshi oʻynagan va Marsel kabi koʻplab klublarning eʼtiborini tortgan boʻlsada, lekin Çalımbay Beshiktoshni tark etmagan. U „Beshiktosh“ safida 494 ta oʻyin oʻtkazgan va 43 ta gol urgan. U Beshiktosh uchun eng koʻp oʻyin oʻtkazish boʻyicha rekordchi hisoblanadi. U jamoa sardori boʻlgan. Turkiya terma jamoasida ham 38 marta maydonga tushgan[2].
Futbolchilik faoliyatini tugatgandan soʻng, Çalımbay Angliyada murabbiylik kurslarida oʻqigan. 2001-yilda u „Beshiktosh“da Kristof Daumning yordamchisi boʻlgan, biroq qisqa vaqtdan soʻng isteʼfoga chiqgan va „Göztepe“, „Denizlispor“ hamda „Chaykur Rizespor“ klublarini boshqargan. U, ayniqsa, „Denizlispor“da muvaffaqiyat qozongan va 2002\2003-yilgi UEFA kubogi mavsumida Sparta Praga va Pol Le Guenning kuchli „Olimpique Lyon“ kabi jamoalarni magʻlub etib, jamoani keyingi bosqichga olib chiqgan. Joze Mourino boshchiligidagi „Portu“ jamoasi umumiy hisobda 8:3 natijasi bilan jamoani parchalab tashlagach „Denizlispor“ va „ Çalımbay“ning UEFA kubogi orzulariga barham berilgan. 2004\05-yilgi mavsumda u Visente Del Boske ishdan boʻshatilgandan soʻng Beshiktosh bosh murabbiyi boʻlgan. Oʻsha mavsumda „Beshiktosh“ juda yomon natijalar koʻrsatgan. Ammo Çalımbay nazoratni qoʻlga kiritgach, jamoa juda yaxshi oʻyin koʻrsata boshlagan. Çalımbay tizimni yana 3-5-2 sxemasiga oʻzgartirgan va yaxshi futbol oʻynay boshlagan, shuningdek, Shukru Sarachogʻli stadionida raqibi Fenerbahche ustidan 4:3 hisobida gʻalaba qozongan. Ammo 2005\2006-yilgi mavsumida Beshiktosh yana yomon oʻynagan, 2005\2006-yilgi UEFA kubogida FC Vaduz va Malmyo FF ustidan gʻalaba qozonganiga qaramay, Fenerbahcheni oʻz uyida 1:2 hisobida magʻlub etgan boʻlsa-da, murabbiy taqdiri soʻroq ostida qolgan. Çalımbay 9-haftada Kayserispor bilan 0:0 hisobidagi durangdan soʻng isteʼfoga chiqgan. Jan Tigana undan keyin „Beshiktosh“ni boshqargan. Çalımbay keyinchalik „Ankaraspor“ni boshqargan, biroq bir necha oʻyindan soʻng isteʼfoga chiqqan. Çalımbay yana Chaykur Rizespor bilan 1,5 yillik shartnoma imzolagan, garchi u xorijda Eron va Germaniyada murabbiylik qilish imkoniyatiga ega boʻlsa-da, lChaykur Rizesporni tanlagan. Keyin esa mos ravishda Eskishehirspor, Sivasspor, Chaykur Rizespor, Mersin İdmanyurdu va Kasımpasha klublarini boshqargan. 2016-yilning 10-oktyabrida u „Antalyaspor“ bilan 2 yillik shartnoma imzolagan[3][4].
Çalımbay 2019-yilda ikkinchi marta „Sivasspor“ bosh murabbiyi etib tayinlangan. U klubga 2021\2022-yilgi Turkiya kubogini yutishiga yordam bergan, bu klub tarixidagi birinchi katta unvon edi[5].
Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Yevropa | Jami | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Beşiktaş | 1980—1981 | 13 | 0 | 4 | 0 | - | 17 | 0 | |
1981—1982 | 32 | 1 | 8 | 0 | - | 40 | 1 | ||
1982—1983 | 34 | 1 | 10 | 0 | 2 | 0 | 46 | 2 | |
1983—1984 | 31 | 0 | 13 | 0 | - | 44 | 0 | ||
1984—1985 | 32 | 2 | 11 | 1 | 1 | 0 | 44 | 3 | |
1985—1986 | 36 | 9 | 10 | 1 | - | 46 | 10 | ||
1986—1987 | 36 | 10 | 5 | 3 | 4 | 1 | 45 | 14 | |
1987—1988 | 36 | 6 | 7 | 0 | 2 | 0 | 45 | 6 | |
1988—1989 | 33 | 3 | 12 | 1 | 2 | 0 | 47 | 4 | |
1989—1990 | 34 | 3 | 5 | 1 | 2 | 0 | 42 | 4 | |
1990—1991 | 30 | 5 | 5 | 0 | 2 | 0 | 37 | 5 | |
1991—1992 | 30 | 1 | 6 | 0 | 2 | 0 | 38 | 1 | |
1992—1993 | 29 | 0 | 9 | 2 | 2 | 0 | 40 | 2 | |
1993—1994 | 29 | 1 | 9 | 0 | 4 | 0 | 42 | 1 | |
1994—1995 | 32 | 1 | 4 | 0 | 4 | 0 | 40 | 1 | |
1995—1996 | 27 | 0 | 4 | 0 | 2 | 0 | 33 | 0 | |
Karyerada jami | 494 | 43 | 122 | 9 | 29 | 4 | 645 | 53 |
Turkiya | ||
Yil | Oʻyin | Gol |
---|---|---|
1981 | 1 | 0 |
1982 | 3 | 0 |
1983 | 3 | 0 |
1984 | 1 | 0 |
1985 | 1 | 0 |
1987 | 5 | 0 |
1989 | 2 | 0 |
1990 | 5 | 0 |
1991 | 10 | 1 |
1992 | 7 | 0 |
Jami | 38 | 1 |
Beshiktosh
Shaxsiy yutuqlar
Natijalar
Sivasspor
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.