Backstreet Boys guruhi singli (1996) From Wikipedia, the free encyclopedia
„Quit Playing Games (with My Heart)“ (tarjimasi „Yuragim bilan oʻyin oʻynashni bas qil“) — „Backstreet Boys“ guruhi ijro etgan qoʻshiq. 1996-yilning oktyabrida guruhning xalqaro „Backstreet Boys“ albomining toʻrtinchi singli oʻlaroq chiqarilgan. Qoʻshiq Avstriya, Chexiya, Germaniya, Litva va Shveysariya xit-paradlarida birinchi, Britaniyada ikkinchi, Niderlandiyada esa yettinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. „Quit Playing Games (with My Heart)“ qoʻshigʻi 1997-yilning iyunida guruhning AQShdagi ilk albomi — „Backstreet Boys“ albomining ikkinchi singli oʻlaroq chiqarilgan. Qoʻshiq AQShning Billboard Hot 100 xit-paradida ikkinchi pogʻonagacha koʻtarilgan, mamlakatda 2 million adadda sotilgan.
„Quit Playing Games (with My Heart)“ | ||||
---|---|---|---|---|
Backstreet Boys qoʻshigʻi | ||||
„Backstreet Boys (xalqaro) hamda Backstreet Boys (AQSh)“ albomidan | ||||
B tomon |
| |||
Chiqarilgan sanasi | 14-oktyabr, 1996-yil | |||
Yozib olingan |
1995-yil iyun[1] 1996-yil avgust (qayta yozuv) | |||
Studiya | Cheiron (Stokgolm, Shvetsiya), Battery (London, Buyuk Britaniya) | |||
Janr | Pop, R&B | |||
Davomiyligi | 3:52 | |||
Leybl | Jive | |||
Matn muallif(lar)i |
| |||
Prodyuser(lar) |
| |||
Backstreet Boys xronologiyasi | ||||
| ||||
Backstreet Boys US xronologiyasi | ||||
| ||||
Klipi | ||||
„Quit Playing Games (with My Heart)“ YouTubeda |
Qoʻshiq tanqidchilar tomonidan yaxshi kutib olingan. „AllMusic“ nashri muharriri Stephen Thomas Erlewine (talaffuzi: Stiven Tomas Erlevayn) „Quit Playing Games (with My Heart)“ hamda „As Long As You Love Me“ qoʻshiqlari yaxshi aranjirovka qilingan, degan fikrni izhor qilgan[2]. 2020-yilda „Rolling Stone“ jurnali tuzgan „Oʻgʻil bolalar guruhlari aytgan 75 ta eng yaxshi qoʻshiq“ (inglizcha: 75 Greatest Boy Band Songs of All Time) roʻyxatida „Quit Playing Games (with My Heart)“ qoʻshigʻi 26-oʻrinni egalladi.
Qoʻshiq uchun 1996-yilning 1-iyulida Florida shtatidagi Orlando shahrida klip suratga olingan. Kai Sehr rejissorlik qilgan klipda guruh aʼzolari boʻsh basketbol maydonchasida raqsga tushayotgani va kuylayotgani tasvirlangan. Klipda guruh aʼzolari ustki kiyimlarini yechgani aks etgan sahna majvudligi tufayli MTV telekanali dastlab klipni efirga uzatishda ikkilangan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.